O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
25.02.2020

ARXITEKTURA VA QURILISh:

Mamlakatimizda investitsion muhitni yanada yaxshilash, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay imkoniyatlar yaratish, shuningdek, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish boyicha davlat xizmatlarini korsatish sohasida izchil islohotlar olib borilmoqda.

Xususan, Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Doing Business» (Biznes yuritish) yillik hisobotida Ozbekiston Respublikasining reytingini yaxshilash hamda arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari korsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari korsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash togrisidagi 370-sonli qarori qabul qilingan.

Ushbu qarorga muvofiq, Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish boyicha davlat xizmatlari korsatishning mamuriy reglamenti tasdiqlangan.

Mazkur qaror qabul qilingunga qadar qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish, xalq tili bilan aytganda GOS PRIYoMKA nomi bilan mashhur bolgan amaliy harakat, Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan tasdiqlangan tartib asosida amalga oshirilgan.

Masalan, avvallari Toshkent shahar hokiminig 2016 yil 18 apreldagi 328-sonli qarorining 4-ilovasiga muvofiq, Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi qoshidagi 14 ta vakolatli idora vakilidan iborat komissiya tarkibi tasdiqlangan va mazkur komissiya azolari tomonidan qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish boyicha begunok imzolangan.

Biroq, shunda ham qurilishi tugallangan bino-inshootni foydalanishga qabul qilish uchun komissiyaning 14 ta ishchi organi mansabdor shaxslari imzosi yetarli bolmagan va tuman hokimining qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish boyicha qarori qabul qilinishi talab etilgan. Bu jarayonning naqadar qiyin ekangiligini bino qurgan, qurilish sohasida faoliyat yuritgan tadbirkorlarimiz bilishadi.

Ular oz mablaglari hisobidan ozlariga tegishli yer maydonida bino qurib, egaligini olish uchun oyma-oy yoki yillar davomida davlat idoralari mansabdor shaxslari ketidan sarson bolishar edi.

Ayrim hollarda ishchi organlarning imzosi (ruxsati) bolsa-da, tadbirkorlar qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarini foydalanishga qabul qilish boyicha tuman hokimining qarorini olish uchun 6 oygacha kutishga majbur edi. Eng achinarlisi esa, barcha hujjatlarni tadbirkorlar tashkilotma-tashkilot ovora bolib, mansabdor shaxslarning oldilariga ozlari olib kirishgan.

Jarayonning qiyinligi natijasida, barcha talablar asosida qurilgan ammo noqonuniy qurilma sifatida etirof etilgan bino va inshootlarning soni kopayib ketgan edi.

Vaholanki, bu eskicha tartib-tamoyillar tadbirkorlar uchun eng katta byurokratik tosiq bolgan va buning natijasida tanish-bilish, korrupsiya, tamagirlik holatlari yuzaga kelib, biznes rivojlanishida katta gov bolgan.

Edilikda bu tartibga tola barham berildi. Bugungi kunda tadbirkorlar qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish boyicha Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalga murojaat qilishlari mumkin.

Hozirda qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilishda bor-yogi ikki vakolatli organ ishtirok etadi va 9 ish kuni mobaynida ish hal qilinib, kochmas mulkka bolgan huquqlarni davlat royxatidan otkazilganligi togrisida kochirma taqdim etiladi.

Shuni takidlash joizki, mazkur sohadagi davlat xizmatlari korsatish biznes jarayonini bir necha martaga qisqartirish orqali xizmat korsatish sifatining oshishiga va eng muhimi qonunbuzilishi holatlarining oldi olinishiga erishildi.

Bundan tashqari, jarayonda 14 ta ishchi organ ishtiroki tugatilib, atigi 2 ta vakolatli organ qoldirildi va ular ortasidagi ozaro axborot almashinuvi yagona darcha tamoyili asosida faqat elektron tarzda amalga oshirilishi belgilandi. Qolaversa, asossiz rad qilingan hamda korib chiqish muddatlari buzilgan arizalar yuzasidan Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqamasi tomonidan elektron tarzda doimiy nazorat ornatilib, qonun buzilishi holatiga yol qoygan aybdor shaxslar tegishli tartibda javobgarlikka tortilmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan davlat xizmatlari korsatish sohasini rivojlantirishga bagishlangan yigilishda davlat xizmatlari korsatishda qonunbuzilishi holatlariga yol qoyganligi uchun vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarini hamda masul xodimlarini mamuriy javobgarlikka tortish mexanizmini elektronlashtirish va jarayonni toliq avtomatlashtirish togrisida tegishli topshiriqlar berilgan bolib, bu xizmat korsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqishda hamda davlat idoralarining masuliyatini yanada oshirishda katta turtki boladi.

Yuqoridagi qarorning qabul qilinishi yurtimizda biznesning rivojlanishiga, eng muhimi, tadbirkorlarni yillar davomida qiynab kelgan byurokratik tosiqlarning barham berilishida muhim qadam boldi.

Jamshid YuSUPOV,

Davlat xizmatlari agentligi

Toshkent shahar boshqarmasi

boshligi orinbosari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: