O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
01.07.2020

TEMURBEKLAR MAKTABI

bo‘lajak Vatan himoyachilari kamol topadigan maskan

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari jangovar qudratini oshirish jarayonida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni kuchaytirish, harbiylarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugun armiya va harbiy talim muassasalari ozlikni anglash, milliy gurur, mustahkam iroda maktabiga aylandi. Yosh askar va kursantlar uchun harbiy qasamyod qabul qilishdan avval Ozbekiston tarixi fani va “Temur tuzuklari” kitobi boyicha sinov otkazish yolga qoyildi.

Prezidentimizning 2017 yil 5 iyuldagi Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Ozbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qollab-quvvatlash togrisidagi Farmoni bu borada yana bir muhim qadam boldi. Buyuk sarkarda Amir Temur bobomizning mardligi va vatanparvarligi, jasorati va adolatparvarligini yoshlarimizga ornak qilish maqsadida mamlakatimizdagi barcha harbiy litseylarga Temurbeklar maktabi deb nom berildi.

Chunki har bir yigit-qiz, ayniqsa, harbiylik kasbini tanlagan yoshlar jonajon Vatanimiz tarixini, xalq qahramonlari, buyuk sarkarda va qomondonlar hayoti va jasoratini chuqur bilishi, ular bilan faxrlanishi kerak. Bu har bir insonda milliy gururni, vatanparvarlik, fidoyilik tuygusini tarbiyalaydi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va avval berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishish maqsadida 2019 yil 6-7 may kunlari Fargona viloyatiga tashrifi chogida Fargonadagi Temurbeklar maktabida boldi.

Maktab yoshlarni Respublika Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy bilim yurtlari va boshqa oquv muassasalariga aniq fanlarga chuqurlashtirilgan holda tayyorlashga ixtisoslashtirilgan.

Akademik litseyda oquvchilar atroflicha chuqur bilim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 40 orinli Axborot resurs markazi, sport zali, stadion, chomilish havzalari, yugurish yolagi, voleybol, basketbol maydonchalari mavjud bolib, 30 dan ortiq fan va sport togaraklari yil davomida muntazam faoliyat yuritadi. 450 oringa moljallangan yotoqxona, oshxona, Axborot kutubxona markazi ham oquvchilar ixtiyorida. Oquvchilarga davlat tomonidan tort mahal bepul ovqat beriladi.

Darslar davlat talim standartlari asosida otkaziladi. Darsdan tashqari vaqtlarda oquvchilarga mutlaqo bepul chuqurlashtirilgan qoshimcha mashgulotlar (repetitorlik) otiladi. Shuningdek, har oyda belgilangan jadval asosida oquvchilardan monitoring nazorat test olib borilmoqda. Bundan tashqari, oquvchilar bilan muntazam ravishda yuqori tajribaga ega malakali psixologlar ishtirokida amaliy mashgulotlar olib boriladi. Bu oquvchilarning ruhiyatida yuz berishi mumkin bolgan ozgarishlarni oz vaqtida aniqlashga yordam beradi.

Har bir guruhda 25-26 nafar oquvchiga talim-tarbiya beriladi. Akademik litseyning har bir xonasi zamonaviy oquv qurol-yaroglari, elektron doskalar bilan jihozlangan. Wi-Fi orqali internet tarmogi muntazam ishlab turibdi. Ustoz-pedagoglar har bir oquv mashgulotining yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalangan holda mashgulotlar otkazadilar.

Davlatimiz rahbarining akademik litseyga tashrifi maktab hayotida eng muhim, unutilmas voqea boldi. Bu ulkan voqea har bir oquvchi, muallim hayotida ochmas iz qoldirdi. Davlatimiz rahbari uchrashuvda harbiy litseylarning nomi ozgarganligi, uning mazmun-mohiyati, talim sifatiga ham tasir korsatib, oquvchilar Temur bobomizga munosib bolishi zarurligini takidladi.

Temurbeklar maktabi yoshlar ham, ota-onalar ham havas qiladigan maskan bolishi kerak. Buning uchun ularning mavqei, saviyasi, bilim berish darajasi yuqori bolishi zarur, deya takidlagan edi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz Temurbeklar maktablarini rivojlantirish boyicha yangi tizimni belgilab berdi. Unga kora, bu maktabdagi yoshlar cheklangan miqdorda tanlab olinadi, oquvchilar zamonaviy axborot texnologiyalari hamda ikkita xorijiy tilni puxta organadi, jismoniy tarbiya bilan muntazam shugullanib, har tomonlama barkamol, yoshlar orasida yetakchi bolib shakllanadi. Ushbu maktab bitiruvchilariga Ozbekiston Respublikasi oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan talim, oliy talim muassasalariga oqishga kirishda Davlat test markazi tomonidan otkaziladigan test sinovlarida ozlari toplagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa oliy talim muassasalariga oqishga kirishda esa ozlari toplagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qoshimcha ballar qoshilishida imtiyoz beriladi.

Davlatimiz rahbari Temurbeklar maktabida yaratilgan shart-sharoitlarni kozdan kechirdi, oquvchilar bilan suhbatlashdi. Temurbeklar maktabiga avtobus sovga qilindi.

Akademik litsey dargohiga kirib borishingiz bilan Mustaqil davlatimizning bugungi siyosati, xalqimiz tarixiga oid lavhalarga kozingiz tushadi. Roparadagi bir-biridan korkam, ixcham, yop-yorug yotoqxonalar, oshxonalar, zamonaviy oquv korpuslari har qanday odamni tolqinlantirib yuboradi. Bu ishlarda Temurbeklar maktabi direktori Ziyodullo Kamolovning kop yillik ish tajribasi, tashkilotchilik qobiliyati nihoyatda qol keldi.

Litseyda kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoyishga ham alohida etibor berilgan. Oqituvchilar tarkibi kop yillik pedagogik tajribaga ega yuqori malakali ustoz-murabbiylar bilan mustahkamlandi. Anvarjon Yoldoshev ana shunday tajribalari pedagoglardan. U 2005 yilda Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta talim vazirligi tomonidan Orta maxsus kasb-hunar talimi alochisi kokrak nishoni bilan taqdirlangan. 25 yillik pedagogik faoliyati davomida koplab shogirdlar yetishtirgan. Abduxalil Mirzarahimov 1998 yilda Fargona Davlat universitetini tamomlagan. U 2011 yildan buyon ushbu dargohda oquvchilarga fizika fanidan saboq berib keladi. Xususan, ustozning oquvchilari har yili viloyat va respublika fan olimpiadalarida qatnashib, sovrinli orinlarni egallab qaytishadi.

2018-2019 oquv yilida Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida otkazilgan xalqaro olimpiadada ustoz tarbiyalagan oquvchi Hikmatilla Qurbonov faxrli ikkinchi orinni egalladi. Bugungi kunda Abduhalil Mirzarahimovning oquvchilari respublikamizning yetakchi oliy harbiy bilim yurtlarida tahsil olishmoqda.

Tarix fani oqituvchisi Ahrorjon Yunusov Temur tuzuklari kitobi asosida oquv qollanma yaratdi. Bu qollanma Temur tuzuklari kitobini har tomonlama chuqur organishda oquvchilarga juda qol kelmoqda.

Harbiy litseyda faoliyat yuritayotgan Nematjon Rahmatov, Abduhoshim Qosimov, Nodira Turgunova, Shahnoza Ubaydullayeva kabi boshqa ustoz-pedagoglar xususida ham shunday iliq gaplarni aytishimiz mumkin. Orni kelganda, shuni ham takidlash lozimki, akademik litseyda ota-onalar ishtirokida Ochiq eshiklar kuni otkazish odat tusiga kirib borayapti. Bundan tashqari, har yili bu yerda Navroz bayrami arafasida Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalar taklif etiladi. Bundan kozlangan asosiy maqsad — bolalarga shodlik ulashib, litsey bilan tanishtirib, ular ongiga vatanparvarlik ruhini singdirishdir. Akademik litsey boylab uyushtirilgan safar, sportchi-oquvchilar ishtirokidagi korgazmali chiqishlar bolalarda bir olam taassurot qoldiradi. Bir piyola choy ustidagi qizgin suhbatdan song Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga qimmatbaho sovgalar topshiriladi.

Bunday xayrli ishlarning boshida katta hayotiy va amaliy tajribaga ega inson Fargona viloyati Kengashi deputati Ziyodullo Kamolov turibdi. Respublikamizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, huquq-tartibotni mustahkamlashga qoshgan munosib hissasi, Vatanimizning mudofaa qudratini yuksaltirishdagi xizmatlari uchun Ziyodullo Kamolov Ozbekiston Mustaqilligiga 20 yil kokrak nishoni, Toshkent Oliy umumqoshin qomondonlik bilim yurtiga 100 yil esdalik kokrak nishoni hamda yosh avlodni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun Mudofaa vazirligi faxriysi kokrak nishoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, u viloyat hokimining faxriy yorliqlari bilan mukofotlangan.

– Akademik litseyimiz tez fursat ichida hamma havas qiladigan ilm dargohiga aylanishida Fargona viloyati hokimi, senator Shuhrat Ganiyevning xizmatlari katta, deydi biz bilan suhbatda oquv dargohi direktori Ziyodullo Kamolov. Uning bilim dargohimizga, yoshlar tarbiyasiga alohida etibor qaratayotgani, beminnat yol-yoruqlari bizni goyat quvontiradi.

Sharqiy harbiy okrug qomondoni, polkovnik Lutfullo Buzrukov esa oquv maskanimizga tez-tez tashrif buyurib turadi. Har gal kelganida oquvchilarga harbiy vatanparvarlik mavzuida dars otib, litsey oquvchilariga qimmatbaho sovgalar, kitoblar tortiq qiladilar.

Litseydagi oquv tarbiya jarayoni xususida direktor shunday deydi:

Temurbeklar maktabida oquv jarayoni Ozbekiston Respublikasining Oliy va orta maxsus talim vazirligi bilan kelishilgan holda Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlangan oquv rejalari va dasturlariga muvofiq hamda davlat talim standartlari asosida tashkillashtiriladi. Litseyda oqish davlat va rus tillarida olib boriladi. Oquv dargohimizda tarbiyaviy ishlar milliy ananalarimiz va umuminsoniy qadriyatlardan kelib chiqib tashkil etiladi.

Maktabimizda 259 nafar oquvchi tahsil oladi. Bu yil 148 nafar oquvchi ilm dargohini bitirib, turli oquv dargohlarida oqishni davom ettirish uchun yol oldilar. Shundan 5 nafari imtiyozli diplomni qolga kiritdi.

Xalqimiz orasidan yetishib chiqqan Amur Temur, Jaloliddin Manguberdi, Mirzo Ulugbek, Bobur kabi buyuk sarkardalar bolishni orzu qilgan, hayotlarini ofitserlik kasbi bilan, Vatan himoyasi bilan mustahkam boglashni dillariga jo qilgan yoshlar koplab topiladi. Bu yolda izlanib, harakat qilayotgan yigitlarimiz ushbu akademik litsey ostonalaridan otib, ezgu orzularini royobga chiqarmoqdalar.

Murod TILLAYeV,

Ozbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: