O'zb  
 
12.01.2017

NAMANGANDA AKADEMIK MAHMUD SALOHIDDINOV MATEMATIKA MAKTABI TASHKIL ETILDI

Namangan viloyat hokimligi, xalq ta’limi boshqarmasi O‘zbekistonda matematika fanining «Differensial tenglamalar» yonalishi asoschisi, akademik Mahmud Salohiddinov bilan hamkorlikda ezgu ishga qol urishdi.

Mahmud Salohiddinov Namangan shahridagi 4- maktabni bitirib, hozirgi OzMUning matematika fakultetida tahsil olgan. Shundan song u izlanishlarini dunyo miqyosidagi ilmiy markazlardan biri bolgan Novosibirskdagi Matematika institutida davom ettirib, A.Bitsadze rahbarligida fizika-matematika fanlari nomzodi, keyinchalik doktori ilmiy darajalariga ega bolgan.

Mahmud Salohiddinov ilmiy pedagogik faoliyatining katta qismi OzMU va OzRFA Matematika instituti bilan chambarchas bogliq. U Oliy va orta maxsus talim vaziri, Fanlar Akademiyasi Prezidenti kabi ota masuliyatli vazifalarda faoliyat korsatgan.

Matematika sohasida ilmiy maktab yaratgan akademik Ozbekiston Respublikasi fan arbobi va bir qator orden-medallar bilan taqdirlangan.

– Ustoz oqib turgan daryo, deydi NamDU amaliy matematika kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor Mahmudjon Badalov. U kishi juda katta ilmiy salohiyatga ega. Mazkur maktabning ochilishi mashhur olim bilan yoshlarning bevosita muloqot qilishiga imkoniyat beradi. Domla ozlari tugilib osgan yurt, talim olgan maktablarida oquvchi-yoshlar bilan mashgulotlar olib boradi. Bu nafaqat farzandlarimiz uchun, balki biz, shogirdlar uchun ham juda zarurdir.

Nosirjon DEHQONOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: