O'zb  
 
05.08.2020

KORRUPSIYAGA QARShI KURASh

So‘nggi uch yilda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qoyishga qaratilgan keng kolamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.

Davlat organlari zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish hamda davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etish bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylandi.

Jumladan, mamlakatimizda byurokratik tosiqlarni bartaraf etish va “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish choralari, xususan, qurilish, sogliqni saqlash va ta’lim sohalarida Korrupsiyasiz soha loyihalari amalga oshirilib kelinmoqda.

2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini Ilm, marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturini royobga chiqarish ishlari izchil olib borilmoqda. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan davlat siyosatining samaradorligini oshirish maqsadida mamlakatimiz rahbarining joriy yil 29 iyun kunidagi Ozbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi PF — 6013-son Farmoni asosida Ozbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.

Agentlikning maxsus vazifalari etib, quyidagilar belgilandi:

birinchidan, mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni taminlash, shuningdek, korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bolgan sohalar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;

ikkinchidan, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish;

uchinchidan, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga oid axborotlarni tarqatish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha oqitishni tashkil etish orqali jamiyatda korrupsiyaning barcha korinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish;

tortinchidan, vazirlik va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining ushbu masalalar boyicha birgalikdagi samarali faoliyatini tashkil etish;

beshinchidan, davlat va xojalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ulushi bolgan korxonalar, jumladan, banklarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa xalqaro vositalarini joriy etish va samarali faoliyat korsatishini tashkillashtirish, zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish, shuningdek, ularning mazkur sohadagi faoliyati boyicha reytingini tuzish;

oltinchidan, normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasi samaradorligini taminlash, shuningdek, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro standartlarni va ilgor xorijiy amaliyotni joriy etish boyicha takliflarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

yettinchidan, davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi joriy etilishi va samarali faoliyat korsatishini hamda deklaratsiyalarning haqqoniyligi tekshirilishini tashkil etish, shuningdek, ushbu jarayonda aniqlangan korrupsiya holatlariga oz vaqtida tasir choralari korilishini taminlash;

sakkizinchidan, davlat xizmatiga halollik standarti (halollik vaksinasi) va manfaatlar toqnashuvini hal etish standartlarini joriy etishda komaklashish boyicha tasirchan choralarni korish, shuningdek, ularga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

toqqizinchidan, byudjet mablaglari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning qarzlaridan foydalanish, davlat aktivlarini realizatsiya qilish va davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga qarshi nazorat tizimining samaradorligini tahlil qilish, shuningdek, uni takomillashtirish boyicha takliflarni ishlab chiqish;

oninchidan, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda mamlakatning imijini mustahkamlash va uning xalqaro reytinglardagi ornini oshirish boyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

on birinchidan, korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar korishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning tasirchanligini oshirish boyicha takliflarni ishlab chiqish;

on ikkinchidan, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boyicha faoliyatning ochiqligi va shaffofligini taminlash, shu maqsadda ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat sektorning boshqa vakillari bilan samarali hamkorlikni amalga oshirish.

Takidlash joizki, yuqoridagi Farmon asosida Agentlik tomonidan davlat xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida davlat buyurtmachisi ISO 37001 korrupsiyaga qarshi standartini qollashni kozda tutuvchi talabni ornatish tartibi belgilab berildi.

Buning mazmun-mohiyati shundan iboratki, ISO 37001 bu davlat xaridlari sohasida tizimli boshqaruvning korrupsiyaga qarshi xalqaro standarti hisoblanadi. Mazkur xalqaro standart poraxorlik holatlarini aniqlash va bartaraf etish bilan bogliq bir qator amaliy chora-tadbirlar majmuini belgilab beradi.

Ushbu chora-tadbirlar korrupsiyaga qarshi kurashish yonalishlarini ishlab chiqish, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati bilan shugullanuvchi tashkiliy mexanizmlarni shakllantirish, loyihalarni huquqiy jihatdan baholash, tizimda yuzaga kelishi mumkin bolgan xavf-xatarlarning oldini olish va moliyaviy nazoratni amalga oshirish kabi vazifalarni oz ichiga qamrab oladi.

Shu orinda alohida etiborga molik jihat shundan iboratki, Agentlikni yuqori malakali kadrlar bilan, birinchi navbatda, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amaliy ish tajribasiga ega va Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir shaxslar orasidan toldirilishini hamda Agentlikni xodimlar bilan toldirish konkurs asosida xalqaro standartlarga muvofiq belgilanadigan tartibda Agentlik tomonidan amalga oshirilishi ushbu idoraning samarali va professional faoliyat yuritishi uchun mustahkam poydevor hisoblanadi.

Yana bir muhim masala, Agentlik Ozbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro reytinglardagi ornini yaxshilash boyicha Yol xaritasi ishlab chiqilishini hamda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boyicha respublika kengashiga kiritilishida ishtirok etadi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro standartlarini Ozbekiston Respublikasi qonunchiligiga implementatsiya qilishni davom ettirish boyicha Yol xaritasi ishlab chiqilishini hamda korib chiqish va tasdiqlash uchun Milliy kengashga kiritilishini taminlaydi.

Ushbu vazifalarning Farmonda nazarda tutilishi Agentlikning korrupsiyaga qarshi kurashish sohadagi xalqaro hamkorlik uchun masul bolgan maxsus vakolatli davlat organi etib belgilanganligi bilan izohlanadi.

Shu orinda Agentlikning istiqboldagi faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan ayrim fikr-mulohazalar ham mavjud.

Xususan, BMT Taraqqiyot dasturining Ozbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska ushbu farmon qabul qilinishiga munosabat bildirib, Kun.uz nashriga bergan intervyusida quyidagi muhim fikrlarni ilgari surdi:

Yangi agentlikni yetarli imkoniyatlar bilan taminlash muhim ahamiyatga ega. Koplab mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi idoralar juda katta umidlar va dasturlar bilan tashkil etilgan, ammo tegishli vakolatlarga ega bolmasligi sababli ularning istiqboli noaniq bolib qolayapti.

Birinchidan, Agentlikning mustaqilligini taminlash lozim. Muntazam faol bolgan va samarali ish olib boruvchi Antikorrupsiya agentligi korrupsiyaga qarshi kurashda juda katta kuchga ega bolishi va hukumatdan mustaqil ravishda ish olib borgan holda jamiyatdagi eng yuqori martabali odamlarni ham javobgarlikka tortishi mumkin.

Bunda avvalo agentlik rahbariyati va xodimlarini aniq belgilangan mezonlar, oshkoralik tamoyillari asosida iqtidoridan kelib chiqqan holda tanlab olish zarur. Agentlik rahbariyatining vakolati xavfsizligi ham juda muhimdir. Bundan tashqari, aksariyat mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi kurash agentligi ichki tartib-qoidalarga asoslangan holda oz xodimlarini ozi tanlaydi.

Ikkinchidan, vazifalarning aniqligi va Agentlikning yetarli imkoniyatlar bilan taminlanishi muhimligi. Koplab mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi idoralar juda katta umidlar va dasturlar bilan tashkil etilgan, ammo tegishli vakolatlarga, texnik imkoniyatlarga, moliyaviy resurslarga va operatsion mustaqillikka ega bolmasdan turib, ularning istiqboli noaniq.

Shu sababli, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi va boshqa tegishli tashkilotlar, xususan, huquqni muhofaza qilish organlari ortasida funksiyalarni aniq belgilash, vakolatlar va majburiyatlarni taqsimlash muhim hisoblanadi.

Farmonda Agentlik korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javobgar bolishi qayd etilgan. Yuqorida keltirilgan jihatlarni yanada chuqurroq muhokama qilish orqali tegishli vazifalarni, huquqni muhofaza qilish organlari funksiyalarini aniq belgilab olish mumkin. Shuningdek, mamlakatda korrupsiyaga qarshi birgalikda harakat qilish uchun samarali muvofiqlashtirish va aloqa mexanizmlarini yaratish zarur.

BMT Taraqqiyot dasturi korrupsiyaning oldini olish – korrupsiya holatlarini tergov qilish va sudga tortish bilan baravar muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Korrupsiyaning oldini olishda faol xizmat korsatuvchi organni yaratish hukumat, biznes va jamiyatning jipslashishida hamda halollik madaniyatining shakllanishida muhim rol oynaydi.

BMT Taraqqiyot dasturining Ozbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xonimning fikrlarini umumlashtirgan holda Agentlik faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida ayrim takliflarni bildirib otsak.

Birinchidan, yaqin fursat ichida Agentlikning Qoraqalpogiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar kesimidagi hududiy boshqarma va bolinmalarini tuzish maqsadga muvofiq. Chunki, korrupsiya mahalliy darajada urchib ketgan illatdir. Ushbu illat boyicha fuqarolarimiz tomonidan berilayotgan juda koplab ariza va shikoyatlar aynan hududiy (mahalliy) darajadagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yonaltirilgan.

Ikkinchidan, davlat xizmatiga halollik standarti (halollik vaksinasi) va manfaatlar toqnashuvini hal etish standartlarini joriy etishda komaklashish boyicha tasirchan choralarni korish, shuningdek, ularga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalariga yanada kengroq vakolatlarni berishimiz orinlidir.

Uchinchidan, Agentlikka birinchi marta ishga qabul qilinadigan xodimlarni korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning nazariy va amaliy masalalari, xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni organishni qamrab oluvchi maxsus oquv dasturlari boyicha tahsil olishlarini Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi bilan bir qatorda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish Akademiyasi (IACA)da amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Mazkur xalqaro Akademiyada bugungi davr talablariga toliq javob beradigan, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari va xalqaro standartlarga muvofiq keladigan oquv dasturlari ishlab chiqilgan.

Xulosa qilib aytganda, agentlikning tashkil etilishi jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, jinoyat uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini taminlashga xizmat qiladi.

Daler Valijonov,

TDYuU oqituvchisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: