O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
13.05.2017

QISHLOQ XOJALIGI SOHASIGA

yangi texnikalar joriy etilmoqda

«O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati tomonidan otkazilgan matbuot anjumanida respublikamizda qishloq xojaligi texnikalari ishlab chiqarishning ozaro bogliq yagona tizimini tashkil etish, servis korxonalari va mashina-traktor parklarini modernizatsiya qilish, sohaga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.

— Prezidentimizning 2016 yil 17 noyabrdagi Ozagrotexsanoatxolding aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari togrisidagi qarori faoliyatimizda dasturilamal bolib xizmat qilmoqda, deydi Ozagrotexsanoatxolding aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Nodir Otajonov. 2017 yilning birinchi choragida tizim korxonalari tomonidan osish suratlari otgan yilning shu davriga nisbatan 183,2 foizga yetdi. Xususan, Ozagrotexmash aksiyadorlik jamiyati korxonalarida 107 traktor, 98 tirkama, 128 omoch, 613 chigit ekish seyalka, 350 kultivator va 500 dan ortiq boshqa texnikalar ishlab chiqarildi. Ozagrolizing aksiyadorlik jamiyati esa fermer xojaliklariga 2 ming 380 dona texnika va agregatni lizing asosida yetkazib berdi. Ozagroservis aksiyadorlik jamiyati tomonidan 7,8 milliard somlik mahsulot ishlab chiqarildi hamda 10,1 milliard somlik mexanizatsiya xizmatlari korsatildi.

Ayni kunlarda Ozagrotexsanoatxolding aksiyadorlik jamiyati Belarus, Janubiy Koreya, Fransiya va boshqa davlatlar tadbirkorlari bilan hamkorlikda qoshma korxonalar tashkil etib, 30 dan ortiq turdagi yangi texnika vositalarini ishlab chiqarishni yolga qoyishni moljallamoqda. Xususan, yem-xashak orish, toylash, ozuqani joyida maydalab, tarqatish, dukkakli va sabzavot ekinlarini ekish, yigish texnikalari ozimizda tayyorlanadi.

Tadbirda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.