O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
14.01.2020

BOYLIK

Farzand uchun ota-ona o‘rnini hech kim, hech narsa bosa olmaydi.

Olti yoshga tolib, endi yettiga qadam qoygan jamalaksoch Dildora har kungidek dadasini ishga kuzatarkan, «yaxshi borib keling, dada», — deb kuzatib, hovli sahnidagi chorpoyaga chiqib, xontaxtaning bir chetida otirdi. Choynakdan choy quyib, bir tishlam non yegan boldi.

Quymoq yegisi keldi va bir vaqtlar ayasi shirin quymoqlar tayyorlab berganini elas-elas esladi. Song ayasi yodiga tushdi, kongli buzildi, lekin uning yuzini koz oldiga keltirolmay, hiqqillab yiglashga tushdi.

Yigi asnosida, ayasi va dadasi gap talashib urishib qolganini, ayasi ukasi Dilshodni kotarib onasining uyiga, keyinchalik ishlagani uzo-o-qqa ketib qolgani haqida buvisi bilan adasining gapidan eshitgani yodiga tushdi. Shu payt xayolini, ochiq ayvon shiftiga vijirlab uchib- qonayotgan qaldirgochlar boldi.

Dildora qaldirgochlarga mahliyo bolib termulib qoldi... Qaldirgoch bolish qanday yaxshi-ya, qanoting boladi, xohlagan joyingga uchib boraolasan, deb oy surdi.

... Song, kozlarini yumib, xayolan qaldirgochga aylandi va kokka parvoz qildi. Baland osmonda uzoq-uzoqlarga uchdi, qishloqlar, shahar ustidan otib, ayasini qidira boshladi...

Ichkaridan chiqib kelgan buvisining Dildora, qayerdasan ona qizim degan ovozidan, Dildora chochib tushdi.

Buni korgan buvi: Voy chochitib yubordimmi, jonim bolam, deya nabirasini quchoqlab, yelkasini silab-siypalab erkalay ketdi.

Dildora esa qaldirgochlardan kozini uzolmas, ularga tikilgan kuyi konglidan shunday sozlar otardi: Qaniydi qaldirgoch bolsam, uchib ketsam, ayajonimni topib kelsam...

Yoshi yetmishni qoralab, qulogi ham ogirlashib qolgan buvi nabirasining gapini eshitmay qolgani sabab bir nima dedingmi qizim?, deb sorar boldi.

Dildora: Ayamni sogindim, ayam nega kelmayapti, deb yiglab yubordi.

Buni kutmagan buvi jonsaraklik bilan: Jon qizim, yiglama, mana men yiglasam boladi, mening enam endi hech qachon kelmaydi, chin dunyoga ketib qolgan. Menam senga oxshab enamning mehriga qonmaganman, tort yoshimda enamdan ajrab qolganman, bolam. Sening ayang esa keladi, albatta keladi... yiglama bolam...

Buvi kechgacha betoqat bolib oglini kutdi. Ishdan xomush uyga kirib kelgan ogli ovqatlanib bolishini kutdi. Keyin, ertalab nabirasi ayamni sogindim, deb yiglaganligini aytib, Bolam, kelin bilan xabarlash, qaytsin. Yarashib yashanglar, bolalaringni ozlaring katta qilinglar, dedi.

Tabiatan ogir-vazmin ogil bir oz sukutdan song Xop, ona, deb qoydi va choynakdagi sovugan choydan quyib ichib, ornidan turdi. Ona, men hozir kelaman, siz dam olavering deb qoyib, qoshni mahallada yashovchi qaynonasinikiga yol oldi.

Qaynonasi keling-cha, keling bolam, deb yaxshi kutib oldi, hol-ahvol sorashgan bolishdi. Chorpoyaga omonat otirgan kuyov hovliga nazar tashlab, oglini qidirgan boldi. Buni sezgan qaynonasi, Dilshodjon keb qoladi, bolalar bilan qoshninikiga oynagani chiqqandi, deb qoydi. Shu bilan gap uzilib, har ikkisi jim bolib qoldi...

Biroz otib, oglining oyi tiliga kochib, qizingizdan xabar bormi?, deb sorar boldi.

Qaynona: qizim tushmagur keb qolar, har telefon qilganida qaytib kel, deb aytayapman. Telefon qilsa, yana aytaman...

Song qizini oqlaganday bolib, qoshimcha qildi: qizimning boshini aylantirib, boshlab ketgan dugonasini ham urishdim, qaytarib jonat, deb...

Shu asnoda eshikdan kirib kelgan besh yoshli Dilshod yugurgilab, ozini dadasi quchogiga otdi va mahkam quchoqlagan kuyi turib qoldi, song: Ob keting, uyga boraman, deb yiglamsiradi.

Kuyov qaynonaga qarab, yoq demasangiz, olib ketay, opasi ham sogingan, dedi. Qaynonasi rozilik bildirdi.

Hovliga kirib kelishgach, Dilshod ozini buvisining quchogiga otdi. Uydan uyqisirab chiqib kelgan Dildora ukasini korib, bir zum lol bolib turdi va keyin Dilshod ukajon deya unga talpindi va ukasini quchoqlab yiglab yubordi. Song, Ayam qani Dilshod, ayam ham kelmadimi?, deb soray boshladi, kozlari jovdirab dadasiga qaradi. Buni korib turgan buvining kozlari yoshlandi... Bolalariga qarab otaning bagri ezildi. Ogir xorsinib, xayolga chomib qoldi.

... Oradan on kuncha vaqt otib, oiladagi arzimas yetishmovchilik sabab eri bilan aytishib, onasining uyiga ketgan, keyin dugonasining gapiga kirib, katta pul topish niyatida ozga yurtga ketgan, ona moltirab uyiga kirib keldi.

Bolalarini bagriga bosib, kozlaridan duv-duv yosh quyildi. Men adashdim, men izlagan boylik Sizlar ekanligingizni tushundim, meni kechiringlar, deb yer chizgan boldi. Bolalari uning boynidan mahkam quchoqlab yiglashardi... Ayvondan qaldirgochlar ham vijirlab, bolalariga parvona edi...

Xolmomin YoDGOROV,

huquqshunos


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: