O'zb  
 
28.11.2017

ELEKTRON POLIKLINIKA QULAY VA SIFATLI

Ushbu yangilik sentabr oyida shahardagi 10-oilaviy poliklinikada amaliyotga tatbiq etilgan edi. Qisqa fursatda yana 12 ta poliklinika lokal tarmoqqa ulandi. Viloyat hokimligi va homiylarning moliyaviy yordamida zarur axborot kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlandi.

— Onlayn tartibida ishlovchi avtomatlashgan axborot tizimini viloyatdagi birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalariga ham joriy qilyapmiz, deydi «Uzmedinfo» markazi vakili Nurmuhammad Sotvoldiyev. Tegishli dasturga muvofiq ochilgan tibbiy kartalarning hammasi kasalliklarning xalqaro tasnifi shaklida Sog‘liqni saqlash vazirligi korporativ tarmogidagi elektron bazaga kiritiladi. Yani, bemor nafaqat ozi yashaydigan joydagi poliklinika, balki respublikamizning qaysi bir shahri yoki viloyatida bolmasin, tibbiy xizmatga ehtiyoj sezsa, osha hududdagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasiga murojaat qilishi mumkin. Fuqaroning tibbiy kartasi mamlakatimizdagi barcha oilaviy poliklinikalar komputerlarida korinadi.

Yangilikning imkoniyatlari juda keng, deydi Namangan viloyat sogliqni saqlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Akmaljon Hamidjonov. Endi bemorlar oilaviy poliklinikalarga kelib, navbat kutib, qimmatli vaqtlarini behuda sarflamaydi. Internet tarmogi orqali qaysi shifokorning qaysi vaqtda ishlashini bilib olib, elektron tarzda royxatga yozilishlari mumkin. Tashxis malumotlari esa avtomatik ravishda hisobotlar bazasida qayd etib boriladi. Fuqarolar mazkur tizim orqali shifokorlar va hamshiralarga minnatdorchilik izhor qilishlari, faoliyatiga oid taklif va mulohazalarini bayon etishlari mumkin. Yana bir muhim jihat shundan iboratki, Elektron poliklinikaga kelib tushgan murojaat yoki shikoyatlar tahlili vrachlar va orta tibbiyot xodimlari faoliyatini adolatli baholashda muhim ahamiyatga ega.

Elektron poliklinika tizimi kelgusi bosqichda tumanlardagi kop tarmoqli markaziy poliklinikalarga ornatiladi. Keyin esa qishloq oilaviy poliklinikalari qamrab olinadi.

Nosirjon DEHQONOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: