O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
13.05.2017

XXI ASR INTELLEKTUAL BOYLIK ASRI

Poytaxtimizda bo‘lib otgan X Innovatsion goyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida bu haqiqat yana bir bor oz tasdigini topdi.

Ozbekiston fan va texnologiyalar agentligi hamda Iqtisodiyot vazirligi hamkorligida otkazilgan mazkur yarmarkada an’anaviy besh yonalish — sanoat, qishloq xojaligi, sogliqni saqlash va farmatsevtika, axborot texnologiyalari, shuningdek, fan-talim sohalari uchun 500 dan ortiq innovatsion goya, texnologiya va loyiha namoyish etildi.

Bu yilgi yarmarkada 88 ta innovatsion ishlanma bilan qatnashdik, deydi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining ilmiy ishlar boyicha prorektori Botir Mirzahmedov. Ularning 67 tasi professor-oqituvchi, 21 tasi yosh olimlar ishlanmalari hisoblanadi. Yarmarkada mamlakatimizda yetakchi bolgan «Ozbekiston metallurgiya kombinati» AJ, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ, Ozbekneftgaz Buxoro filiali, fermer xojaliklari va boshqa korxonalar bilan qiymati 450 million somdan ortiq bolgan shartnomalar imzolandi. Iqtidorli talabalar, magistrantlar va yosh olimlar tomonidan taklif etilayotgan ratsionalizatorlik takliflar, innovatsion ishlanmalar hamda texnik loyihalarni ishlab chiqarishga joriy etish maqsadida universitetimizda Ixtirochi yoshlar maktabi tashkil qilingan. Hozirgi vaqtda yosh ixtirochilar maxsus jihozlangan xonalar va ilmiy laboratoriyalarda oz ishlanmalari ustida izlanishlar olib borib, yarmarkalar, korgazma, tanlov va anjumanlarda faol ishtirok etmoqda. Shuningdek, yarmarkada taklif etilayotgan ilmiy ishlanmalar asosan ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojidan kelib chiqib, tayyorlangani koproq shartnomalar imzolanishiga imkon yaratmoqda.

Biz yarmarkada shorlangan tuproqda osa oladigan, oziq-ovqat va farmatsevtika sohasida noyob tabiiy xususiyatga ega bolgan amarant osimligi bilan qatnashmoqdamiz, deydi Andijon davlat universitetining fizika-matematika fakulteti dotsenti Moydinjon Mominov. BMT amarantni XXI asrning madaniy osimligi, deb etirof etgan. Hozirgacha kit va akulaning jigaridan olinayotgan, tibbiyotda bebaho hisoblanadigan skvalen moddasi amarant osimligining moyida aniqlangani muhim kashfiyotlardan biridir. Ushbu modda anemiya, yurak ishemik, onkologik kasalliklarining oldini olish hamda qonni tozalash, insonni yoshartirish xususiyatlariga ega. Bundan tashqari, amarant barglaridan oziq-ovqat mahsulotlari, poyasidan yem-xashak sifatida foydalanish, donidan yog va kunjara olish mumkin.

Bugungi kunda xizmat korsatish hamda savdo nuqtalarini terminallar bilan taminlash masalasi dolzarb bolib turibdi, deydi Matonat trans servis MChJ direktori Ulugxoja Ergashxojaev. Biz onlayn rejimida ishlaydigan, bir qancha vazifani bajara oladigan terminal yaratdik. Masalan, bu qurilma birgina taksilarda qollansa, manzil tanlanganida, eng yaqin yol va masofani korsatadi, videoga oladi, elektron tolov orqali tolovni qabul qiladi. Nazorat qiluvchi operator barcha jarayonni kuzatib borishi va mijozlardan telefon orqali chaqiruv olinganida manzilga eng yaqin bolgan taksini yuborishi mumkin.

X innovatsion goyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida yosh olimlar, tadqiqotchilar, talabalarni qollab-quvvatlashga alohida etibor qaratilgan. Yarmarkada yosh olim va talabalar yaratgan 100 dan ortiq ishlanma namoyish etildi.

Shuningdek, yarmarka doirasida III Toshkent xalqaro innovatsion forumi ham bolib otdi. Forumning asosiy maqsadi dunyoda innovatsiya tizimlarining rivojlanish tendensiyalari, innovatsiya faoliyatining rivojlanish holati, muammolari va istiqbollarini tahlil qilish, milliy innovatsiya tizimini shakllantirishda turli omillarning ornini aniqlash hamda Ozbekistonni innovatsion faolligi yuqori bolgan hududga aylantirishga komaklashishdan iborat.

Bu yilgi forum doirasida Ozbekiston va Germaniyaning innovatsiyalar sohasidagi hamkorligiga bagishlangan Ozbek-nemis innovatsiya muloqoti bilimlarga asoslangan jamiyat qurish kelajagi mavzusida xalqaro konferensiya hamda davra suhbati ham tashkil etildi. Unda Bolgariya, Italiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya kabi davlatlar, Jahon banki, Britaniya Kengashining Ozbekistondagi vakolatxonasi mutaxassislari va ekspertlari ishtirok etdi.

Dastlabki malumotlarga kora, yarmarkada qiymati 22 milliard somdan ortiq 350 dan ziyod shartnoma imzolandi.

Turli xil nominatsiyalar boyicha goliblarga Vazirlar Mahkamasining faxriy yorliq hamda esdalik sovgalari, 3 million somlik pul mukofotlari, Oztelekom AKning 1 yilga internetdan bepul foydalanish huquqini beradigan sertifikatlari, Butun jahon intellektual mulk tashkilotining oltin medal va esdalik nishoni, shuningdek, Ozbekiston fan va texnologiyalar agentligining faxriy yorliq va sertifikatlari topshirildi.

Shuhrat ISLOMOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: