O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
04.03.2017

AYOLINI ARDOQLAGAN XALQ BAXTLI BOLADI

Baxtli ayolning chehrasi qanday bo‘ladi? Baxtli onalarning mehridaryo konglini kim qanday tasavvur etadi? Bu kabi savollar haqida qancha kop oylasak, shuncha kop fikr, shuncha kop mulohazalar, bedor xayollar uygonaveradi. Bu haqda bir zum oylashning, baxtli ayol chehrasini koz oldimizga keltirishning ozi ajib bir saodatdek tuyuladi.

Shu paytda beixtiyor yaqin otmishimizda gamgusor, mushtipar ayollarimiz boshidan kechirgan zimiston kunlar, mudhish va berahm zamonning zil-zambil xotiralari koz ongimizga keladi. Dalalarda bemavrid ochilgan lola gullardek yurgan qizlar, bir qolida bola, bir qolida paxta tola etak kotargan ayollar, oglini olis yurtlarga xizmatga jonatib kozi tort bolib otirgan dili vayron onalar... Bunday chehralarni koz oldiga keltirgan odamning kongli mahzun tortadi. Chunki bunday chehralarda qizlar, yorlar, onalar baxtsiz korinadi, ayol baxtsiz korinadi...

Suratlar aldamaydi, haqiqatni gapiradi. Otgan asrda olingan suratlardan biriga tikilamiz. Undagi ayol shu qadar dard bilan ma’yus qaraydiki, kozlarida ne-ne oy hasrat, ne-ne ushalmagan orzular aks-sado beradi. Goyo bu ayol suratga tushayotib ham kimdandir yordam, najot kutgandek korinadi, iltijo qilib, yolvorib turganday korinadi...

Afsuski, yaqin otmishda opa-singillarimiz, ayollarimiz, onalarimiz, momolarimiz ogir mehnatdan bosh kotarmadi, kosasi oqarmadi, bir etak bolalari bilan garib kulbalarda kun kordi, azob-iztiroblarni yurak-yuraklariga yutib yashashga majbur boldi.

Agar otmishdagi suratlarga boqsangiz, osha zamondan qolgan xotiralarga quloq tutsangiz, bunga iqror bolasiz, ayollarning nigohlarida qorgoshindek qotib qolgan dardlar, alamlarni korasiz, his etasiz...

Mamlakatimiz mustaqilligi elon qilinganida ayollarimiz, onalarimiz hammadan koproq quvongan, desak, aslo mubolaga bolmaydi. Mustaqillik yillarida xotin-qizlarning ogir mehnatini yengillashtirish, ularning sogligini asrash, huquqlarini himoya qilish, farzand tarbiyasi uchun qulay sharoit yaratish va yana boshqa koplab hayotiy masalalar boyicha amalga oshirilgan islohotlar, qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlar, royobga chiqarilgan loyiha va dasturlar ayollarni uluglashga, qadrlashga qaratildi.

Keling, shu orinda ayrim misollarga etibor qaratsak. Har yili Konstitutsiya bayrami munosabati bilan Yangi yil arafasida otkaziladigan tantanali marosimni yurtdoshlarimiz ozgacha hayajon ogushida kutadi. Chunki shu kuni demokratik islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan dolzarb vazifalar belgilanishi bilan birga, kelgusi yilga nom beriladi. Tabiiyki, yilga nom berishda davlatimiz va jamiyatimiz uchun eng muhim bolgan masalalar qamrab olinadi. Hozirga qadar bu haqdagi eng kop quvonchli xabarlarni ayollarimiz, opa-singillarimiz, onalarimiz eshitgan, desak, ayni haqiqatni aytgan bolamiz:

«Oila yili» (1998 yil), Ayollar yili (1999 yil), Soglom avlod yili (2000 yil), Ona va bola yili (2001 yil), Sihat-salomatlik yili (2005 yil), Barkamol avlod yili (2010 yil), Mustahkam oila yili (2012 yil), Obod turmush yili (2013 yil), Soglom bola yili (2014 yil), Soglom ona va bola yili (2016 yil)... Mustaqillik yillarining nomlaridan keltirilgan misollar davlatimiz, xalqimiz uchun ayol baxti, oila baxti oliy qadriyat darajasiga kotarilganini tasdiqlaydi, ayni paytda, hammamizni xotin-qizlarni ardoqlashga, ezozlab-avaylashga davat qiladi.

Aslida barcha yillardagi islohotlar va yangilanishlarda, oylik, haftalik, kerak bolsa, kunlik reja va maqsadlarimizda ayol zotiga, onalarimizga bolgan mehr-muhabbat hissi ufurib turadi. 2017 yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb belgilanishi, tegishli Davlat dasturi asosida murojaatlarda kotarilgan muammolarni hal qilish boyicha ulkan va qatiy ishlar amalga oshirilayotgani buning yorqin isbotidir.

Chuqurroq oylab korsak, joylarda deputatlar, davlat idoralari, mahalliy hokimliklar, prokuratura, ichki ishlar organlari rahbarlari va boshqa mutasaddilar bilan ochiq muloqotlar yolga qoyilishidan birinchi navbatda nuroniy onaxonlar, ayollar minnatdor va manfaatdor bolayotgani oydinlashadi. Chunki ayollarimiz, ayniqsa, qishloq joylarda istiqomat qilayotgan opa-singillarimiz ozini oylantirayotgan yoki oilasida yuzaga kelgan muammoni osonlikcha birovga aytmaydi, dardini oshkor etishga, hatto savol berishga iymanadi. Ariza yozib, qogoz toldirib, biron idoraning eshigini taqillatishga andisha qiladi. Buning ustiga hududdagi rahbaru masullar dimogdor bolsa, oddiy odamlarning hurmatini joyiga qoyishni bilmasa, qopol muomala qilsa, ayollar bunday kimsalarga ikki dunyoda ham murojaat qilmaydi. Undan kora, dardu-tashvishlarini ichiga yutib yashayveradi.

Shu manoda parlament azolari, mahalliy mutasaddilar uyma-uy yurib, muloqot qilayotgani, xususan, xonadon bekalarining murojaatlari tinglanayotgani, taklif va istaklari hisobga olinayotgani koplab muammolarning yechim topishiga xizmat qilmoqda, momo-buvilarimizning duosi, orzu-niyatlari ezgu ishlarga qanot bolmoqda.

Ayni paytda bunday muloqotlar aholi, ayniqsa, xotin-qizlarni oylantirayotgan muammolarni tan olib, ularni hamjihatlikda hal etish nihoyatda zarur ekanini ham korsatmoqda, tabir joiz bolsa, rahbaru mutasaddilarning kozini ochmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maruzasida ayrim idoralar va ularning rahbarlari real hayotdan va xalq ehtiyojlaridan malum darajada uzilib qolayotgani alohida korsatib otildi. Xotin-qizlarni qollab-quvvatlash va himoya qilish borasidagi vazifalar belgilab berildi. Oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik-xotirjamlik, ahillik va ozaro hurmat muhitini kuchaytirish, manaviy-marifiy ishlarni aniq mazmun bilan toldirish, ayollar ortasida jinoyatchilik, oilalarda ajralishlar kopaygani kabi xalqimizga xos bolmagan achchiq va noxush masalalarni hal etish, ayollarning bandligini taminlash zarurligi takidlandi.

Ayollar uchun doimiy ish joylari yaratish borasidagi muhim masala bilan bir qatorda, oilaviy biznes, kasanachilik, hunarmandchilik, tomorqa xojaligini keng rivojlantirish ishlari ham oqsamoqda. Bu orinda rasmiyatchilikka, qogozbozlikka, hatto kozboyamachilikka berilish holatlari ham kam emas va bu haqda koplab haqqoniy misollarni keltirish mumkin. Savol tugiladi: kimni va nima uchun aldayapmiz?

Bu haqqoniy savol real hayotni organish, shunga qarab ayollarimizni oylantirib kelayotgan muammolarni hal qilish zarurligini korsatmoqda. Shuning uchun Bosh vazir orinbosari boshchiligida turli tashkilotlarning rahbar va mutasaddilaridan iborat ishchi guruhlari tashkil etildi. Ushbu guruhlar joriy yilning 20 yanvaridan boshlab Andijon, Fargona va Namangan viloyatlariga borib, kochama-kocha, xonadonma-xonadon yurib, mavjud vaziyatni chuqur va puxta organmoqda, tahlil qilmoqda, oddiy oilalardan, kopni korgan otaxon va onaxonlarimizdan takliflar olmoqda. Keng qamrovli organishlar natijalari va achchiq saboqlari asosida mavjud muammolarning ham huquqiy, ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham manaviy-marifiy, ham tashkiliy tomondan yechimini ozida aks ettiradigan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Prezidentimiz sogliqni saqlash vazirligi, hokimlar, tibbiyot muassasalari rahbarlari va xodimlari bilan otkazgan uchrashuvlarida sohada toplanib qolgan muammo va kamchiliklarni keskin tanqid qildi. Togrisi, ushbu uchrashuvlarda xalqimizni, ayniqsa, onalar, xotin-qizlarni qiynab kelayotgan savollar ortaga tashlandi.

Qishloq vrachlik punktlarining binosi bolsayu, unda malakali mutaxassis ishlamasa, qolidagi godagi kasal bolib qolgan kelinchaklar qayerga boradi? Faqat qon topshirish uchun viloyat yoki shahar markaziga borishga majbur bolayotgan, oddiy jarrohlik amaliyoti otkazish ilinjida olis yollarda sarson-sargardon yugurayotgan, tibbiyot xodimlarining qosh-qovogiga qarab ezilayotgan onalarning dardu-alamlarini kim tushunadi, ularga kim yordam beradi? Shifokorlar, mutasaddi rahbarlar qayerda yashashi, kim bolishidan qati nazar, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish Ozbekiston Respublikasi fuqarosining konstitutsiyaviy huquqi ekanini anglab yetmasa, nima qilmoq, qanday yol tutmoq kerak?..

Uchrashuvlarda shu kabi achchiq savollarga javob topish, bu boradagi muammolarni qisqa muddatlarda hal qilish boyicha qatiy topshiriqlar berildi. Xususan, faqat markazda emas, barcha hududlarda ixtisoslashtirilgan markazlar bolimlari faoliyatini yolga qoyish, yuqori malakali shifokorlarning tibbiy korik va davolash amaliyotlarini tizimli tashkil qilish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilandi. Bularning barchasi ayollarni ezozlash, onalarimizni qadrlash, opa-singillarimiz baxtini taminlashga qaratilgan.

Prezidentimiz otgan hafta Qashqadaryo viloyatida qurilayotgan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi Qarshi filiali loyihasi bilan tanishish jarayonida bir fikrni alohida takidladi. Yani, shifokor bemor kelishini kutishi kerak emas, kasallikning oldini olishi zarur.

Farzandi biron nuqson bilan tugilgan onaning ruhiy holatini tasavvur qilib koraylik. Bunday onaning ohu-zori olamga sigmaydi, har kuni, har soat, har nafasda yuragi eziladi. Afsuski, hayotda bu kabi kongilsiz holatlar uchrab turibdi. Hududlarda profilaktika tadbirlari kuchaytirilishi birinchi navbatda godaklarning soglom dunyoga kelishiga, oilalarning baxti va onalarning konglini asrashga xizmat qiladi...

Bu haqda kopchilik yaxshi eslaydi. Ilgari zamonda qizlar, kelinlar osma, surma, yarim-yorti oynacha va yana bir ikkita pardoz buyumi bilan umrini otkazgan. Ochigini aytish kerak, zamonaviy pardoz vositalari osha paytlarda juda kam ayollarda bolgan. Bugun yurtimizdagi barcha shaharu qishloqlarda gozallik salonlarining soni kun sayin ortib borayotgani, xotin-qizlar ularga navbat kutib turgani qalbni ravshan qiladi, hayotning qadri va jozibasini oshiradi.

Ayol qachon oziga qaraydi, ozi uchun qachon vaqt ajratadi? Albatta, oilasi tinch, rozgori but, farzandlaridan kongli toq, otayotgan kunidan, jufti haloli, yaqinlarining mehridan rozi bolganida.

Gozallik qalbdan boshlanadi, deyishadi. Ayol baxtni his qilsa, uning kongli ham gozal boladi. Shuning uchun bolsa kerak, baxtiyor ayollar har doim chiroyli korinadi.

Buyuk mutafakkirlar, dono kishilar har bir xalq ayollarining oziga xos buyuk fazilatlari boladi, deb takidlaydi. Bizning ayollarni koklarga kotaradigan, motabar korsatadigan bunday fazilatlar juda kop... Ular mehri, sadoqati, saboti bilan hurmat-izzatga, yaxshilikka, har qancha mehr-muhabbatga munosibdir. Chunki ular ozidan kora koproq farzandlari, jufti haloli, oilasini oylaydi.

Shu orinda Birinchi Prezidentimizning Ozbekiston ayollari shaniga aytgan sozlari yodga tushadi:

...Balki ular umid bilan bir yostiqqa bosh qoygan umr yoldoshiga hech qachon Men sizni sevaman, yaxshi koraman, deb aytmagandir, lekin butun qalbi, vujudi bilan oz yoriga fidoyi bolgan ana shu ayollar timsolida men haqiqiy sevgi va sadoqat namunasini korganman, desam, ishoninglar, bu — ayni haqiqat. Yuzlari oftobda qorayib ketgan, qollari mehnatda qadoq bolgan bu ayollarning qalbi, yuragi shunchalar gozal, shunchalar begubor ekanini korib, dunyoda haqiqatan ham ozbek ayoliga teng keladigan ayol yoq, degan fikrga yana va yana bir bor ishonch hosil kilganman. Shu manoda, erkaklarga qarata aytmoqchiman: shuni bilib qoying, bunday ayollarni boshqa hech joyda topolmaysiz!.

Muqaddas kitoblarda qayd etilishicha, onasi, qizi, opa-singlisi, ayolining hurmatini joyiga qoygan, ularning orzu-istaklarini royobga chiqarish uchun intilib yashagan odam hech qachon kam bolmaydi, ikki dunyo saodatiga erishadi. Ayolini ardoqlagan davlat qudratli, uning xalqi esa doim baxtli boladi.

Tolqin TORAXONOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: