O'zb  
 
14.03.2017

PENSIYA TOLOVLARI OZ VAQTIDA MOLIYALASHTIRILMOQDA

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi matbuot anjumani otkazdi. Unda jamgarma faoliyatidagi yangiliklar haqida axborot berildi.

— Songgi besh yilda pensiya va nafaqa oluvchilar soni yiliga ortacha 4 foizdan osib, bugungi kunda 3 million nafardan ortiqni tashkil etmoqda, deydi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijrochi direktorining birinchi orinbosari Mahmudjon Ziyodullayev. Pensiya va nafaqa pullarining oz vaqtida yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida joriy yilning fevral oyi uchun talab qilingan mablaglar 17 fevral kuniga qadar toliq moliyalashtirildi hamda naqd shaklda yetkazib berildi.

Jamgarma tomonidan pensiya va nafaqalarni oluvchi shaxslar uchun SMS-Pensiya interaktiv xizmati ishga tushirildi. Ushbu xizmat pensiya va nafaqa tayinlanishi, uning tolov muddatlari haqidagi malumotlarni mobil aloqa vositasida olish imkonini beradi.

Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarning oz vaqtida va toliq tolanishida qonunchilik normalariga amal qilinishi Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan qatiy nazoratga olingan. Shuningdek, pensiya va nafaqalarni tayinlash va tolovlarning oz vaqtida amalga oshirilishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida (1140 qisqa raqamli) «ishonch telefoni» joriy qilingan.

Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga Ziyodullayev javob berildi.

Xorijda ishlagan davr ish staji sifatida hisobga olinadimi?

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali shartnoma tuzib, chet elda ishlayotgan, Pensiya jamgarmasiga ornatilgan tartibda sugurta badallari tolagan fuqarolarning ish staji pensiya tayinlashda hisobga olinadi.

Pensiyaga chiqqan, lekin biron tashkilot yoki idorada ishlaydigan pensioner ish haqi va pensiyasini toliq olishi mumkinmi?

Quyidagi toifadagi ishlovchi pensionerlarga pensiyalar toliq miqdorda tolanadi:

urush nogironlari va qatnashchilariga, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy xizmatni otagan yoki front ortida ishlagan shaxslarga;

I va II guruh nogironlariga;

fuqarolar yiginlari va mahallalarning raislariga,

fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlarida diniy marifat va manaviy-axloqiy tarbiya boyicha maslahatchi lavozimlarida ishlovchi pensioner ayollarga yoshga doir pensiya olganda;

Ozbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qollab-quvvatlash Nuroniy jamgarmasining barcha xodimlari pensionerlarga.

Bundan tashqari, 2014 yil 1 yanvaridan boshlab fuqarolik-huquqiy tarzidagi shartnomalar boyicha ishlaydigan va qonun hujjatlari bilan belgilangan yoshga doir pensiyalarning minimal miqdoridan past daromad (gonorar, mukofot va boshqalar) oladigan pensionerlarga pensiya toliq miqdorda tolanadi.

Qolgan barcha ishlovchi pensionerlarga ularga tayinlangan pensiyaning 50 foizi tolanadi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: