O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
07.12.2017

MENING MAHALLAMDA JINOYAT SODIR BOLMASLIGI KERAK

Fuqarolarning o‘zini ozi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha Respublika kengashi boshqaruvi tomonidan «Mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish – davr talabi» mavzuida matbuot anjumani otkazildi.

Bugungi kunda mahalla instituti mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlarda faol qatnashmoqda. Mahallaning nufuzini oshirishga nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, balki siyosiy, tarbiyaviy va ulkan ma’naviy ahamiyatga ega masala sifatida etibor qaratilishi natijasida bu tuzilma aholining eng yaqin tayanchi va suyanchiga aylanmoqda. Bu jarayonda Prezidentimizning joriy yil 3 fevraldagi Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni muhim ahamiyat kasb etmoqda.

— Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bilan birga fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning ishtirokini kengaytirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda, deydi Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha Respublika kengashi raisining orinbosari Zafar Roziyev. Shu yilning 15 noyabr kuni huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalari boyicha otkazilgan videoselektor yigilishida bildirilgan fikr-mulohazalar, berilgan topshiriqlar asosida tizimli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Har bir mahallada Mahalla posboni jamoatchilik tuzilmasi rahbari va azolaridan iborat tarkibda tunu kun navbatchilik tashkil etilyapti. Jamoatchilik nazorat maskanlari faoliyatini samarali yolga qoyish Xorazm, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari misolida organilib, mazkur tajriba barcha mahallalarda ommalashtirilmoqda.

Malumki, videoselektor yigilishida jamoatchilik bilan yaqin hamkorlik va muloqot ornatilgani natijasida 1243 mahallada birorta jinoyat sodir etilishiga yol qoyilmagani, uyma-uy yurib aholi muammolari organilgani sababli 22 ming 370 nafar oilaning notinchligiga barham berilib, 11 ming 345 nafar yosh oila ajrashib ketishdan saqlab qolingani, mahalla posbonlarining tezkor xabarlari yordamida 4 ming 494 jinoyat fosh etilgani alohida takidlandi. Albatta, bu boradagi ijobiy natijalarni yaxshilash oldimizda turgan muhim vazifadir.

Tadbirda har bir mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, befarqlik, loqaydlik holatlariga barham berish tinch va osoyishta hayotni taminlashning asosiy shartlaridan biri ekani, har bir fuqaro ongida Mening mahallamda jinoyat sodir bolmasligi kerak, degan tuyguni shakllantirish muhim masala ekani takidlandi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.