O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
28.11.2017

YUK VAGONLARI XAVFSIZLIGI TAMINLANMOQDA

Har qanday davlatda transport tizimi, xususan, temir yo‘l transporti muhim orin tutadi. Chunki transport hududlarni hududlar, davlatlarni davlatlar bilan boglaydi, millionlab tonna yuk tashiladi. Ayniqsa, temir yol transporti eng xavfsiz transporti turi hisoblanadi. Shuning uchun ham bugun butun dunyoda mazkur transport turiga bolgan talab oshib bormoqda.

Mamlakatimizda temir yol transporti faoliyatini yanada takomillashtirish, xavfsizligi va ishonchligini ta’minlash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga hamda Ichki ishlar vazirligining buyrugiga asosan Transportda jamoat xavfsizligini taminlash boshqarmasi «GM Uzbekistan» yopiq aksiyadorlik jamiyati mahsulotlarini kuzatish bataloni tashkil etildi. Yuk vagonlarini kuzatuvchi batalon shular jumlasidandir.

Ozbekiston Respublikasi IIV Transportda jamoat xavfsizligini taminlash boshqarmasi GM Uzbekistan yopiq aksiyadorlik jamiyati mahsulotlarini kuzatish bataloni xodimlarining asosiy vazifalari qoshni mamlakatlardan kirib kelayotgan avtomobil ehtiyot qismlari, tayyor texnikalar yuklangan vagon-konteynerlarni tayinlangan manzillarga oz vaqtida bekamu-kost yetkazib berish hisoblanadi. Ularning temir yol transportida tashilishi xavfsizligini taminlab, bosqichma-bochqich va uzluksiz qoriqlab kuzatilishini tashkillashtrishdan iborat.

GM Uzbekistan YoAJ mahsulotlarini kuzatish bataloni Toshkent otryadi shaxsiy tarkibi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida jami bolib, 507 yuk poyezdi va 5761 yuk vagonlari, jumladan, GM Uzbekistan avtomobillari yuklangan 753 vagon kuzatildi. Avtomobillar uchun ehtiyot qismlari yuklangan 5008 vagon-konteyner belgilangan manzillariga yetkazib berildi.

Toshkent otryadi temir yol stansiyalari xodimlari bilan hamkorlikda kuzatish uchun qabul qilinadigan vagonlarning soni, yuk turi, uning yonalishlari, bekatlarga kelib-ketish vaqtlarini oldindan aniqlab, xizmat olib bormoqda.

Bundan tashqari, otryad shaxsiy tarkibi huquqiy bilimi va jangovor tayyorgarligini yanada oshirish borasida doimiy ravishda ish olib borilmoqda.

Maqsad bitta — temir yol transportida tashilayotgan tovar-moddiy boyliklarning butligini taminlab, tayinlangan manzillariga oz vaqtida yetkazib berishdir.

Nuridin JUMABAYEV,

Transportda jamoat xavfsizligini taminlash

boshqarmasi GM Uzbekistan YoAJ mahsulotlarini

kuzatish bataloni Toshkent otryadi komandiri orinbosari.



DB query error.
Please try later.