O'zb  
 
02.03.2017

ZULFIYA IJODIGA BAGISHLANDI

Zulfiyaning «Hayot varaqlari», She’rlar, Qizlar qo‘shigi, Uni Farhod der edilar, Hijron kunlarida, Men tongni kuylayman, Yuragimga yaqin kishilar, Kuylarim sizga, Shalola kabi sheriy toplamlarida Vatan ishqi, xalq hayoti va turmush tarzi, ularning fidokorona mehnati yuksak mahorat va mehr-muhabbat bilan madh etilgan.

Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universiteti va Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida Zulfiya tavalludi kuni munosabati bilan tashkil etilgan davra suhbatida shular haqida soz yuritildi.

Yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunoslar, talaba-yoshlar va jurnalistlar ishtirok etgan tadbirda Zulfiya ijodi yosh avlod tarbiyasida manaviyat sarchashmasi bolib xizmat qilayotgani takidlandi. U hurlikni, millat ruhini baralla kuylagan, ozbek ayoli qalbini, uning orzu-intilishlari, iztiroblarini sherga solgan jasoratli ijodkor edi.

Davra suhbati doirasida otkazilgan mushoirada Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari, shoiru muxlislar shoiraning sherlaridan namunalar oqidi.

— Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan 1999 yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tasis etilgani iqtidorli qizlarni har tomonlama qollab-quvvatlash va ragbatlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda, deydi mazkur mukofot sovrindori, universitetning xorijiy filologiya fakulteti talabasi Chaman Jonuzoqova. Ushbu mukofotga sazovor bolayotgan qizlar safi yildan-yilga kengayib borayotgani quvonarlidir.

Tadbirda Zulfiya hayoti va ijodiga bagishlangan videorolik namoyish etildi.

Nasiba ZIYODULLAYEVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: