O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
10.05.2017

TAHLILIY VA TANQIDIY YONDASHUV ADOLATLI JAMIYAT QURISHDA HAL QILUVCHI OMILDIR

Poytaxtimizda O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va xalqaro tashkilotlar hamkorligida «Ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni yoritishda tahliliy va tanqidiy yondashuvlar — ochiq, adolatli va inklyuziv jamiyat qurishda hal etuvchi omil» mavzuida media-tadbir otkazildi. Unda Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar, jamoat tuzilmalari, xalqaro tashkilotlarning mamlakatimizdagi vakolatxonalari, diplomatik korpus vakillari, OAV xodimlari, professor-oqituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Oliy Majlis Senati raisi orinbosari Svetlana Ortiqova bugun odamlarni oylantirayotgan, jamiyat ravnaqiga tosiq bolayotgan masalalarning ildiziga chuqur kirib borish, xalqimiz bilan samimiy, yaqin, yanada oshkora muloqot ornatish ommaviy axborot vositalari xodimlaridan katta masuliyat, ijodiy izlanish, tanqidiy-tahliliy yondashuvni talab etishini takidladi.

2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimiz mediatuzilmalari faoliyatini takomillashtirishda hamda samaradorligini oshirishda muhim dasturilamal bolmoqda, deydi Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qollab-quvvatlash jamoat fondi mablaglarini boshqarish boyicha Parlament komissiyasi raisi Akmal Saidov. Bugungi kunda mamlakatimizda mavjud bosma nashrlarning 53 foizini, teleradiokanallarning 85 foizini nodavlat ommaviy axborot vositalari tashkil etadi. 330 dan ziyod veb-saytlar ommaviy axborot vositalari sifatida royxatdan otkazilib, ularning aksariyati nodavlat sektor ulushiga togri kelmoqda. Media tuzilmalar hozirda Ozbekistonda istiqomat qilayotgan millat va elatlarning 7 tilida faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, axborotlar va teleradiomahsulotlar qator xorijiy tillarda ham tarqatilmoqda. Bundan tashqari, yangi teleradiokanallarning tashkil etilayotgani aholiga rang-barang, yanada mazmunli, oziga xos korsatuvlar taqdim etish imkonini bermoqda. Respublikamizdagi ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat korsatishi uchun samarali qonunchilik bazasi shakllantirilmoqda.

Tadbir songida Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirilayotgan ishlarni faol yoritayotgan televideniye hamda radio jurnalistlariga sertifikatlar topshirildi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.