O'zb  
 
28.11.2017

REZAVORLAR YASHIL KOKATLAR

yoki tuprog‘ida oltin gullayotgan zamin

Bugun Ozbekistonimizda yetishtirilayotgan noz-ne’matlarni dunyoning koplab davlatlari aholisi yaxshi biladi. Sarxil meva, uzum, qovun-tarvuzlarning xaridorlari behisob. Endi Qashqa vohasi tuprogida ostirilgan kokatlar ham xorijga jonatilmoqda.

Qarshi shahriga erta tongda yetib bordik. Keyin Kasbi tumani yolidan Mirishkor sari burildik.

Arabboy aka Xosiyatov tuman oqsoqollaridan biri. OzXDP faoli, ancha yil partiya kengashiga rahbarlik qilgan. Xozir «Nuroniy» jamgarmasi tuman bolimi raisi. Ishi kop ekanligiga qaramay, bizga hamrohlik qildi. Tomorqalardan yaxshi foydalanayotgan mirishkorlar huzuriga boshladi.

Mirishkor mahallasida yashayotgan 69 yoshli Toraqul bobo Nusratov 4 ogil va 4 qizni ulgaytirib elga qoshgan inson. Tort ogilning tomorqalari yonma-yon ekan.

— Ozim kenja oglim bilan bir hovlida turaman, deydi Toraqul bobo. 16 sotix tomorqamiz bor. Ertagi kartoshkadan 1 million, piyozdan 4 million som foyda oldik. Orniga sarimsoqpiyoz ekib, kokartirib olganmiz. 8 bosh sogin sigirdan har kuni sogib olingan 70-80 litr sut qayta ishlash uchun tadbirkorlarga topshiryapmiz. Boshqa ogillarning olayotgan daromadi ham chakki emas.

Bobo bilan xayrlashgach, dala yolidan katta maydonga yetib keldik. Yam-yashil maysalar dengizday chayqaladi. Dala chetidagi korkam shiypon oldida bizni fermer Asqar Zaripov kutib oldi.

Xojaligimizni 2006 yilda tashkil etganmiz, deydi Asqar. Jami maydonimiz 50 gektar. Bu yil 40 gektar gallaning hosildorligi yuqori boldi. Rejadagidan 38 tonna kop, jami 148 tonna don sotdik. Keyin 10 gektar yerdagi paxta rejasini 120 foiz qilib bajardik. Song oylanib qoldim. Nega yerga boshqa ekin ekish mumkin emas? Sorab-surishtirib, Surxondaryo viloyatida bir tajriba borligini bilib oldim va tavakkal qildim.

Asqar bizni Rajabboy Yoqubjonov bilan tanishtirdi. Asli termizlik bolgan Rajabboy ancha yildan buyon tadbirkorlik bilan shugullanar, ogli Bobirjon yordamchisi ekan.

Bizning viloyatda boshagan galla maydonlaridan ikkinchi hosil olish kopdan odat tusiga kirgan, deydi Rajabboy. Asqarjon taklif qilgach, shartnoma tuzib, yerni ijaraga oldik. Avgust oyida 10 gektar galladan boshagan maydonga shivit urugini tashladik, nihollarni parvarishlab, oziqlantirib bordik. Endi manavi kokatlarni bemalol bozorga chiqarsa boladi.

Shivit ekib ham boy bolish mumkin ekan-da? deyman qiziqishimni yashirmasdan.

Surxondaryoda on yildan buyon kokatchilik bilan shugullanadigan dehqonlar bor, tushuntiradi Rajabboy. Urugini ozimiz yetishtiramiz, har kilosini 80 ming somdan sotsa boladi. Asqarjon bilan sherikligimiz bir mavsumda tugamaydi. Shartnomani uzaytirib, 15 oktabr kuni 14 gektar yerga shivit urugini tashladik. Erta bahorda hosilini yigib, savdoga chiqaramiz.

Sir bolmasa, sizlar yetishtirayotgan rezavorlarning xaridori kimlar?

Shivitni uch marta orib olamiz, deydi Rajabboy. Anavi Mersedes yuk mashinasini korayapsizmi? Ichiga muzlatgich ornatilgan. Toshkentdan alohida muz bolaklarini olib kelganmiz. Karton qutilarning har biriga ortacha 20 kilodan dastalangan shivit boglamlari solinib, matoga oralgan muz bolagini ham joylaymiz. Bir mashinaga 15 tonnagacha yuk ketadi. Mahsulotni Rossiya, Ukraina, Belorus kabi davlatlardagi hamkorlarimizga yetkazamiz. Yol uzoq bolsa-da, mahsulot yaxshi saqlanib boradi. Hali biror marta xaridorlarimiz sifat yuzasidan etiroz bildirishgani yoq.

Ha, barcha ishlar puxta oylangan. Fermer xojaligining nomiga alohida hisob raqami ochilgan ekan. Xorijdan keladigan valyuta tushumlari shunga otkaziladi. Foyda evaziga dalada mehnat qilganlar taqdirlanadi...

Darvoqe, Qashqadaryo viloyatida qishloq xojalik mahsulotlarini eksportga jonatish borasida ancha tajriba toplangan. Men yaqinda Argument i fakt gazetasida Rossiyaga eng kop tarvuzni ozbekistonlik mirishkorlar jonatgani haqida oqib, faxrlangandim. Bu orinda tarvuz yetishtirishda katta tajriba toplangan Chiroqchi tumani dehqonlarining xizmati katta. Kitob, Shahrisabz, Yakkabog tumanlarida uzum, olma, dukkakli mahsulotlar chetga chiqarilayapti. Koson tumanida qovun ekib, karton qutida eksportga chiqarayotgan tadbirkorlar anchagina.

Endilikda ular safiga mirishkorliklar ham qoshildi. Sirasini aytganda, tumanda shivit yetishtirish va chetga chiqarish tajribasini organsa arziydi.

Bu yil tumanda 1600 gektar yerga kechki ekinlar ekildi. Oraliq ekinlar eksportidan rejadagi 159 ming dollar orniga 1 million dollarga yaqin daromad olindi. Kelgusi yilda toqsonbosti ekinlarning ozidan 11 ming tonnaga yaqin mahsulot yetishtirib, kamida 3 ming tonnasini eksportga jonatish rejalashtirilgan.

Sahro bagridagi tuman dalalari, tomorqalarni aylanib, ulug adibimiz Oybekning Bir olkaki, tuprogida oltin gullaydi... degan sozlarini qayta-qayta dilimdan otkazaman...

Yunus UZOQOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: