O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
07.12.2017

ODAMLAR HAM, HAYOT HAM OZGARYAPTI

Kuni kecha Chiroqchi tumani kengliklari, dalalarini oralab o‘tib, Suvlik qishlogiga yetib bordim. Bir tomonga chodir tikilib, stol-stullar qoyilgan, bir tomonda doshqozonda osh damlanyapti, bayramga tayyorgarlik korilyapti. Oltmish besh yoshli, chehrasi ochiq fermer Nortayloq Keldiyorov bizni kutib oldi.

Bundan bir necha yil burun xojaliklar qayta tashkil etilayotganda, uning oilasiga ham 400 gektar lalmi yer ajratildi. Shu tarzda «Zamin» fermer xojaligi paydo boldi. Qishloq Suvlik, atalsa-da, bir gektar sugoriladigan yerga ega emas, bari lalmi, yaylov.

Fermer xojaligini tuzgach, ham dehqonchilik, ham chorvachilik yolga qoyildi. Kam bolishmadi. Bu yil ham 200 gektar yerga lalmi bugdoy ekib, 100 tonnadan koproq don topshirib, rejani uddalashdi.

— Ayni paytda qishlogimizda 6,5 ming kishi istiqomat qilayapti, deydi Suvlik MFY raisi Holmahmat Umbarov. Fermerlarimiz 2,4 ming gektar yerdan unumli foydalanmoqda. Bahriddin Boymanov oilasi issiqxonada limon ostirayapti. Bekmirza Vohidov bodring yetishtiradi. Mashina tuzatadigan tortta ustaxona bor. Bir tadbirkorimiz Ziyo nur toyxonasini qurib berdi. Nortoyloq hoji bobo ogli Dilmurod bilan birga aholiga maishiy gaz tarqatadigan shoxobchani qurdi. Chiyal mavzesidagi barcha qishloqlarga xizmat qilayapti.

Elning oqsoqoli Nortayloq hoji Keldiyorov kopchilikning boshini qovushtirib, mahalla uchun yangi bino qurishga bosh-qosh bolibdi. Ushbu maqsadga 5 million som mablag sarflanibdi. Xayrli ishga Faxriddin Bekmurodov, Jahongir Obidov kabi onlab fermer va tadbirkorlar oz hissasini qoshibdi. Fermer Zokir Sa’dinov binodagi 9 xonaning birida tikuvchilik sexi tashkil etibdi. Sexga uning qizi Nargiza rahbarlik qilayapti. Bino korkam, sharoit qulay...

Mahalla xayriya jamgarmasi Chiroqchi tuman bolimi raisi, OzXDP faoli Shonazar Jovliyevning aytishicha, yana ondan ortiq mahallaning yangi binolari qurilmoqda.

MURUVVAT

Shu kuni Chiroqchi shahrining bir chekkasidagi hovliga keldik, xom gishtlari korinib turgan eski imorat, yonida suvoq va boyoqdan chiqqan ixchamgina yangi uy. Xonadon egasi Nodira Rahmonova ekan. Nodira shu qishloqda tugilib osgan. Taqdir taqozosi ekan, ogli Bahriddin bilan yolgiz qoldi. Qanchalik ogir bolmasin, birovlardan hech nima soramadi. Tikuvchilik kasbini organdi. Jamgarmasi 35 million somga yetgach, Chiroqchi shahrining bir chekkasidan 6 sotix yer olib, xom gishtdan boshpana qurib oldi. Tinch ishlab, yashab yurgandi. Afsuski, 2003 yilda ustiga devor agdarilib, qattiq jarohat oladi. Davolangach, II guruh nogironi bolib qoladi. Shu ahvolda omonat turgan uyda yashash qiyin edi. Shuning uchun joriy yilning boshida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasiga murojaat qiladi. Unga uy-joyni tamirlash uchun maxsus sertifikat berildi. Tuman hokimligi boshchiligida bir xonali yangi uy qurib berildi. Kochma gaz pechkasi, televizor va boshqa buyumlar sovga qilindi.

Prezidentimizdan juda minnatdorman, deydi Nodira. Shu kishining xalqqa qilayotgan gamxorligi tufayli biz ham yangi uylik boldik.

Hamrohim Shonazar Jovliyevning aytishicha, tumanda 35 fuqaro ijtimoiy muhofazaga olingan ekan. Mavjud 83 mahalla mutasaddilari Konstitutsiya bayrami oldidan ular holidan xabar olishibdi, ijtimoiy yordam korsatilibdi.

SHAHAR YANGILANDI

Chiroqchi shahri ulkan dasht bagridagi kichkina mavze. Uzoq yillar aniq loyihasi yoq edi, qurilishlar duch kelgan joyda olib borilardi. Bundan ikki yil oldin Toshkentdagi shaharsozlik instituti shaharchaning loyihasini tayyorlab berdi.

Qisqa muddatda katta ishlar qilindi, deydi tuman hokimining qurilish ishlari boyicha orinbosari Sherali Husanov. Yangi Baxt uyining binosini qarang, oddiy imorat emas, koshona. Kochaning chetidagi eski uylarni kochiramiz. Zamonaviy binolar quramiz. Hademay shaharchamiz butunlay ozgaradi.

Konstitutsiya bayrami arafasida shahardagi markaziy kochaning katta qismi tamirdan chiqarib bolindi. Ochigi, keng kolamli ishlar atigi tort-besh oyda uddalandi.

Baxtimiz qomusi bayrami arafasida Chiroqchida ham qor yogdi. Men Chiroqchi shaharchasining yaxshi asfalt yotqizilgan markaziy kochasining chetidagi korkam binolar, archa daraxtlariga qarab, quvonaman. Shaharlar ham, odamlar ham ozgarayapti, taraqqiyotning yangi davri boshlanyapti...

Yunus UZOQOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.