O'zb  
 
10.01.2017

MENING OGLIM VATAN HIMOYACHISI

— O‘glim Akbarjon Abdunazarov Toshkentda harbiy xizmatda. Bugun meni u bilan videomuloqot orqali uchrashuvga taklif qilishibdi. Zamonamiz ozgarishini qarang-a...

Moydin Abdunazarov mustaqillikka qadar uzoq sharqda harbiy xizmatda bolganini, yilda bir-ikki marta telefon orqali ota-onasi bilan arang gaplasha olganini esladi. Askar onasining qolida esa bir dasta gul bor edi.

Bu gullar kimga atalgan? soradim undan.

Akbarjon gullarni yaxshi koradi. Uyimizda issiqxonada ozi ostirardi. Shulardan guldasta yasab olib kelyapman, oglim qolimdagi gullarni korsa quvonadi, deb. Keyin uni harbiylarga bermoqchiman, dedi Yulduzxon Abdunazarova.

«Mening oglim Vatan himoyachisi» shiori ostida otgan Fargona Toshkent onlayn telekoprigi goyat samimiy va quvonchli lahzalarga boy boldi. Dastlab Kamolot YoIH Fargona viloyati kengashining Vatan himoyachilariga atalgan sovgalari zalda otirgan barcha askar va ofitserlarga tarqatildi. Shundan keyin Oliy Majlis Senati a’zosi, Ozbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova Toshkent va Fargona studiyalarida otirgan askarlar hamda ularning ota-onalarini Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklab, yangi yozgan sherlaridan oqib berdi. Hayajonli damlar boshlandi. Har ikki studiyadagi kamera va mikrofonlar qarshisiga askarlar va ularning ota-onalari kelishdi.

Bolajonim, boylaring chozilib, korinishing salobatli bolibdi. Askarlik kiyiming ozingga juda yarashibdi, dedi faxr bilan Toshkentda turgan Sanobar opa Isaqova.

Onajon, men sizga atab sher yozdim, dedi Fargonadagi studiyadan oddiy askar Farrux Alimxonov va uni oqib berdi. Qalbdan chiqqan samimiy sozlar shodasi har ikki zalni larzaga oldi. Kamera Sanobar opa kozlaridagi mehr va iftixor yoshlarini korsatganda, yana qarsaklar chalindi.

Onajon, bobojon, harbiy sinovlardan ham, bilim sinovlaridan ham muvaffaqiyatli otdim. Toshkentga qaytgach, harbiy oliy oquv yurtiga oqishga kirishga tayyorlanaman, dedi askar Sardor Abdushukurov.

Otang harbiy emasmi, hozir xizmat safarida. Sen bilan uchrashgani bobong, istefodagi podpolkovnik Abdubannap Xudoyberdiyev keldi, dedi koksi nishonlarga tola moysafid. Sen avlodimizga munosib askar bolib xizmat qil!

Har ikki studiyada sanatkorlar shay edi. Oyin-kulgi avjiga chiqdi. Song Toshkent studiyasidan askarlar, Fargonadan ota-onalar muloqoti boshlandi.

Oglim, yurt tinchligi himoyachisi ekaningdan faxrlanamiz, dedi Sharifjon va Marguba Hasanovalar. Uchrashuvga kelayotganimizni butun qishlogimiz ahli eshitdi va senga salom aytishdi.

Onajon, dadajon, birinchi ustozim Mahfirat opa ham shu yerdamilar?

Askar Sodiqjon Rahmonovning quvonchga tolgan chehrasi ekranda korindi.

Bolajonim, seni hammamiz sogindik, dedi Bogdod tumanidagi 33-maktab oqituvchisi Mahfirat Ismoilova. Biz senga ishonamiz. Burchingni sharaf bilan oqlab, yorug yuz bilan yonimizga qaytasan. Ha, aytmoqchi seni kutayotgan faqat ota-onang, dostlaringgina emas...

Zalda gur etib kulgi kotarildi. Sodiqjon Rahmonov quvonchga tolgan kozlarini yashirishga harakat qilardi.

Mendan salom aytib qoying, hamma kutayotganlarga!..

Har ikki studiyadagi askarlar qarsak chalib yuborishdi.

Yana qoshiq, oyin-kulgi, sherxonlik.

Uchrashuv avvalidagi suhbatdoshim Moydin Abdunazarovni kuzataman. Goyo yosharib ketgandek, yuzida, kozida quvonch...

Muhammadjon OBIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.