O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
05.12.2017

POYTAXTDA OZODALIK TAMINLANADI

Toshkent shahar hokimligida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, Ichki ishlar bosh boshqarmasining yo‘l xavfsizligi, «Maxsustrans» IChB hamda shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bolib otdi.

2017 yil 11 oktabrda Toshkent shahar hokimi tomonidan qabul qilingan Toshkent shahri hududidagi qurilish maydonlarida ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazmaslik, qurilish ishlari olib borilayotgan hududlarda transport vositalaridan foydalanish madaniyatiga rioya qilish va shahar kochalarini toza saqlash (ifloslantirilishining oldini olish) togrisidagi farmoyish asosida amalga oshirilgayotgan ishlar muhokama qilindi.

Bu tadbirni otkazishimizdan maqsad, poytaxtimiz aholisi uchun yanada keng qulayliklar yaratish, qurilish ishlari olib borilayotgan hududlardagi transport vositalari harakatini tartibga solish, qurilish madaniyatiga rioya qilish va shahar kochalari ifloslantirilishining oldini olishdan iborat, deydi Toshkent shahar hokimining orinbosari, xotin-qizlar qomitasi raisi Farida Abdurahimova. Shu bilan birgalikda shahar hududidagi qurilish obyektlarida ishlarni amalga oshirishda yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik normalari va qoidalari, boshqa qonun hujjatlari talablari bajarilishi hamda atrof muhitni muhofaza qilish boyicha nazoratni muntazam ravishda olib borilishi kozda tutilgan.

Tadbirda sozga chiqqanlar poytaxtimizning barcha hududlarida, ayniqsa, markaziy kochalarida qurilayotgan yol va kopriklar, xiyobonlar, istirohat boglari, yangi turar-joy binolari, ishlab chiqarish hamda boshqa qurilish obyektlarini ozoda saqlash, kochalar ifloslanishining oldini olish boyicha oz-fikr-mulohazalarini bildirdi.

Farmoyishga kora, qurilish hududlaridan chiqqan chiqindilarni maxsus transport vositalarida faqatgina chiqindilar uchun ajratilgan joylarga olib borib tashlash, kochalarni iflos qilishi mumkin bolgan yuklar, qurilish chiqindilari, qum va tuproq faqat maxsus jihozlangan yuk mashinalarida namlangan holda tashilishi kerak. Agar shu holda ham kochalarni ifloslantirish holatlari sodir etilsa, bunday yuk ortilgan mashinalar ustini brezent bilan yopish kerak boladi. Masul shaxs nazorati ostida kundalik ravishda maxsus belgilangan joylarda avtotransport vositalarining gildiraklarini yuvib tozalanishi tashkil etiladi.

Kuz-qish mavsumida qurilish hududiga biriktirilgan transport vositalari qatnaydigan kochalarni xazondan, qor uyumlari, muz, chiqindi, loydan tozalash, zarur bolib qolgan taqdirda kochalarning qatnov qismiga hamda yolovchilar uchun yolaklarga qum va tuz sepish ishlarini bajarish masul shaxslar tomonidan nazorat qilib boriladi.

Poytaxtimiz hududidagi qurilish obyektlariga qatnaydigan transport vositalari ozodaligini nazoratga olish hamda mutasaddi boshqarma va tashkilotlar bilan birgalikda ornatilgan tartibda muntazam ravshda maqsadli reydlar otkazilishi, qoidabuzarlik aniqlanganda, qonunchilikka muvofiq tegishli choralar koriladi.

Tadbirda farmoyish ijrosi yuzasidan muntazam monitoring olib borilayotgani va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan malumot berildi.

Tadbir yakunida jurnalistlar ozlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Abdusalim MAHMUDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.