O'zb  
 
26.12.2017

JIZZAXDA 17 EHTIYOJMAND OILAGA YANGI UY KALITI TOPSHIRILDI

Yangi yil bayrami arafasida Jizzax viloyatida imkoniyati cheklangan fuqarolarning bir guruhiga Prezident sovg‘asi — zamonaviy uylar, nogironlik aravachalari, tikuv mashinalari berilmoqda.

Prezidentimizning Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlariga Murojaatnomasida «...2017 yil xalq bilan yaqindan muloqot qilish, uning dardu tashvishlari, hayotiy muammolarini samarali hal etish boyicha yangi tizim yaratilgan yil boldi, deb aytishga tola haqlimiz» degan fikri har tomonlama asosli ekanini joylardagi Xalq qabulxonalarida fuqarolar murojaatini korib chiqish borasidagi ishlar natijalari ham korsatib turibdi.

2017 yilda viloyat Xalq qabulxonalariga aholidan kelib tushgan 29 ming 568 murojaatning 20 ming 360 tasi ijobiy hal etildi. Murojaatlar bilan ishlashda nogiron, ozgalar komagiga muhtoj fuqarolar muammolarini hal etish, ehtiyojlarini qondirishga alohida etibor qaratilmoqda.

Mirzachol tumani markazidagi Galaba mahallasida ehtiyojmand oilalar, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga yangilangan namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan uy-joylar tantanali topshirilgani ham shu etibor samarasidir.

Mahallada yangilangan loyiha asosida har biri 16 oilaga moljallangan 2-3 xonadan iborat ikkita zamonaviy uy qurib bitkazildi. Uylarning 3 xonadoni ehtiyojmand fuqarolarga berildi.

Kop yillar ijarada yashab, fikr-yodim oz boshpanam bolishida edi, deydi Rustam Bolibekov. Davlatimiz rahbarining gamxorligi bilan oilam bilan ikki xonali shinam uyga ega bolganimizdan baxtiyormiz. Odamlarning dardini tinglaydigan Xalq qabulxonasiga, bu savob ishning boshida turgan Prezidentimizga rahmat.

Bir farzandi bilan ijarada yashab kelgan Irina Mishanovaga ham yangi turar joydan ikki xonali uy berildi.

Mehnat qobiliyati cheklangan inson ozgalar komagiga muhtoj bolib qolar ekan, deydi I.Mishanova. Yolgizgina farzandimni oyoqqa turgazishda men tortgan azoblar hech bir insonning boshiga tushmasin. Shuning uchun Ozbekistondek saxovatli yurtda yashayotganimdan, xalqparvar Prezidentimiz borligidan faxrlanaman. Oglimni shu Vatanga sodiq farzand qilib tarbiyalayman.

Shu kuni viloyatning barcha tumanlaridan nogiron, ehtiyojmand fuqarolar taklif etilib, ularga ham ozlari yashayotgan hududdan yangi uylar kaliti topshirildi. Jumladan, Gallaorol tumanida yangilangan loyiha asosida qurilgan zamonaviy uydan 2 xonadoni ehtiyojmand oilalarga berildi.

Turmush ortogim vafot etgach, uch nafar voyaga yetmagan farzandim bilan otamning uyida tiqilib yashab keldim, deydi ikki xonali uyga kochib kirgan Gulnora Shukurova. Xalq qabulxonasiga qilgan murojaatim organib chiqilib, yangi uydan 2 xonalisi berilgani qalbimni quvonchga toldirdi. Birinchi marta Yangi yilni oz uyimda, ozim xohlagandek kutib olaman.

Shu kuni ehtiyojmand fuqarolardan 16 nafariga kattalar, 10 nafariga bolalar nogironlik aravachasi topshirildi. Aravachalarning 6 tasi Soglom avlod uchun xalqaro xayriya fondi tomonidan sovga qilindi. Mehnat qilish imkoniyati va istagi bolgan nogiron fuqarolardan 17 nafari Jizzax paxta sanoat hamda Dostlikdon aksiyadorlik jamiyatlari korxonalariga kasanachilik asosida ishga joylashtirilib, tikuv mashinalari bilan taminlandi.

Tadbirda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.Xudoybergenov, Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Soliyev ishtirok etdi.

T.BEKNAZAROV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.