O'zb  
 
14.03.2017

ISTIQBOLLI LOYIHALAR QOLLAB-QUVVATLANMOQDA

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki «Tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning ustuvor vazifalari» mavzuida matbuot anjumani otkazdi.

— Prezidentimizning tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir farmoni bankimiz zimmasiga ham qator vazifalar yuklaydi, deydi Xalq bankining kredit operatsiyalari departamenti direktori orinbosari Doniyor Akramov. Shu boisdan bankimiz xodimlari har bir xonadonga kirib, aholining imkoniyat va sharoitlarini chuqur organmoqda. Qolaversa, maxsus buklet shaklidagi namunaviy biznes loyihalari ham tarqatilmoqda. Bankimizga respublikamizdagi 1,5 millionga yaqin xonadon biriktirilgan bolib, hozirgi vaqtgacha 940 mingdan ortiq xonadon organilib chiqildi. 138 mingdan ziyod xonadon egalari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish istagini bildirdi.

Ayni paytga qadar bank tomonidan jami 20893 nafar fuqaroga 134,2 milliard som kredit mablaglari ajratilgan. Loyihalar asosan chorvachilik, parrandachilikni rivojlantirish, issiqxonalar tashkil etishga qaratilgan.

Bundan tashqari, otgan yili 2806 nafar tadbirkor ayolga 164,5 milliard som miqdorida kreditlar ajratilgan.

Matbuot anjumanida bank tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar, kelgusidagi asosiy yonalishlar boyicha ham malumotlar berildi.

Oz muxbirimiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: