O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
04.02.2020

Xolmomin YoDGOROV: SUDYa OZ XALQI OLDIDA JAVOBGAR VA MASULDIR

Sudyalarning vazifasi va mas’uliyati, jamiyatda adolatni qaror toptirishdagi o‘rni, sudya bolib ishlash uchun qanday talablarga javob berish lozim, degan masala kishilik taraqqiyotining barcha davrida keng jamoatchilik etiborida bolib kelgan. Shuningdek, sudyalarni tanlashga ham ota muhim masala sifatida qaralgan.

Jamiyatda kimlar sudya bolib ishlashi, ularning dunyoqarashi va bilim darajasi – jamiyat tinchligi va osoyishtaligiga bevosita tasir etuvchi, qonun ustuvorligi, adolatning taminlanishida ota muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun ham, sudyalik bu ulkan masuliyat deganidir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan sudyalar bilan uchrashuvda, “Sudyaning ongida adolat, tilida — haqiqat, dilida poklik bolishi kerak”, degan talabni bejiz qoymadi.

Darhaqiqat, sudyaning ish boyicha qabul qiladigan qarori odamlar, inson taqdiri bilan bogliq bolib, togri va adolat nuqtai nazaridan qabul qilingan qaror jamiyat tinchligi, osoyishtaligini taminlashga xizmat qilsa, aksincha adolatdan chekingan holda qabul qilingan qaror nafaqat ishi sudda korilgan taraflar taqdiriga, balki butun jamiyatga salbiy tasir etadi. Odamlarning sudga va alal oqibat mavjud tuzumga nisbatan ishonchsizligi va noroziligini keltirib chiqaradi.

Qayd etish joizki, keyingi yillarda jamiyatda adolatni qaror toptirish, inson huquqlarini samarali himoya qilish borasida amalga oshirilgan islohotlar, xususan sudlar mustaqilligini taminlash, sud ishlariga har qanday aralashuvlarga barham berish borasida qabul qilingan qonun va qarorlar bugun oz samarasini bermoqda.

Buni buzilgan haq-huquqini tiklash borasida sudlarga murojaatlar kopayganligida va ularning sudlar tomonidan qonuniy hal etilayotganida korish mumkin.

Birgina 2019 yilda 188. 282 fuqarolik ishlari, 28.845 jinoyat ishi, 412.807 mamuriy ish va 187.254 iqtisodiy ishlar qonuniy korib chiqildi.

Davlatimiz rahbari 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd etganidek, 2019 yilda 858 nafar nohaq ayblangan fuqarolar oqlandi.

Shuningdek, jinoyat ishlari boyicha sudlar tomonidan 2.623 holatda tergov organi tomonidan qoyilgan ortiqcha ayblovlar olib tashlandi, 3.081 nafar shaxs sud zalidan qamoqdan ozod qilinib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogliq bolmagan jazolar tayinlangan, 26.396 nafar jazo otayotgan shaxslar muddatidan oldin jazoni otashdan ozod qilindi. 7.328 jinoyat ishi taraflar yarashganligi sababli tugatildi.

Sudlar birgina ishlarni korish bilan cheklanib qolmasdan, jamoat tashkilotlari, Xotin-qizlar qomitasi, Yoshlar ittifoqi hamda mahalla kengashlari bilan birgalikda jinoyat va huquqbuzarliklarning hamda fuqarolar ortasidagi turli fuqarolik nizolarining oldini olish borasida ham keng qamrovli ishlarni olib bormoqda.

Xususan, Oliy sud va Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi ortasida Ozaro hamkorlik togrisidaimzolangan Memorandum asosida joriy yilda nikohdan ajratish ishlari korilishida Xotin-qizlar qomitasi vakillari ishtiroki toliq taminlandi va birgalikda olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida tuman va viloyat sudlari tomonidan er-xotinlar yarashtirilib, 1 538 oila saqlab qolindi:

Oliy sud tashabbusi bilan suratga olingan Farzand omonat va Ota nomli qisqa metrajli filmlar hamda ayollar jazoni ijro etish muassasasidan olingan video lavhalar fuqarolarga namoyish etildi;

joriy yilda Oliy sud sudyalari va Xotin-qizlar qomitasi tomonidan joylarda otkazilgan ajrashish arafasidagi hamda turli sabablarga kora voyaga yetmagan farzandlarini mehribonlik uylariga joylashtirgan er-xotinlar bilan otkazilgan ochiq muloqotlar natijasida 610 nafar farzandi bolgan 511 oila yarashtirildi;

mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan ota-onasi bor 400 dan ziyod bola oilalariga qaytarildi;

turli jinoyat sodir etgan 2 ming nafar ayolga nisbatan joylardagi xotin-qizlar qomitalarining kafilligi asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bogliq bolmagan jazolar tayinlandi, shundan 156 nafari sud zalidan qamoqdan ozod qilindi;

ozodlikdan mahrum qilish bilan bogliq bolmagan (axloq tuzatish ishi, ozodlikdan cheklash va manzil koloniyalarida) jazo otayotgan 2 158 nafar ayol muddatidan oldin shartli ozod qilindi;

uzoq muddatdan buyon jazo otayotgan 66 nafar ayolning ishi qayta korib chiqilib, tayinlangan jazolar kamaytirilib, oilasi bagriga qaytarildi.

Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, jamiyatimizning barcha azolarini, tabir joiz bolsa, halollik vaksinasi bilan emlash borasida fikr yuritdi. Shuningdek, tinimsiz oqib-organish togrisida, chinakam marifat va yuksak madaniyat egasi bolish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerakligi, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak manaviyat va madaniyat egasi qilib tarbiyalash masalalariga toxtalib otdi.

Murojaatnomada Sud ostonasiga qadam qoygan har bir inson, Ozbekistonda adolat hukm surayotganiga tola ishonch hosil qilishi kerak... Ozbekistonda sudyalar qonunlarning tolmas himoyachilari, adolatning mustahkam ustunlari bolishi lozim, deb takidlandi.

Bu sudyalar zimmasiga ulkan masuliyat yuklaydi.

Tabiiyki, sudya oziga yuklangan masuliyatli va sharafli vazifani talab darajasida amalga oshirishi uchun avvalo u qanday inson bolishi kerak, degan savol tugiladi.

Sudyaning birgina qonunlarni mukammal bilishining ozi yetarli emas, gap sudyaning oz ichki tuygu, manaviy dunyoqarashidan kelib chiqib, qonunlarni qanday qollashidadir.

Sudya ham odam, boshqalardan farqli jihati, odamlar taqdirini hal qilishdek ota masuliyatli vakolat berilganidadir. Har qanday sudyalik vazifasiga tayinlangan shaxs-sudya, ana shu berilgan vakolat masuliyatini tola anglamogi lozim. Uning har qanday harakati qonunga asoslangan va adolatli bolishi shart. Taniqli huquqshunos Ubaydullo Minboyev aytganidek Sudyalik kasb, lavozimgina bolib qolmay, avvalo, insoniylik, Odil sudlovning maqsadi-insonparvarlikdir, Sudyalik qonun va adolatni qaror toptirish vakolati ekanligini sudya qalban his etishi lozim.

Bu fikrlar sudya odil sudlovni amalga oshirishda, qonunlarni inson manfaati yuzasidan talqin etishi lozimligini, yani sudya qabul qiladigan qarorlar eng avvalo inson manfaatlariga xizmat qilishi lozimligini bildiradi.

Sudyaning faoliyati inson taqdiri bilan bogliq ekan, sudya ishni bugun bolmasa ertaga korarman, men xato qilsam, yuqori sud xatoni tuzatar, ishim kop, xatolikka sabab bor, baholi qudrat vazifamni bajaryapman-ku, deb fikr yuritishga, oylashga haqqi yoq. Bu ota masuliyatsizlikdan, boshqalar taqdiriga befarqlikdan dalolat beradi. Sudya ozi koradigan ishga ota masuliyat bilan yondoshishi, ishni har tomonlama xolis organishi va mushohada etishi, kerak bolsa, ozini sudlanuvchi, jabrlanuvchi yoki davogar va javobgar yoinki huquqbuzarlik sodir etgan yoki uning jabrlanuvchisiga aylangan shaxs orniga qoyib korishi lozim bolib, bu bilan yol qoyilishi mumkin bolgan xatolik va adolatsizlikning oldi olinadi.

Shuningdek, sudya oz bilimini, soglom fikr va aqliy salohiyatini oshirib borish ustida muntazam oqib-izlanishi shart. Shuningdek, qonunlarni mukammal bilish bilan bir vaqtda uni togri qollash boyicha amaliy konikma-tajriba orttirib borishi lozim.

Darhaqiqat, sudyaning oziga yuklangan jamiyatda qonun ustuvorligini taminlash, adolatni qaror toptirishdek ulkan vazifani amalga oshirishi uning manaviy dunyoqarashiga ham bogliqdir.

Shuning uchun ham sudya oz manaviyatini boyitish, yani kundan-kun ruhan poklanish, manaviy yuksalish hamda vijdon va irodani toblash, iymon-etiqodni butlash, bir soz bilan aytganda komillikka erishish borasida ham oz ustida doimiy ishlashi talab etiladi.

Muxtasar aytganda, sudya oz xalqi oldida javobgar va masuldir.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: