O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
11.02.2020

SPRAVKALAR TALABI BEKOR QILINGAN

Biznes yuritishda ortiqcha byurokratik jarayonlarni tubdan qisqartirish va davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada rivojlantirish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 fevraldagi “Davlat xizmatlari korsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida”gi qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga muvofiq 2019 yil 1 avgustdan boshlab davlat xizmatlari korsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan:

1. Jismoniy shaxslardan jamgarib boriladigan pensiya daftarchalari, soliq va boshqa majburiy tolovlar boyicha qarzi mavjud yoki mavjud emasligi togrisida ma’lumotnomalar;

2. Soliq tolovchining hisobga qoyilganligi togrisida guvohnomalar;

3. Tolangan daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligining ushlab qolingan summalari togrisida malumotnomalar talab qilinishi taqiqlangan.

Shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 oktabrdagi Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish boyicha chora-tadbirlar togrisidagi qaroriga kora fuqarolarga davlat xizmatlari korsatilishi jarayonida shaxsning yashash joyi boyicha (propiska qilinganligi) yashayotganligi hamda uning ishsizligini tasdiqlovchi hujjatlarni olish zaruriyati tugilganda, davlat va xojalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari mazkur malumotlarni tegishliligiga qarab, Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi organlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik orqali sorab oladi, deb belgilangan.

Shuningdek, mazkur qarorda davlat boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar yuqorida nazarda tutilgan hujjatlarni davlat soliq xizmati organlari, ATB «Xalq banki», Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasidan elektron ozaro hamkorlik orqali faqat idoralararo integratsiyalashuv platformasiga axborot olish uchun ulanish yoli bilan mustaqil ravishda soraydilar va oladilar, deb belgilangan.

Biroq, hozirgi kunda ayrim vakolatli davlat organlari tomonidan jismoniy shaxslarga yuqorida keltirilgan hujjatlarni taqdim qilish majburiyatini qoyish holatlari hanuzgacha davom etmoqda, Biznes yuritishda ortiqcha byurokratik tartib tamoyillar hamda biznesda erkin harakat qilishga tosqinliklarga uchramoqda.

Oz navbatida Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi jismoniy shaxslarga hamda tadbirkorlik subyektlariga xizmat korsatuvchi va bevosita ular bilan aloqada boluvchi boshqa davlat organlari va muassasalaridan yuqoridagi qaror talablariga amal qilishlari yuzasidan eslatma bilan chiqadi.

Toshkent shahar DXA boshqarmasi

Matbuot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: