O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
21.03.2017

Ozbekiston xalqiga Navroz tabrigi

Aziz vatandoshlar!

Ona diyorimizga barchamiz orziqib kutgan, go‘zal va dilbar fasl – Navrozi olam kirib kelmoqda.

Ana shu ulug ayyom sharqona yangi yil bilan kattayu kichik barcha yurtdoshlarimizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Mana shu qutlug kunda siz azizlarga, sihat-salomatlik, baxt va omad, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

Muhtaram dostlar!

Bu yilgi Navroz bayrami barcha shahar va qishloqlarimizda umumxalq sayillari tarzida otayotgani unga ozgacha fayz va shukuh bagishlamoqda.

Navroz ruhi va falsafasi Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilining goya va maqsadlari bilan uygun va hamohang ravishda namoyon bolmoqda.

El-yurtimizdagi aziz insonlar bir-birlarini qutlab, dala va qirlar, bog va maydonlarda Navroz bayramini shodu xurramlik bilan nishonlamoqdalar. Doshqozonlarda sumalaklar pishirib, dasturxonlarga bahor ne’matlarini tortib, sayil-tomoshalar qilmoqdalar. Shu yorug kunlarga yetkazgani uchun shukronalar aytmoqda.

Ozaro mehr-oqibat, saxovat va muruvvat korsatish, tabarruk keksalarimizni yoqlash, nogironlar, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, hasharlar otkazib, yurtimizni yanada obod qilish kabi savobli ishlarimiz Navrozning fayziga yanada fayz qoshmoqda.

Hurmatli yurtdoshlar!

Bugun fidoyi dehqon va fermerlarimiz katta orzu-umid bilan yangi mavsumni boshlamoqdalar. Barchamiz ularni chin dildan tabriklab, yilimiz qutlug kelsin, hosilimiz mol bolsin, deb eng ezgu tilaklarimizni bildiramiz.

Navrozi olam Vatanimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari uchun, butun xalqimiz uchun eng suyukli bayramdir.

Bugun biz yurtimizda mana shunday qutlug bayramni nishonlash barobarida, butun dunyoda tinchlik va xotirjamlik bolishini, uzoq va yaqin barcha davlatlarning xalqlariga taraqqiyot, farovonlik hamda ravnaq tilaymiz.

Aziz va muhtaram vatandoshlarim!

Barchangizni Navroz ayyomi bilan yana bir bor tabriklab, ozimning qalbimdagi eng samimiy tilaklarimni izhor etaman.

Navrozi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin!

Har bir oila, har bir xonadonda yaxshi kunlar, toy-tomoshalar kop bolsin!

Barchamizning ezgu orzu-niyatlarimiz ushalsin!

Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bolsin!

Navroz bayrami barchamizga muborak bolsin!


Shavkat Mirziyoyev,
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti


DB query error.
Please try later.