O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
16.03.2017

KITOB OQING, KITOB SOVGA QILING...

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Ozbekiston Milliy universitetida bolib otgan «Kitobxon talaba» korik-tanlovining bosh maqsadi ushbu goyaga qaratildi

Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida xorijiy davlatga ilk tashrifini Turkmanistondan boshladi. Prezidentimiz Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga xalqlarimizning sevimli shoiri Maxtumqulining Elingga baxsh ayla deb nomlangan kitobini sovga qildi. Turkmaniston Prezidenti kitob eng yaxshi tuhfa ekanini ta’kidlab, Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi...

Axborot texnologiyalari, ayniqsa, internetning yoshlar hayotidagi orni tobora ortib borayotgan bir davrda ularni kitob oqishga undash, davat etish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Prezidentimizning Kitob chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targibot qilish yuzasidan elon qilingan farmoyishida kitobxonlik ananalarini davom ettirish, talim muassasalarida korik-tanlovlar, ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari otkazish belgilangan.

Ozbekiston Milliy universitetida bolib otgan Kitobxon talaba korik-tanlovida yoshlar kitob mutolaasi, targiboti, shaxsiy kutubxona yaratish kabi yonalishlarda ozaro bahslashishdi.

Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati, Yozuvchilar uyushmasi, Milliy goya va mafkura, Manaviyat targibot markazlari hamkorligida tashkil etilgan tanlovda shoir va yozuvchilar, madaniyat va sanat namoyandalari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

— Yoshlarning kitob oqishiga qarab, ular mansub bolgan jamiyatning kelajagi qanday bolishini bemalol bashorat qilsa boladi, deydiOzbekiston Milliy universiteti prorektori, dotsent Davlat Jumaboyev. Yoshlari ilmli bolgan mamlakatning barcha sohalarda rivojlanishiga, taraqqiy etishiga hech qanday shak-shubha yoq. Bugun kitob va kitobxonlik masalasi juda ham dolzarb ahamiyatga ega. Kitobxon yoshlar safini kengaytirish, ularda kitob oqish ishtiyoqini uygotish uchun turli yol va uslublardan foydalanishimiz zarur. Prezidentimiz tomonidan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitob mahsulotlari chop etish va uni tarqatish tizimini takomillashtirishga berilayotgan alohida etibor nafaqat ziyolilar, balki butun xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. Bugungi tanlovni kuzatish davomida shunga amin boldimki, mamlakatimiz rahbari ilgari surayotgan goyalar hayotda oz aksini topmoqda. Muxtasar aytganda, kitob oqish ushbu korik-tanlovda qatnashgan va tomoshabin sifatida ishtirok etgan har bir talabaning asosiy mashgulotiga aylanishiga ishonaman.

Ushbu tanlovda ishtirok etganimdan juda ham baxtiyorman, deydiOzMU xorijiy filologiya fakulteti talabasi Oyxon Erkinjonova.Jaloliddin Rumiyning Kozni yumgil, kozga aylansin kongil degan baytini doim yodimda saqlayman. Bu degani qalb kozga aylanishi uchun inson mutolaa bilan mashgul bolmogi lozim.

Bugungi tadbir davomida talabalarning adabiyotga bolgan mehri baland ekaniga guvoh boldim, deydiOzMU jurnalistika fakulteti dekani orinbosari, dotsent Ramziddin Abdusattorov.Ularning sherlarni yod aytishini korib, togrisi, quvonib ketdim. Tarix fakulteti talabasi Suhrob Rozimetovning mahorati, sahnada ozini tutishi, bilimdonligi, zukkoligi barchani tolqinlantirib yubordi. Demak, bunday tadbirlar yoshlarning kitobga bolgan intilishini yanada oshirish bilan birga, yangi istedodlar kashf qilinishiga ham komak beradi.

Kursdoshlarim orasida ozining shaxsiy kutubxonasini tashkil etganlar bor, deydiOzMU jurnalistika fakulteti talabasi Azizbek Ramazonov. Buni kopchilikka ornak qilib korsatish kerak, deb oylayman. Biz yoshlarni kitob oqishga davat etgani uchun Prezidentimizga rahmat aytaman.

Tanlovda golib bolgan talabalarga sovgalar qatorida ozbek va jahon adabiyotining nodir durdonalari bolgan kitoblar ham tuhfa etildi, deydiOzMU jurnalistika fakulteti oqituvchisi Ravshan Omonov.Ushbu kitobxonlik bahsi yoshlarning kitob oqishga bolgan intilishlarini yanada kuchaytirishga xizmat qilishiga ishonaman...

...Tadbir tugagandan song bugun otamning tugilgan kuni ekani yodimga tushdi. Sovga olish haqida oylay boshladim. Kitob sovga qilaman. Shu niyat bilan dokonga bordim. U yerdan jahon adabiyotining yirik namoyandasi Chingiz Aytmatovning qissalari jamlangan kitobni sotib oldim.

Barchinoy HAMIDULLAYEVA,

Ozbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti II kurs talabasi.



DB query error.
Please try later.