O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
13.05.2017

OZBEK OLIMI XITOY FANLAR AKADEMIYASI MUKOFOTIGA SAZOVOR BOLDI

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Shavkat Solihov Xitoy Fanlar akademiyasining «Xalqaro ilmiy hamkorlik uchun» mukofoti bilan taqdirlandi. Ozbekiston Fanlar akademiyasida ana shu mukofotni topshirish marosimi boldi.

Tadbirda diplomatik korpus vakillari, Xitoy Fanlar akademiyasi delegatsiyasi, olimlar hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Ozbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Ibrohim Abdurahmonov, Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon fizika va kimyo-texnika instituti direktori Li Shao va boshqalar mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlik tobora kengayib borayotgani, ayniqsa, ilm-fan sohasida almashilayotgan ozaro tajriba ulkan samaralar berayotganini ta’kidladi.

Ozbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori Shavkat Solihovning ushbu mukofot bilan taqdirlanishi ham Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimiz ilm-fan fidoyilariga bolgan cheksiz hurmati namunasidir.

Akademik Shavkat Solihov Ozbekiston Respublikasi fan arbobi, oqsil kimyosi, toksinlar kimyosi va biotexnologiya sohasida taniqli olim. Uning ilmiy faoliyati tabiatdan olingan biologik aktiv toksinlar, fermentlar va boshqa moddalarning tuzilishi va funksiyalarini organishga qaratilgan bolib, fanda birinchi marta Orta Osiyo hayvonlari zaharlaridan toksik xossalarga ega bolgan 50 dan ortiq fiziologik faol oqsil va peptidlar ajratib olingan. Shulardan 15 moddaning kimyoviy strukturasi aniqlangan. Olim rahbarligida 70 dan ortiq osimlikdan 150 dan ortiq fan uchun nomalum bolgan polifenol tabiatli biologik faol moddalarning kimyoviy tarkibi aniqlanib, ular asosida hozir mamlakatimiz tibbiyot amaliyotida keng qollanilayotgan viruslarga, shamollashga qarshi hamda qon toxtatuvchi dori-darmon preparatlari yaratilgan. Paxta chigitidan gossipol moddasini ajratib olish va uni katta miqyosda ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishda ham olimning xizmatlari katta.

– Xitoy Fanlar akademiyasi bilan samarali hamkorlik va iqtidorli ilmiy xodimlarni tayyorlash yolida qilgan xizmatlarimni hamkorlarimiz yuksak baholaganidan behad mamnunman, deydi Sh.Solihov. Hali qilinajak ishlarimiz kop. Yirik tadqiqot loyihalarini tashkil etish va amalga oshirishni maqsad qilganmiz.

Shavkat Solihov Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti lavozimida ishlagan kezlari, ayniqsa, ilm-fanning talim va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuviga katta hissa qoshdi. Akademik Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya, Xitoy Xalq Respublikasi singari davlatlar ilmiy muassasalari bilan xalqaro ilmiy-texnik dasturlar doirasida ozaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish ishlarida ham jonbozlik korsatayotir.

Mohigul QOSIMOVA,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.