O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 1
14.01.2020

Jazoni ijro etish koloniyalaridagi mahkumlarga

o‘rtacha 1 million somgacha oylik ish haqi tolanmoqda

Interpolning Ozbekiston Respublikasidagi milliy markazi binosida Ichki ishlar vazirligi tomonidan «Ichki ishlar organlarining jazoni ijro etish organlari faoliyati» mavzuida matbuot anjumani otkazildi. Unda vazirlikning Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi rahbariyati va bir qator mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

— Songgi uch yilda soha rivojiga oid Ozbekiston Respublikasining 2 qonuni, Prezidentimizning 5 qarori hamda hukumatning 7 qaror va farmoyishi, 4 idoralararo qoshma qaror hamda 10 dan ortiq idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, deydi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tarbiyaviy va ijtimoiy psixologik ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshligi Jamshid Sultonov. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 dekabrdagi ?018-2022 yillarda jazoni ijro etish muassasalarining bino va inshootlarini kapital qurish va rekonstruksiya qilish boyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash togrisidagi farmoyishiga muvofiq jazoni ijro etish muassasalarida rekonstruksiya va tamirlash ishlari olib borildi. Eskirgan bino va inshootlar ornida yangilari qurilib, foydalanishga topshirildi.

Xususan, Zangiota tumanida zamonaviy, xalqaro standartlarga mos keladigan yangi tergov hibsxonasi qurilib foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari, 35 ta koloniyadagi mahkumlarni saqlash uchun moljallangan bino toliq tamirlandi va ularning hududlarini videokuzatuv nazoratiga olish uchun qoshimcha 1381 ta videokamera ornatildi. Shuningdek, mahkumlarning murojaatlari, mavjud muammolarini organish va ularni ijobiy hal qilish maqsadida Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tomonidan sayyor qabullar otkazilishi yolga qoyilgan. Shu bilan birga, barcha jazoni ijro etish koloniyalarida Ombudsmanga, prokurorga togridan-togri ariza bilan murojaat etishga moljallangan alohida qutilar ham tashkil etilgan.

Ushbu muassasalarda axloqan tuzalishning eng samarali usuli mahkumlarni kasbga orgatish va ularni ish bilan taminlanishiga alohida etibor qaratilishidir. Shu bois ham mehnatga layoqatli mahkumlarning 88 foizi uchun mehnat qilishiga munosib sharoitlar yaratilgan. Qolaversa, mahkumlarning oylik ish haqi ortacha 1 million somgacha yetkazilgan.

Ularni ozodlikka chiqishga tayyorlash, respublikamizda amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy voqealardan xabardor qilish maqsadida barcha koloniyalarda fuqarolik jamiyati institutlari bilan ozaro hamkorlik yolga qoyilgan. Jumladan, barcha jazoni ijro etish koloniyalarida mahkumlarni qamrab oluvchi mahkumlardan iborat Xotin-qizlar kengashlari, voyaga yetmagan tarbiyalanuvchilarning Ota-onalar kengashlari tuzilgan va ular samarali faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi va Hunarmandlar uyushmasi bilan hamkorlikda yolga qoyilgan Usta-shogird maktabida 18 nafar hunarmand rahbarligida 306 nafar usta mahkumga 979 nafar shogird mahkum biriktirilib, ularga xalq amaliy sanati mahsulotlarini tayyorlash boyicha hunar orgatilmoqda. Shunisi quvonarliki, bugungi kunda Usta-shogird maktabini tugatgan 272 nafar mahkumga egallagan mutaxassisligi boyicha sertifikatlar berilgan.

Shuningdek, matbuot anjumanida chin dildan tuzalish yoliga otgan mahkumlar Prezidentimiz tomonidan muntazam ravishda afv etib kelinayotgani, yani 2017-2019 yillar davomida davlatimiz rahbari tomonidan 8 marotaba afv etish boyicha farmon imzolanib, 4 mingdan ortiq mahkumga nisbatan qollangani togrisida ham malumotlar berildi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: