O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
05.12.2017

TASHABBUSLAR QOLLAB-QUVVATLANADI

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari universitetida soha yoshlari bilan uchrashuv otkazildi. Unda vazirlik tizimidagi tashkilotlar, kompaniyalarda mehnat qilayotgan, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida talim olayotgan bir yarim ming nafar talaba ishtirok etdi. Hududlarda faoliyat korsatayotgan talim dargohlari talabalari ishtiroki video-tarmoq yordamida taminlandi.

Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov, Ozbekiston Yoshlar ittifoqi raisining orinbosari Kamoliddin Beknazarov va boshqalar sozga chiqib, talaba-yoshlarni qiynayotgan muammolarni hal etishga hamda ularning tashabbuslarini qollab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Uchrashuvda universitetning 4-bosqich talabasi Farruh Boltayev axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yaratgan yangiliklari togrisida gapirib berdi.

— Joriy yilning mart oyida «Marcos Soft» IT firmasini tashkil etdim, deydi u. Hozir firmada universitetdagi 10 nafardan ortiq tengdoshlarim ishlashmoqda. Bundan tashqari, universitetimizda turli bosqichlarda tahsil olayotgan 70 nafardan ziyod shogirdlarimiz bor. Ularni ham moliyaviy jihatdan ragbatlantirib bormoqdamiz.

Aslida ilk marotaba axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mustaqil dasturlar yaratish goyasi 2015 yilda tugilgan. Osha yil 21-22 may kunlari universitetimizda xalqaro konferensiya tashkil etilgandi. Tadbirga dunyoning kopgina davlatlaridan professor-oqituvchilar ham kelgandi. Men oshanda Digital library (Raqamli kutubxonalar) mavzuida ingliz tilida maruza qilgandim va ushbu maruzam kopchilikda qiziqish uygotib, yuqori oringa loyiq topilgan edi. Shundan song ushbu sohadagi harakatni toxtatmadim va uni takomillashtirib bordim. Hozirda respublikamizning 6 viloyatida bizning dasturiy mahsulotlarimizdan foydalanib kelinmoqda. Masalan, dasturlarimiz haqida toxtaladigan bolsam, ular asosan avtomatlashtirilgan kadrlar boshqaruv tizimi, biron korxona yoki tashkilotlarda kirish-chiqish nazorat qurilmalari dasturlari, davlat tashkilotlarining veb saytlari, vazirlik yoki tashkilot rahbarlarining virtual qabulxonalarini tashkil etish hamda milliy komputer oyinlari va milliy dasturlar yaratish bilan bogliq.

Tadbirda bildirilgan fikr-mulohazalar yosh avlodning davlatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish va ozgarishlarga befarq emasligidan, ular bu jarayonda faol ishtirok etishga tayyor ekanligidan dalolat beradi.

Uchrashuv songida Uzmobile Milliy operatorining faol yoshlarga esdalik sovgalari topshirildi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.