O'zb  
 
07.03.2017

TAHSIN VA TAZIM

Bahorning ilk bayrami — Xalqaro xotin-qizlar kuni bahonasida ko‘klam faslidan ming bora korkam, mehri oftobdan ming chandon haroratli, husni-jamoli oydan ming bora gozal ayol sha’niga eng sara sozlarni qogozga tushirmoqqa jazm etdim-u, lekin buning uddasidan chiqishga tasavvur olamim torlik, tafakkur qudratim ojizlik, soz boyligim kamlik, qalamim mortlik qilishini sezib qoldim.

Togrisi, bashariyatning ibtidosidan beri ayol zotining husni-latofati, nazokatiyu malohati tavsiflangan, kuylangan sher, qoshiq, doston, qasida va madhiyalar shu qadar beadadki, ushbu dil zorlari va dil izhorlari kitob shaklida jamlansa, ularni bagriga sigdiradigan kutubxona bu jahonda topilmaydi.

Ayol Olloh taolo tomonidan yaratilgan mojizalarning mojizasi, uning qaddi-qomati va chehrasida dunyodagi barcha gozal gullarning rangi, chiroyi, jozibasi, tarovati, qalbida tort faslning sifati bahorning sehri, yozning mehri, kuzning masumligi, qishning mahzunligi mujassam. Osmonning bagri kengligi, yulduzlarning tabassumi, shabadaning nafisligi, chashmaning tiniqligi, shabnamning pokligi, sharsharaning xandasi uning siyratiga ilohiy nur bolib singgan.

Ayol timsolini koz oldingga keltirmoqchi bolsang, qiyofasining rang-barang tovlanishidan kozing qamashib, boshing aylanadi: erkalansang butun borligini baxshida etadigan mehribon buving, kozining qorachigidan barmogining uchigacha mehr sochadigan onang, «ukajonim» deganda tilidan bol tomadigan munis opajoning, jismingga jonini qoqib beradigan ardoqli ammang-u xolang, erkalatsang qollari boyningga nurdek chirmashadigan, seni togday tayanchi, chinordek suyanchi, deb biladigan erka singling, nafasi dilingdagi guborlarni bir zumda aritadigan, seni yorug olamdagi eng oqil, eng dono, eng bahodir, eng daryodil inson, deb biladigan suyukli qizing, sevsang nozikkina bitta jonini mingga aylantirib, seningu farzandlaring poyiga poyondozdek toshaydigan vafodor yoring, umr yollarida sadoqatli hamrohing... Chunki olmosning ming bir qirrasi, ayol felining yuz ming jilosi bor.

Mening nazarimda ushbu aziz insonlarning sifatlarini maromiga yetkazib tariflash uchun dunyoning soz xazinasi, mehr-muhabbati evaziga tolagani olamning boyligi yetmaydi.

Xususan, Ayol zotining birgina Ona sifatidagi fazilatlarini koz oldimizga keltirib korsak, tarifiga tilimiz lol qoladi.

Onalik tuygusi ayol zotining zuvalasiga qoshilib qorilgan ilohiy bir fazilatdir. U hali norasidalik chogidayoq ichki bir tuygu bilan ozini ona, deb his etadi, mehrini jonsiz qogirchoqqa baxshida etib, sehrgarga aylanadi. Uni jisman tiriltira olmasa-da, ruhan jon ato etib, tilga kiritadi, avaylab-avrab uygotadi, sozlatadi, kuldiradi, yiglatadi, arazlatadi, ardoqlab uxlatadi... Shu tarzda ozini haqiqiy onalikka tayyorlab boradi.

Haqiqiy onaning har bir farzandini toqqiz oy yuragining tagida avaylab-asrab yurgani, shirin va yuksak orzular qanotida holsizlikka, charchoqqa, turli xil dardlarga bardosh bergani, chaqalogini sog-omon qolga olganda, godagi ilk bor kulganda, tilga kirganda, qadam bosganda konglidan kechirgan his-tuygulari quvonchi, shukronasining ozi bir doston.

Shu kezda xayolga bir qiyos keladi: uzoq va notanish shaharga safarga borganda, ilk marta duch kelib, xushmuomalalik bilan yol korsatgan notanish kishini kop vaqtlar minnatdorlik bilan eslab yuramiz.

Yorug va notanish dunyoga kelganimizda bizni chehrasida gul-gul tabassum bilan haroratli bagriga olgan, eng laziz sozlar bilan erkalagan, sut emas, oppoq nur oqib turgan siynasi bilan katta hayotning shirin tamidan bizni ilk bor xabardor qilgan siymoning xizmati esa bir umr qoshida qol qovushtirib, bosh egib turishga arzigulikdir.

Tunlari beshigimiz qoshida parvona bolib, qush uyqusi bilan yashaydigan, salgina yotalsak, koksi uzilib tushadigan, umrida sher toqishni oylamay turib, farzandiga mehri tufayli shoiraga aylanib, oy nuri, yulduzlar yogdusiga yogrilgan allalar kuylagan, farzandi oyoqqa turguncha barcha yumushlarni minnat bilan emas, minnatdorlik bilan ado etadigan bu mehridaryo insonning olijanobligi, himmati hech bir tarif-tavsifga boy bermaydi. Uning farzandlarga mehri shu qadar balandki, ularning tashvishida saranjom-sarishta bekaga, shafqatli shifokorga, mehribon tarbiyachiga, mohir pazandaga, chevar tikuvchiga aylanib ketganini ozi ham sezmay qoladi.

Onaning ozi bittayu, yuragi nechta ekan, deb oylayman gohida. Boisi, har bitta farzandi bilan bitta yuragi qoshilib kochaga chiqadi, hayotning egri-bugri yollarida, goshalarida najot farishtasidek uni avaylab, ardoqlab, himoya qilib yuradi, bir juft kozi onga aylanib, har bir farzandining ortidan ketadi. Ozining bir jonini bir necha farzandlariga tegadigan shamollarga qalqon, yomgir-qorlarga soyabon, yomon sozlarga qarshi posbon qiladigan matonatli va fidoyi inson ham aynan Onadir.

Ayol zotini bekorga farishtaga qiyoslashmaydi. Chunki uning ozi inson timsolidagi nur, tuygulari nur, oy-fikrlari nur, orzu umidlari nur. Uning koksida yurak ornida quyosh parchasi yonadi. Sababiki, asl ayol zoti azaldan yovuz fikrlardan, razil oylardan, qabih tuygulardan yiroqda yashaydi. Orzulagani, tilagani elga, oilasiga tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka, baxt-saodat...

Onalik ayolning eng ulug martabasi.

Farzandlarni dunyoga keltirib, onalik unvoniga sazovor bolgan har bir ayol muqaddas, har bir ayol ulug. U ozining bugungi hayot oldidagi emas, olis kelajak oldidagi burchini ham sharaf bilan bajargan tabarruk zotdir.

Ozbek ayollari ona sifatida erishgan maqomiga kora, dunyodagi eng ulug zotlar qatorida turadi. Chunki ozbek onalarining insoniyat oldida alohida xizmatlari bor. Bu balandparvoz gap emas, asrlar osha nurlanib turgan hayot haqiqati.

Diyorimizning dovrugini ming yillardan beri jahonga taratib kelayotgan Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Ahmad al-Fargoniy, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad az-Zamaxshariy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy singari mashhur olimu shoirlarning fan va madaniyat oldidagi beqiyos kamoli, tengsiz shon-shuhrati, eng avvalo ularni dunyoga keltirgan, tarbiyalagan marifatli, oqila, olima onalarining xizmati mevasidir.

El-yurtini, Vatanini, xalqini ulug bir muhabbat bilan sevgan va bu sevgini suti ila farzandining qoniga singdirgan, korinishda mominayu masuma, aslida esa yuragida sherning qudrati, burgutning shiddati, yashiringan onalarning allasi Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bobur Mirzo singari ozbek diyorining jasur himoyachilarini beqiyos sarkardayu benazir arboblarni elga tortiq etdi.

Surati va siyrati ilohiy nur bilan yogrilgan, halollik va poklikning namunasi, hayo va iboning timsoli bolgan onalar tuqqan Imom al-Buxoriy, Iso at-Termiziy, Imom Moturidiy, Abduxoliq Gijduvoniy, Ahmad Yassaviy, Burhoniddin Marginoniy, Bahovuddin Naqshband, Xoja Ahror Valiydek tabarruk siymolar butun islom olamining faxri-iftixoridir.

Buyuk zotlar har doim ham tugilavermaydi, ammo ularni shu yuksak maqomga ona yurti, ona xalqi kotaradi.

Necha ming yillardan buyon elning qornini toq, ustuni but qilib kelayotgan, bog-roglar yaratayotgan, benazir shaharlarni bunyod etgan, yollar qurgan, kanallar qazib, chollarga suv chiqargan, ahli yurt sogligini muhofaza qilib, bolalarini tarbiyalab kelayotgan millionlab insonlarning tinimsiz mehnati, xizmati tufayli Ozbekiston gullab-yashnab, davrning turfa xil sinovlari va inqirozlaridan sog-omon chiqib kelayapti va buyuk kelajagi sari sobitqadamlik bilan borayapti.

Zero, mana shu mehnatkash, mard, tanti, bagri ham qoli ham ochiq, iymoni butun ozbek xalqi motabar va mukarram onalarimizning zurriyodidir. Mana shuning uchun ham ular shaniga har qancha tahsin aytsak, boshimiz yerga tekkuncha tazim qilsak arziydi.

Baxtiyor RIZAYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: