O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
07.03.2017

OILA CHAROGBONI, JAMIYAT KORKI

Bahorning ilk kunlarida xotin-qizlar bayramining nishonlanishida ham ajib bir ramziy ma’no borga o‘xshaydi. Zero, bahor ham, ayol ham gozallik, nafosat ifodasidir.

Shu kunlarda butun mamlakatimiz boylab 8 mart — Xotin-qizlar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda.

Poytaxtimizda otgan bayram tadbiriga Qoraqalpogiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan turli sohalarda mehnat qilayotgan ilgor ayollar taklif etildi.

Bayram ishtirokchilari Mustaqillik va ezgulik monumenti Baxtiyor ona haykali poyiga gullar qoydi. Poytaxtimizda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Ozbek Milliy akademik drama teatrida «Iymon» spektaklini tomosha qildi.

Navroz davlat qabullar uyida 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bolib otdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tadbirda ishtirok etib, mamlakatimiz xotin-qizlarini ushbu ayyom bilan tabrikladi.

Davlatimiz rahbari adabiyot, sanat, fan, talim, madaniyat, sport sohalarida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan 15 qizga ana shu yuksak mukofotlarni tantanali ravishda topshirdi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining bu yilgi sohibalari Toshkent shahri Mirobod yengil sanoat va servis kasb-hunar kolleji oquvchisi, 2016 yilgi Olimpiya oyinlari ishtirokchisi Nigora Tursunqulova, Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi 1-akademik litsey oquvchisi Ayjamal Karamatdinova xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirish borasida korsatayotgan etibori uchun Prezidentimizga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Tadbirda qatnashgan onaxonlar, diniy marifat va manaviy-axloqiy tarbiya masalalari boyicha maslahatchilar, xotin-qizlar tashkilotlari, turli vazirlik va idoralar vakilalari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari tokin dasturxon atrofida suhbat qurdi.

Ozbekiston xalq shoirlari Iqbol Mirzo, Mahmud Toir, Sirojiddin Sayyid onalarga, ayollarga bagishlangan sherlaridan oqidi.

Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari, Respublika Xotin-qizlar qomitasi raisi T.Norboyeva mamlakatimizda inson manfaatlarini taminlash, ayollarning turmush sharoitlarini yaxshilash, salomatligini mustahkamlash, qobiliyat va intilishlarini royobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan keng kolamli ishlar yuksak samaralar berayotganini takidladi.

Birinchi Prezidentimizning 2004 yil 25 mayda qabul qilingan Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi faoliyatini qollab-quvvatlash borasidagi qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi farmoni ushbu tuzilma ishini takomillashtirish, ayollar hayotidagi rolini oshirish, mahallalardagi manaviy muhitni mustahkamlash, soglom oilalarni shakllantirishda muhim omil boldi.

2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, davlat va jamiyat boshqaruvidagi ornini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchi qizlarining bandligini taminlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash boyicha kompleks chora-tadbirlar belgilangan. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili Davlat dasturida ham xotin-qizlar masalasiga alohida etibor qaratilgan.

Ushbu bayram tadbiriga yigilgan, mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan xotin-qizlar yuzida mamnuniyat ifodasini korish mumkin, dedi Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 38-umumtalim maktabi oqituvchisi Oygul Davletjonova. Bu ularning hayotdan roziligi, farzandlari kamolini korayotgani, oilasi mustahkam va farovonligidan dalolatdir.

Prezidentimiz xalqimiz salomatligi, mahallalar osoyishtaligiga katta etibor qaratmoqda, dedi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi Namozgoh mahalla fuqarolar yiginining diniy marifat va manaviy-axloqiy tarbiya masalalari boyicha maslahatchisi Manzura Murodova. Davlatimiz rahbarining Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni zimmamizga yanada masuliyatli vazifalar yukladi. Shu maqsadda talim, tibbiyot, ijtimoiy muhofaza va bank sohasi vakillari, tadbirkorlardan iborat ishchi guruh tuzib, Prezidentimiz takidlaganidek, uyma-uy yurib, odamlarning muammo va talablarini organmoqdamiz, masalalarni joyida hal qilmoqdamiz. Bunday muloqot xalqimizning kayfiyatini kotarmoqda, hayotga munosabatini ozgartirmoqda.

Bayram sanat ustalari va yosh ijrochilarning konsert dasturi bilan yakunlandi.

Anvar SAMADOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: