O'zb  
 
30.11.2017

HUNARI BORGA ISH TOPILADI

Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmasiga qarashli Ishsizlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv markazi fuqarolarni talab yuqori bolgan yonalishlar boyicha oqitib, ularning hayotda oz ornini topishiga yordam berayotgan muassasalardan biri. Bu yil tashkil etilganiga yigirma besh yil bolgan markaz shu paytga qadar oltmish besh mingdan ziyod fuqaroni ottizdan ortiq yonalishlarda kasbga tayyorladi, malaka oshirishiga yordam berdi.

— Hozirgi kunda komputer operatori, elektrpayvandchi, tikuvchi, sartarosh, ish yurituvchi kabi yonalishlar boyicha kadrlar tayyorlayapmiz, deydi markaz direktori Abduhamid Mustagizov. Bizda oz sohasini yaxshi biladigan oqituvchilar dars beradi. Joriy yilning shu davriga qadar oquv markazimizda mingga yaqin fuqaro qayta tayyorlandi. Ayni kunlarda ta’lim olayotganlar 200 nafarga yaqin.

Bugun ishlashni, hayotda munosib orin topishni istagan odam maqsadiga erishadi. Markaz insonlarga yordam berishni oz oldiga asosiy vazifa qilib qoygan. Oqish davomida bandlikka komaklashish markazlari tomonidan stipendiya tayinlanadi va talim davri ham mehnat stajiga qoshiladi. Stipendiyaning eng kam miqdori eng kam oylik ish haqining bir baravarini tashkil etadi.

Markazda fuqarolar istagan talim yonalishi bolmasa, buning ham chorasi bor. Aytaylik, uyali telefon apparati tamirlash boyicha talim olishni xohlovchilar kop bolsa, shu yonalish boyicha kurs tashkil etiladi. Yoki fuqaro yollanma bilan kasb-hunar kolleji yoki nodavlat oquv markazlaridan biriga yuboriladi va markaz bilan hamkorlikda talim oladi.

Markazimiz talim muassasalaridan ancha farq qiladi, deydi oquv ishlari boyicha direktor orinbosari Malika Sarvarova. Bu yerda asosan oilali, farzandli ota-onalar oqiydi. Har birining oziga yarasha dardi, tashvishi bor. Ularning kongliga yol topib, mustahkam bilim berish oqituvchilardan katta masuliyat talab etadi. Haftasiga besh kun, yetti soatgacha tahsil olish, amaliy darslarda ishtirok etish uchun oquvchilarimizning ozlarida ham ishtiyoq bolishi kerak, albatta.

Ham rozgor, ham farzand tarbiyasi bilan shugullanayotgan odam uchun oqishning oziga yarasha mashaqqatlari bor. Biroq xohish har qanday tosiqni yengib otadi.

Mohinur Yusupova 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi akademik litseyni kichik EHM operatori yonalishi boyicha bitirgan. Hozir uning mutaxassisligi boyicha ishchi kuchiga talab bolmagani uchun Yakkasaroy tuman bandlikka komaklashish markazi yollanmasi bilan oquv markazida tikuvchilik yonalishida talim olyapti.

Bugun kimlardir hayotini yangidan boshlab, kasb-hunar organayotgan paytda ham ayrimlar hamon ish topolmay ovora. Kimningdir tugallagan yonalishi zamon talabiga javob bermay qolgan. Kimdir oz mutaxassisligi boyicha yetarlicha konikmaga ega emasligi, yana kimdir sohasiga togri keladigan bosh ish orni yoqligi sabab ishsiz. Mana shunday fuqarolar qayta kasbga tayyorlansa, ishga joylashtirilsa, yurtimiz ravnaqi yolida mehnat qilishlariga shubha yoq.

Biroq oz mutaxassisligi boyicha ish topolmayotgan fuqarolarning hammasi ham yangi yonalish boyicha oqish imkoni borligi haqida malumotga ega emas. Shu bois fuqarolarga, ayniqsa, qishloqlarda yashovchi aholiga shunday markazlar faoliyati haqida atroflicha malumot berib, ularning jamiyatda munosib orin topishiga komaklashish zarur, deb oylayman.

Zilola GAYBULLAYEVA,

OzDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.



DB query error.
Please try later.