O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
03.06.2020

KARANTIN QOIDALARINI BUZGANLAR

ma’muriy sud tomonidan javobgarlikka tortildi

Chilonzor tumani 6-mavzeda yashovchi Shuhrat Zokirovni muqaddam mamuriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa-da, xulosa chiqarmagan ekan. Hamma uyda otirgan bir paytda u 27 aprel kuni soat tungi 02-30 larda jamoat joyi hisoblangan Chilonzor tumani, 6-mavze, 67-uy oldida karantin qoidasini buzib, niqobsiz holda buvisining uyiga kelib, u bilan janjallashib, shovqin kotargan. Voqea joyiga ichki ishlar organlari xodimlari yetib kelib, uni IIBga olib ketmoqchi bolishganida, ularning qonuniy talablarini bajarmasdan, ozini 3-qavatdan tashlash xavfi bilan taxdid qilgan. Bu ham yetmagandek, ichki ishlar organlari xodimlarini uyatli sozlar bilan haqoratlab, mayda bezorilik sodir etgan.

Sud majlisida Shuhrat Zokirovning mazkur huquqbuzarlikni sodir qilganligi ichki ishlar xodimining bildirgisi, mamuriy huquqbuzarlik togrisidagi bayonnoma, guvohlarning tushuntirish xatlari, videoyozuv, sud majlisi jarayonida aniqlangan holatlar va ish materiallarida mavjud bolgan dalillar bilan toliq tasdiqlandi.

Sud unga jazo tayinlashda ishdagi ogirlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida 669.000 som jarima hamda 10 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinladi.

Sud muqaddam mamuriy javobgarlikka tortilgan, Toshkent viloyati, Olmaliq shahar, Mira kochasida istiqomat qiluvchi Saitova Maftuna Tolqin qiziga nisbatan mamuriy ishni ham korib chiqdi. U shu yil 22 aprel kuni Chilonzor tumani, 3-mavzeda joylashgan “Beshyogoch” dehqon bozorida niqobsiz, karantin qoidasini buzib yurgani sababli Milliy gvardiya xodimi unga niqobsiz yurish mumkin emasligini tushuntirganida, uni jamoat joyida sokib mayda bezorilik sodir etgan. Voqea joyiga yetib kelgan IIBB xodimlari M.Saitovaning shaxsini aniqlash va holat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib borishni tushuntirganida u xodimlarning qonuniy talabini bajarishdan boyin tovlab, sokingan.

Guvoh tariqasida soroq qilingan ichki ishlar organlari xodimlari 22 aprel kuni ish joyida bolganlarida navbatchilik qismidan qongiroq qilib chaqirishganligi, bino oldida M.Saitova shovqin kotarib xodimlarni uyatli sozlar bilan haqoratlab turganligini, IIB binosiga olib kelinganida ham shovqin kotarishda davom etganligi, xodimlarga qarshilik korsatib, avtomashina orindiqlarini tepib, avtomashina oynalarini sindirishga uringanligi haqida korsatma berishdi.

Sud Saitova Maftuna Tolqin qizi MJtKning 54-moddasi 1-qismi, 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topib, unga 669.000 som jarima va 15 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinladi.

Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Ohangrabo 1-berk kochasi, 6-uyda istiqomat qiluvchi Xoliqova Zilola Abduhamid qizi ham karantin qoidalarini buzganlardan biri. U 18 aprel kuni jamoat joyi hisoblangan Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqimiy kochasida niqobsiz yurganligi sababli IIO xodimlari kelib, uni tuman IIB bolimiga olib ketishmoqchi bolganida ularga qarshilik korsatib, ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan. Bundan tashqari, u tuman IIO FMB va Milliy gvardiya xodimlarini haqoratlab, mayda bezorilik sodir etgan.

Huquqbuzar Xoliqova Zilola Abduhamid qizi sud majlisida aybiga toliq iqror bolib, qilgan ishidan chin kongildan pushaymonligini, boshqa bunday holatlar takrorlanmasligini, suddan yengillik berishini soradi.

Sud Xoliqova Zilola Abduhamid qizining mazkur huquqbuzarlikni sodir qilganligi ichki ishlar xodimining bildirgisi, mamuriy huquqbuzarlik togrisidagi bayonnoma, guvohlarning tushuntirish xatlari, videoyozuv, sud majlisi jarayonida aniqlangan holatlar va ish materiallarida mavjud bolgan dalillar bilan toliq tasdiqlangan, deb hisobladi.

Sud unga jazo tayinlashda barcha jihatlarni etiborga oldi va 669.000 som jarima hamda 15 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinladi.

Sinovli kunlarda kochaga niqobsiz, maqsadsiz chiqib, karantin qoidalarini buzganlar oila azolari, qoni-qoshnilar, atrofdagilar hayotiga xavf solishlari mumkinligini nahotki anglamaydilar. Takror va takror ogohlantirishga qaramay, tartibni buzganlar qatiy jazolansa-da, ayrimlar nega karantin talablariga rioya qilmayapti? Madaniyatli, masuliyatli odam hech qachon bunday yol tutmaydi, albatta.

Bugun hamma korinmas baloni ostonamizdan yoqotish uchun birlashib harakat qilayotgan bir paytda ayrim yurtdoshlarimizning belgilangan tartib-qoidalarga bepisand qarashini aslo kechirib bolmaydi.

Abdullajon MUHIDDINOV,

Chilonzor tuman mamuriy sudi raisi,

Ravshan ShODIYeV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: