O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
07.05.2017

OZBEKISTON INNOVATSION, FAOL MAMLAKATGA AYLANADI

Fan va texnologiyalar agentligi Bosh direktori Mahmudjon Boltaboyev muxbirimizga quyidagilarni gapirib berdi

— Mamlakatning barqaror rivojlanishi, aholining farovon yashashi uchun eng avvalo, ilm-fan taraqqiy etishi kerak. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ularda islohotlar dastlab maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, litsey-kollejlar, oliy oquv yurtlari, ilmiy tadqiqot institutlari faoliyatini kuchaytirishdan boshlangan. Ha, ilm millatning ozod, farovon, baxtli, badavlat yashashining bosh omilidir. Ilm-fani rivojlangan mamlakatlar geografik jihatdan qayerda joylashgan bolishiga qaramasdan, jahonning marifiy markaziga aylanadi. Nomiga taraqqiy etgan, rivojlangan, rivojlanayotgan sozlari qoshib aytiladi.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan respublikamizni yanada rivojlantirish boyicha boshlangan islohotlar ham avvalo, Ozbekiston Fanlar Akademiyasining ilm-fan taraqqiyotidagi bir butun ilm-fanni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishdan boshlandi.

Bugungi kunda yurtimizda ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishning aniq mexanizmi yaratilgan. Fan sohasini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan islohotlar oz natijasini bermoqda. Gen injeneriyasi, hujayra texnologiyalari, farmatsevtika va biotexnologiyalar, kimyo va yangi materiallarni yaratish sohalarida muhim tadqiqotlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga, ilmiy-tadqiqot salohiyatining hozirgi darajasi, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidan orqada qolayotganini ham tan olishimiz kerak.

Davlatimiz rahbari tomonidan akademiklar bilan bolib otgan uchrashuvda iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish, intellektual salohiyatdan samarali foydalanish mexanizmlarini joriy etish masalalariga alohida etibor qaratildi. Bu bejiz emas albatta. Chunki barcha sohalarni zamon talablari darajasida rivojlantirish uchun oldin innovatsion texnologiyalar yonalishida inqilobiy ozgarishlar bolishi zarur.

Shu bilan birga, Prezidentimizning «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi qarori bilan Bosh vazir rahbarligida Fan va texnologiyalar boyicha davlat komissiyasi tuzildi va uning ishchi organi etib Fan va texnologiyalar agentligi belgilandi. Qarorga kora, agentlik Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlar sohasidagi ilmiy loyihalarni amalga oshirish boyicha yagona buyurtmachi hisoblanadi.

Ushbu komissiya qoshida Ilmiy-texnik faoliyatni qollab-quvvatlash va rivojlantirish jamgarmasi tashkil etilib, mutlaqo yangi tipdagi, zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalar faoliyatini yolga qoyish boyicha tadbirlarni moliyalashtiradi, davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk obyektlarini chet elda royxatdan otkazadi, yetakchi ilmiy elektron malumotlar bazasidan erkin foydalanishni hamda yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda stajirovka otashini taminlaydi.

Har yili muntazam ravishda otkazib kelinayotgan, fan, talim hamda ishlab chiqarish ortasidagi kooperatsion aloqani kochaytirishning amaliy mexanizmiga aylangan Respublika innovatsion goyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi korxonalar, ilmiy tashkilotlar va oliy talim muassasalari ortasida ozaro manfaatli, har tomonlama foydali hamkorlik ornatish imkonini bermoqda.

Bu yurtimiz iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoq va sohalarining jadal suratlar bilan rivojlanishida, istiqboldagi dasturlarni ishlab chiqishda muhim ilmiy va amaliy asos vazifasini otamoqda.

X Innovatsion goyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi 2017 yilning 10-12 may kunlari otkaziladi. Yarmarkada 500 dan ortiq innovatsion goya va ishlanmalar namoyish etiladi. Shundan 344 tasi yangi innovatsion ishlanmalar hisoblanadi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar, xorijiy va xalqaro jamgarmalar vakillari diqqatini hamda moliyaviy mablaglarini respublikamiz olimlari tomonidan taqdim etilgan eng ilgor texnologiyalarga jalb qilish maqsadida X innovatsiya yarmarkada ilk bor Joriy etilgan innovatsion ishlanmalar yonalishi tashkil etiladi. Unda otgan yarmarkada imzolangan shartnomalarning qanday bajarilayotgani, natijalari 62 ishlanma misolida korsatib beriladi.

Bundan tashqari, yosh olimlar va talabalarning 100 ishlanmasi, jumladan, XXI asr intellektual avlod asri respublika konferensiyasi goliblari va faol ishtirokchilarining 22 innovatsion goya va loyihalari taqdim etiladi.

Shuningdek, bu yil eksponatlarni saralashda taklif etilayotgan ishlanmalarning joriy etishga tayyorligi, energiya va material tejamkorligi, mahalliy xomashyodan foydalanilganligi, bozorga yangi mahsulot chiqarish imkoniyati mavjudligi masalalariga alohida etibor qaratildi.

Yarmarka doirasida III Toshkent xalqaro innovatsion forumi ham bolib otadi. Undan kozlangan asosiy maqsad dunyoda innovatsiya tizimlarining bugungi ahvoli, muammolari va istiqbollari tahlil qilinadi. Ozbekistonni ham innovatsion faol hududga aylantirish borasida taklif-mulohazalar ortaga tashlanadi.

Forum ishida Germaniya Federativ Respublikasi, AQSh, Fransiya, Gretsiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya Federatsiyasi, Armaniston, Qozogiston, shuningdek, BMT, YuNESKO, Jahon banki, Ozbekistondagi Britaniya Kengashi ofisi, Erasmus+ Milliy ofisining yetakchi olimlari, mutaxassislari va ekspertlari ishtirok etadi.

Hozirga qadar otkazilgan I-IX innovatsiya yarmarkalarda sanoat, qishloq xojaligi, axborot texnologiyalari, tibbiyot va farmakologiya, fan va talim yonalishlarida 4200 ga yaqin innovatsion goya va texnologiyalar namoyish etilib, umumiy moliyaviy hajmi 144 milliard 100 million som bolgan 4000 dan ortiq shartnoma imzolangan. Mazkur shartnomalarning bajarilishi natijasida 62 nomdagi yangi mahsulotlar seriyali ishlab chiqarilmoqda, 59 shartnoma doirasida mahsulotlarning tajriba-sinov va sanoat namunalari yuzaga keldi. Shu bilan birga, yuzlab korxona, fermer xojaligi va tadbirkorlik subyektlariga ilmiy va amaliy xizmatlar korsatilmoqda.

Yarmarkada Sanoat, Qishloq xojaligi, Sogliqni saqlash va farmakologiya,Axborot texnologiyalari, Fan va talim yonalishlari boyicha eng yaxshi innovatsion ishlanma, shuningdek, Eng yaxshi innovatsion ishlanma, Yosh olimlarning eng yaxshi innovatsion loyihasi, Talabalarning eng yaxshi innovatsion goyasi nominatsiyalari boyicha Vazirlar Mahkamasi nomidan Faxriy yorliqlar tasis etilgan.

Ishlanmalar mualliflarining har biri 3 million som miqdoridagi pul mukofoti va bir yillik bepul internetdan foydalanish huquqini beruvchi sertifikat bilan ragbatlantiriladi.

Shuningdek, Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti (VOIS)ning Eng yaxshi ixtiro medali va Intellektual mulk sohasida faoliyat yuritayotgan eng yaxshi korxona mukofotlari egalariga topshiriladi.

Ushbu yarmarkaning tashkil etilganiga on yil tolishi munosabati bilan anjumanni keng miqyosda, tantanali ruhda otkazish rejalashtirilgan. Binobarin, unda ozbekistonlik yetuk olimlar, bilan birga Yevropa va Osiyoning yetakchi mamlakatlaridan 100 ga yaqin ixtirochi va mutaxassislarning ishtirok etishi kutilmoqda. Bu yurtdoshlarimizga ozaro fikr, almashish imkonini beradi.

Marifatparvar bobomiz Mahmudxoja Behbudiy aytganidek, Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bolur...

Shuhrat ISLOMOV,

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: