O'zb  
 
14.03.2017

HAMJIHATLIK VA MEHR-OQIBAT NAMOYIShI

Mamlakatimizda 11-12 mart kunlari bo‘lib otgan umumxalq xayriya hasharida yigirma ikki milliondan koproq yurtdoshimiz ishtirok etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 28 fevraldagi «2017 yilgi Navroz umumxalq bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish togrisida»gi qarori asosida qadimiy va ardoqli bayramimiz Navrozi olamni munosib kutib olishga qizgin tayyorgarlik korilmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida mart-aprel oylari mamlakatimizda obodonlashtirish va kokalamzorlashtirish oyligi deb e’lon qilindi. Uning doirasida 11-12 mart kunlari umumxalq xayriya hashari otkazildi.

Bundan maqsad Navroz bayramini nishonlashga alohida tayyorgarlik korish, milliy qadriyatlarimizni keng targib qilish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va kokalamzorlashtirish, mamlakatimizning sanitariya holatini yanada yaxshilash, 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi hamda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili Davlat dasturida kozda tutilgan vazifalarni izchillik bilan hayotga tatbiq etishdir.

Ozbekiston Respublikasi Mahalla xayriya jamoat fondidan malum qilishlaricha, umumxalq xayriya hashari mamlakatimizning barcha hududlari, qishloqlar, mahallalar, tashkilot va muassasalarda kotarinki ruhda otgan.

Hashar kunlari qirq sakkiz ming gektardan ziyod maydonda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Ottiz ikki ming kilometr ariq-zovurlar, lotoklar tozalanib, ziyoratgoh va qabristonlar tartibga keltirilgan. Bundan tashqari, hashar kunlarida qariyb yigirma ikki million tup daraxtga shakl berilib, oqlangan. Yigirma tort million tup mevali, manzarali daraxt kochati, on yetti million tup gul ekilgan.

— Umumxalq xayriya hashari tumanimizda ham milliy ananalarimizga mos tarzda hamjihatlik, hamkorlik ruhida otdi, deydi Mahalla xayriya jamoat fondi Bektemir tumani bolinmasi raisi orinbosari Sobir Imomov. Ikki kun mobaynida hashar doirasida kop qavatli uylar atrofi, mahallalar, bolalar oyin maydonchalari, kochalar, yollar, ariq-zovurlar tozalandi. Qabristonlar, ziyoratgohlar, saylgohlar obodonlashtirildi. Bu ishlarda mahalla aholisiga talabalar, oquvchi-yoshlar yaqindan komak berdi. Mirishkor mahallasi hududidagi bogni obodonlashtirish va kokalamzorlashtirishda barcha bahamjihat bolib mehnat qildi. Iqbol mahallasida namunaviy loyiha asosida qurilayotgan kop qavatli uy qurilishida hasharchilar usta-hunarmandlarga komak berdi. Bu tadbir xalqimiz, ayniqsa, yoshlarning milliy ananalarimizga sadoqatini, obodlik, ozodalikni yuksak qadrlashini yana bir karra namoyon etdi.

Mahallamiz gulchilik sohasida oilaviy tadbirkorlik rivojlangan hududlardan biridir, deydi Namangan tumani Dehqonobod mahalla fuqarolar yigini raisi Muzaffar Xudoyberdiyev. Bugungi kunda yigirmadan koproq xonadonda issiqxona tashkil etilib, turfa gul kochatlari yetishtirilmoqda. Ushbu faoliyat oilalarga tokinlik, farovonlik, yurtimizga gozallik baxsh etmoqda. Umumxalq hashari mobaynida obodonlashtirish ishlari bilan bir qatorda ushbu oilaviy tadbirkorlarimiz yetishtirgan gul kochatlarini kochalar, suv boylari, hovlilarga ekdik. Oilaviy tadbirkorlikning bunday yonalishlarini rivojlantirish, xalqimizning yaratuvchilik ishlarini qollab-quvvatlash, yoshlar orasida ham ommalashtirish doimiy etiborimizda. Shu maqsadda turli tanlovlar va tadbirlar tashkil etish, Navroz bayramini munosib nishonlashga qizgin taraddud koryapmiz.

Toyga toyona hozirlash xalqimizning ezgu odatidir. Bu yil ham Navroz bayrami munosabati bilan mahallalar hududida koplab ijtimoiy-madaniy, savdo inshootlari foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Moynoq tumanidagi Bozatov va Madali ovul fuqarolar yiginlari hududida qurilayotgan tikuv sexi, Qorgontepa tumani Xojatepa mahallasi binosi, Vobkent tumani markaziy shifoxonasining tugruq kompleksi, Charmgaron mahallasida maishiy xizmat korsatish va savdo shoxobchasi, Uchquduq tumanida Yoshlar markazi, Jomboy tumani Zarafshon mahallasida guzar, Urganch tumani Boston mahallasida otalar choyxonasi, Yangibozor tumani Yangiyop mahalla fuqarolar yigini hududida barpo etilayotgan xususiy korxona bunga misoldir.

Hashar kunlari oz ish joyida mehnat faoliyatini davom ettirgan har bir korxona, muassasa, tashkilotlar xodimlari ham umumxalq xayriya hashariga oz ulushini qoshdi.

Bahor XIDIROVA,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.