O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Yanvar 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
07.01.2017

TOGLI QISHLOQLAR YOSHLARIGA YANGI YIL TUHFASI

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida Boysun qurilish va iqtisodiyot kasb-hunar kollejining Pudina filiali foydalanishga topshirildi.

Tog‘li qishloqda qad rostlagan 180 orinli zamonaviy ta’lim muassasasi Termiz shahridagi «Santexgazmontaj» xususiy korxonasi quruvchilari tomonidan barpo etildi. Ikki qavatli binoda oquvchilarning ilm-fan va ozlari tanlagan kasb sirlarini puxta ozlashtirishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Yangi yilning dastlabki kunlaridan yangi talim maskanida Pulhokim, Dashtigoz, Pudina kabi togli qishloqlarning yuzga yaqin yoshlari moliya, suv, gaz va kanalizatsiya tarmoqlarini tamirlash, tikuvchilik yonalishlarida tahsil olishni boshladi.

— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida foydalanishga topshirilgan zamonaviy talim muassasasi biz, yoshlar uchun ajoyib sovga boldi, deydi filial oquvchisi Salohiddin Jontemirov. Qishlogimizda qad rostlagan muhtasham talim maskani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining yorqin samarasidir. Bunday etibor va gamxorlik uchun Prezidentimizdan minnatdormiz.

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida beshta kasb-hunar kolleji va togli qishloqlarda ularning 5 filiali faoliyat yuritmoqda.

X.MAMATRAYIMOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: