O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Yanvar 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
28.12.2017

KELING, KORING UYIMIZNI

Poytaxtimizning Sergeli tumanida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy-joylardan bir nechta xonadon imkoniyati cheklangan, e’tiborga muhtoj insonlarga topshirildi.

Shu munosabat bilan otkazilgan tadbirda Toshkent shahar hokimi R.Usmonov va boshqalar mamlakatimizda aholining turmush darajasini yuksaltirish, ehtiyojmandlarni qollab-quvvatlash, ularni zamonaviy, shinam, arzon uy-joylar bilan taminlash masalasi davlat siyosatining muhim yonalishlaridan biri ekanini takidladi.

Joriy yilda Toshkent shahar hokimligi, Ozbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Xotin-qizlar qomitasi, “Soglom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgarmasi, Mahalla xayriya jamoat fondi va boshqa tashkilotlar hamkorligida sakkiz yuzdan ziyod etiborga muhtoj insonga nogironlik aravachalari, eshitish moslamasi, boshqa zaruriy tibbiy anjomlar, dori-darmonlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari muntazam berib borildi.

Shuningdek, uy-joyga muhtoj 30 nafar yurtdoshimizga uy olishi uchun boshlangich mablag tolab berildi. Toshkent shahrida yashovchi imkoniyati cheklangan fuqarolarning 44 nafari imtiyozli, arzon, barcha shart-sharoitga ega kop qavatli uylardan oz xonadoniga ega boldi.

– Birgina bizning tumanimizdan beshta ana shunday oila Yangi yilni ozining yangi uyida nishonlaydi, deydi Bektemir tumani hokimi orinbosari, tuman xotin-qizlar qomitasi raisi Ziyoda Tohirova. Ularning quvonchini koring. Etibor va ezozdan mamnun. Bu ularning kozida, sozida mujassam. Yurtimizda davom etayotgan bunday xayrli, ezgu ishlar fuqarolarning manfaatlari hamisha himoyada ekanining ifodasidir.

Ushbu tumanda yashovchi Abdulla Bahovuddinov avtohalokat sababli ikki oyogidan ajralgandi. Kichkina hovli-joyda 4 oila istiqomat qilib kelardi. Yangi xonadonlardan biri unga berildi.

Tadbir doirasida kardiolog, terapevt, pediatr, okulist va boshqa mutaxassislardan iborat guruhlar ishtirokchilarni laboratoriya, EKG, UTT yordamida tibbiy tekshiruvdan otkazdi.

Nuroniylar, imkoniyati cheklanganlar, ehtiyojmand oilalar vakillari uchun bayram dasturxoni yozildi. Ularga uy kalitlari bilan birga uy-rozgor uchun kerak boladigan maishiy texnikalardan iborat sovgalar ham topshirildi.

Tadbirda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.Xudoybergenov ishtirok etdi.

Barno MELIQULOVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: