O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Yanvar 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
10.01.2017

OZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI

O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI

Prezident Shavkat Mirziyoyevning ilm-fan namoyandalari bilan uchrashuvida ishtirok etib, konglimdan kop fikrlar otdi...

Prezidentimiz uchrashuvda ilm-fan rivoji, uning jamiyat hayotidagi ahamiyati, intellektual resurslar hamda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning ijrosidagi orniga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, bu borada akademiklarning qoshayotgan hissasiga munosib baho berdi. Albatta, bu butun ilm ahliga korsatilgan gamxorlikdir.

Shu bilan birga, muloqotda bugungi kunda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning barchasi ham fanning yuqori rivojlanish darajasiga tola javob bera olmasligi qayd etildi. Haqiqatan, ilm-fanning barcha yonalishlari qatori oliy talim sohasida ham hal etilishi zarur bolgan bir qator masalalar bor, deb oylayman.

Malumki, bugungi dunyoda moddiy boyliklari chegaralangan bolishiga qaramasdan, xalqining intellektual resurslaridan oqilona foydalanish natijasida yuksak iqtisodiy yutuqlarga erishayotgan mamlakatlar tajribasini kopchilik organmoqda. Ozbekistonning bu boradagi potensial imkoniyatlari juda yuqori ekanligi hech kimga sir emas.

Fanda millatning ortacha intellektual darajasi degan tushuncha bor. Bu korsatkich jamiyatning yetuklik darajasini korsatadi va pirovardida uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlari haqida malumot beradi. Buni namoyon etadigan eng asosiy vosita — bu oliy talimdir.

Oliy talimning sifatini taminlaydigan asosiy omillar: qabul sifati, oquv rejalar tarkibi, oquv-uslubiy adabiyotlar, pedagog-oqituvchilar saviyasi va mahorati, fan dasturlarining istemolchilar va ilm-fan taraqqiyoti talablariga muvofiqligi, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash prinsiplari... Agar mana shu omillar talab darajasida bolmasa, oliy talimda biz kutgan ijobiy natijalarga erishish qiyin.

Boshqa sohalarda bolgani kabi talimda ham ayrim muhim omillar butun tizimni asosiy maqsad tomon harakatga keltiradi. Mening nazarimda, oliy talimdagi bosh omil bu talabalar bilimini nazorat qilish va baholashdir. Unga qoyiladigan asosiy talab esa xolislik bolishi kerak. Amaldagi tizim bu talabga qay darajada javob beradi?

Tan olish kerak, mavjud reyting tizimi, haqiqatan, talim sifati va samaradorligini oshirishga asos boladigan, qator rivojlangan davlatlar talim tizimida tajribadan otgan, ozining bir qator ijobiy natijalarini berganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Lekin ming afsuski, bugun bu tizimni mukammal joriy etish uchun na talaba, na oqituvchi tayyor emas. Hozirgi shaklda bu tizim talaba bilimini baholashda subyektivlikka olib kelmoqda. Uni amalga oshirish uchun tegishli ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar ham toliq shakllanmagan.

Bugungi kunda aksariyat xorijiy mamlakatlarning oliy talim muassasalarida obyektivlik, haqqoniylik, aniqlik va ishochlilik prinsiplariga asoslanib, talabalarga dars otgan professor-oqituvchi ishtirok etmaydigan baholash tizimidan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda.

Talabalar bilimini obyektiv baholash tizimi, otilayotgan umumtalim va qisman umumkasbiy fanlarning kasbga yonaltirilishi pirovardida, asta-sekinlik bilan yuqorida aytilgan omillarning mukammallashuviga olib keladi. Aniqroq aytganda, ozini ozi harakatga keltiradigan, zamon talabiga mos tizim tashkil topadi. Misol uchun, oquv rejalari takomillashtiriladi, oqituvchilar tarkibi saralanadi. Natijada bir qator salbiy holatlarning oldi olinadi.

Albatta, bu tizimni joriy etish oson kechmaydi. Etirozlar ham bolishi tabiiy. Lekin mamlakat rivoji, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bevosita chuqur bilimga ega, yuqori darajada ixtisoslikni egallagan mutaxassislarga bogliq. Mazkur tizimni oliy talimdagi mavjud muammolarni yechishning eng togri yoli, deb oylayman.

Mening nazarimda, ozini ozi harakatlantiradigan oliy talim tizimi ishga solinsa, keraksiz va hatto muayyan darajada zararli bolgan holatlarga orin qolmaydi.

Bu tizim toligicha ishlab ketgach, keyingi bosqichda oliy talim sifatiga istemolchi faol tasir qila oladigan davr boshlanadi.

Mamlakatning iqtisodiy tizimi rivojlangan sari mutaxassislar sifatiga talab ham osa boradi. Istemolchining oliy talimga amaliy tasiri shakllanadi. Shu yosinda, muayyan vaqtdan keyin mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizimga munosib bolgan oliy talimning asosi yuzaga keladi.

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev yana bir muhim jihatga etibor qaratdi. ...Mamlakatimizda yuqori salohiyatga ega, jahon miqyosida etirof etilgan olimlar kop. Ular oz maktablarini yaratishi, shogirdlar tarbiyalashi lozim. Yosh avlodni salohiyatli kadrlar etib tarbiyalashdagi ilmiy kadrlar va yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonining uzluksizligini taminlash zarur. Bu yolda hech narsani ayamaymiz...

Darhaqiqat, bu masala ilm-fan rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqib, Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Oliy va orta maxsus talim vazirligi tashabbusi bilan barcha oliy talim muassasalariga akademiklarni jalb qilish taklifi ilgari surildi. Samarqand davlat universitetiga akademiklar Shavkat Alimov, Tolib Mominov hamda Tursun Rashidovlar biriktirildi. Ular bevosita talabalarga dars berishdan tashqari, ustoz-shogird ananalarini davom ettirib, zamon talablariga mos ilmiy xodimlar tayyorlash ishlarida bizga komaklashadi. Universitetimizda ular uchun alohida akademiklar xonalari ajratilib, barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi.

Ilm tafakkurni yangilaydi, odamlar ongini eskicha tushuncha, qoloq qarashlardan xalos etadi. Ilm orqali asrlar qiyofasi ozgargan. Xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning kelajagi ilm-fan rivoji bilan bevosita bogliq.

Mening nazarimda, 2016 yil 30 dekabr sanasida ilm-fan namoyandalari bilan bolgan uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan aytilgan fikrlar, qoyilgan vazifalar Ozbekiston ilm-fani rivojida, mamlakatimiz taraqqiyotida yangi davr boshlanganini anglatadi.

Rustam XOLMURODOV,

Samarqand davlat universiteti rektori,

texnika fanlari doktori, professor.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: