O'zb  
 
22.07.2020

XAVFSIZLIK YOLIDA HAMKORLIK: 15 IYUL VA FETO GA QARSHI KURASH

Turkiya va O‘zbekiston ortasidagi mushtarak tarix, til, madaniyat va tamaddunga asoslangan kop tarmoqli yaqin hamkorlik aloqalari iqtisodiyotdan siyosatga, madaniyatdan ta’limgacha bolgan sohalarni qamrab olgan holda tobora mustahkamlanib bormoqda. Eng muhim masalalardan biri shubhasiz xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash boyicha hamkorlikdir.

Terrorizm tobora global tus olgan bugungi davrda jahonda hech bir mamlakat yoki jamiyat terror balosidan kafolatlanmagan. Turkiya va Ozbekiston davlatlari ham afsuski, terrorizmning turli korinishlari bilan yillar davomida kurashib kelmoqdamiz. Biroq, global terrorizmga qarshi kurashishda yakka holda yoki ayrim davlatlarning birgalikdagi harakati yetarli bolmasligini korib turibmiz.

Terrorizmga qarshi bahamjihatlikda kurashish ahamiyatining yorqin misollardan biri, shubhasiz, 2016 yilda Turkiyada xalq irodasiga qarshi xoinlarcha davlat tontarishini amalga oshirishga uringan, bosh terrorchi Fetullah Gulen rahbarlik qilgan Fetullah Gulen Terroristik Tashkiloti (FETO)ga qarshi olib borgan qatiy kurashimizning qardoshlarimiz tomonidan qollab-quvvatlanganidir.

FETO tomonidan rejalashtirilgan, bu tashkilotning armiyamiz ichiga suqilib kirgan azolari qoli bilan qurolli kuchlarimizdagi markaziy boshqaruv zanjiri uzib qoyilishi orqali 15 iyul kungi davlat tontarishiga urinish oqibatida 251 nafar fuqaromiz shahid boldi va ikki ming nafardan ortiq fuqaromiz jarohatlandi.

Bu voqea bolib otganiga tort yil boldi. Bu vaqt ichida qatiyat bilan olib borgan kurashimiz natijasida mamlakat ichkarisida tobora kuchsizlangan FETO strategiyasini ozgartirib, yangicha yol tutib, oz faoliyatini xorij mamlakatlaridagi tuzilmalarida rivojlantira boshladi. Shu sababli Turkiya hududidan tashqaridagi FETO tuzilmalariga qarshi kurash hozirgi kunda yanada dolzarb bolib turibdi. Bu tashkilot oziga qulay siyosiy va iqtisodiy tasir doiralari yaratishni maqsad qilib, bu yolda ozlari joylashib olgan mamlakatlarning qonunlarini buzishdan ham tap tortmayotgandek, asl maqsadi terrorchilik faoliyatiga yol ochish uchun xuddi jinoyat va razvedka tashkilotidek imi-jimida ish olib bormoqda.

FETO ozining garazli amallarini yashirish uchun talim sohasida yordam va hayriya ishlari olib boradigan jamoatchilik harakati qilib korsatishmoqda. Bu bir niqob ekanligi, aslida yashirin va makkor bir tuzilma ekanligi xalqaro miqyosda har kuni oz isbotini topmoqda.

Uchinchi mamlakatlarda FETOga qarshi paydo bolgan ogohlik, FETO todalari faoliyatlarini yaqindan kuzatib borilishi va tekshirilishi kerakligini taqozo qilmoqda. Turli davlatlarda FETOchi todalar olib borayotgan noqonuniy ishlar fosh etilmoqda. Butun dunyoga yoyilgan FETOga qarshi kurashda bir qancha davlatlar aniq qadamlar qoymoqda, bu boradagi xalqaro birdamlik ortib bormoqda.

Bunday say-harakatlar bilan toda azolarining chet ellardagi faoliyatlari ustidan bosim ortmoqda, tuzilmaning xorijda harakatlanishi qiyinlashmoqda va uning oyin maydonlari keskin suratda torayib bormoqda.

FETO tuzilmalariga qarshi olib borayotgan ishlarimiz qatiyatlilik bilan davom ettiriladi. Bu kurashda davlatimiz, avvalo, dost va qardosh davlatlar va ittifoqchilarning samimiy yordamlari va hamkorligini kutib qoladi.

Bu tashkilot faqatgina Turkiyaga tahlika solibgina qolmay, butun dunyo mamlakatlari uchun jiddiy xavf tugdirmoqda. Dost va qardosh Ozbekiston ham mustaqillikka erishganidan bugungi kungacha bu tuzilmaning nishonida turganini bilamiz, afsuslar bolsinki, buning oqibatlarini ham kuzatib kelmoqdamiz.

Ozbekiston bugungi kunga qadar FETOga qarshi muvaffaqiyat bilan kurashib keldi. Qardosh Ozbekiston bu yovuz maqsadli tuzilmaning haqiqiy basharasini necha on yillar avval kora olgani, ularga qarshi korgan chora-tadbirlari bilan tamaddunimiz beshigi bolgan bu qadimiy zamindagi asrlarga tayangan ogohlik va ziyraklikni yana bir marta namoyish etgan edi. Biroq hozirgi kunda har doimgidan ham hushyorroq bolishimiz lozim. Bazi razvedka tashkilotlari qolida oyinchoq bolayotgan FETO Ozbekiston ilgor taraqqiyot yolini tutganligidan foydalanib, mamlakatning ichiga suqilib kirishga urinishini, rivojlanish jarayoniga soya solish maqsadida ekanligini biz bilamiz.

Qardosh Ozbekistonning bu borada har doimgidan ham hushyor bolishiga shubhamiz yoq. FETOga qarshi kurashimizni muvaffaqiyatli davom ettirar ekanmiz, mamlakatlarimiz ortasida bu sohadagi hamkorlik va hamjihatlik ham ortib bormoqda. Bu tuzilmaning Ozbekistonga sizib kirishining oldini olish unga qarshi kurashning muhim bir tomonidir.

Turk xalqining boshiga tushgan, xalqqa tegishli qurollar xalqqa qarshi vahshiylarcha qollanilgan, demokratiya ramzi bolgan Turkiya Parlamenti binosi bombardimon qilingan osha 15 iyuldagi fojiali voqealar hech bir davlat boshiga tushishini istamaymiz. Biz bu achchiq tajriba bilan yanada ehtiyotkor va yanada kuchli bolishni organdik, terrorchi tuzilmaga qarshi kurashda hamkorlik va birdamlikning qanchalik muhim ekanligini kordik.

15 iyul — davlat tontarishiga bolgan urinishga tort yil tolgan bu kunda, xalq irodasiga qarshi turgan, manqurtlashtgan olchoqlarga qarshi koksini qahramonlarcha qalqon etgan 251 nafar shahidimizni mana shu Ota yurtimiz tuprogida chuqur minnatdorlik va cheksiz ehtirom bilan yod etamiz. Turkiya va Ozbekiston ortasidagi mustahkam qardoshlik rishtalariga putur yetkazishni maqsad qilgan bu xoinlar todasiga qarshi davlatlarimiz yaqin hamkorlikda harakat qilayotganidan gururlanishimizni bildirishni istayman.

Olloh bu ikki qardosh mamlakatni va ikki birodar xalqni ogir sinovlardan asrasin, xalqlarimiz omonlik va bahamjihatlikda dunyo turguncha tursin.

Mehmet Surayyo Er,

Turkiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: