O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
23.12.2019

Oliy sud va OAV xodimlari hamkorligi

inson haq-huquqi va qonuniy manfaatlari himoyaciga xizmat qiladi

Mamlakatimiz Oliy sudi ma’muriyati ibratli tashabbus bilan chiqdi: OAV vakillarining viloyat sudlari faoliyati bilan yaqindan tanishishlari uchun press-tur tashkil etildi.

Oliy sud, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va AQShning xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning “Ozbekistonda qonun ustuvorligi yolida hamkorlik” loyihasi asosida tashkil etilgan ushbu tadbirdan kozlangan bosh maqsad – sudlar faoliyatida ochiq-oshkoralikni taminlashda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat edi.

Birinchi manzil bundan uch oy oldin foydalanishga topshirilgan. Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani mamuriy hamda tumanlararo iqtisodiy sudi joylashgan bino boldi.

Zamonaviy talablar darajasida barcha kommunal shart-sharoitlarga ega mazkur inshoot eng songgi rusumdagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan.

Sud tizimiga joriy etilayotgan axborot kommunikatsiyalar tarmogi fuqarolar vaqtini tejaydi hamda xarajatini kamaytiradi, deydi Sirdaryo viloyati mamuriy sudi raisi Abduxalil Ahmedov. Ye-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimi ozini oqladi. Fuqarolar Ozbekistonning istalgan joyidan bizga murojaat qilishlari mumkin. On oyda 360 dan ziyod ish korildi. Shulardan 200 nafardan ortiq fuqaroning buzilgan huquqi tiklandi. Yer-mulk, kadastr xizmati, FHDYo, notarial idoralari faoliyatidan norozi bolib, shikoyat qiluvchilar nisbatan kop. Mamuriy huquqbuzarlikka oid 21 mingdan ziyod ish korilgan. Shu orinda takidlash lozimki, litsenziyasiz faoliyat yuritayotganlarga bir oy muhlat beriladi. Agar fuqaro shu muddatda tegishli hujjatni togrilab, qonuniy faoliyatga kirishsa, mol-mulki qaytarib beriladi.

Jizzax viloyati Gallaorol tumanlararo fuqarolik sudi binosiga kelganimizda bizga Oliy sud raisi orinbosari Xolmomin Yodgorov peshvoz chiqdi.

Jurnalistlar bilan huquqshunoslar ortasida aloqa qanchalik yaqin bolsa, xalqqa shunchalik foyda, deydi Xolmomin Yodgorov. Toqqiz oyda iqtisodiy sudlarda 22 mingdan ziyod ish korilib, tadbirkorlarga 975 milliard som undirib berildi. Mamuriy sudlarda davlat va nazorat idoralari faoliyatidan shikoyatlar boyicha 3600 dan ortiq ish korildi. 1600 nafardan ziyod fuqaro sudlar tomonidan oqlandi.

Jamoatchilik fikri bizga ommaviy axborot vositalari orqali yetib keladi. Biz juda kop malumotlarni aholiga toliq yetkazib bera olmayapmiz.

Togri, sudlar va OAV xodimlari ortasida hamkorlik bor. Biz bu aloqani yanada kengaytirishimiz kerak. Fuqarolarning huquqiy bilim va madaniyatini yuksaltirishga katta etibor qaratyapmiz. Iqtisodiy va fuqarolik ishlari boyicha jarayonlarda sudgacha, sud muhokamasi davrida tomonlarni yarashtirish choralarini koryapmiz. Sud eshiklari jurnalistlar uchun ochiq. Faqat bitta shart: aholiga xolis axborotni yetkazish kerak.

Ozaro muloqotdan song sud majlisi zallarini, sudyalar, prokuror va advokat xonalarini kozdan kechirdik. Fuqarolik ishlari boyicha sudlarga internet orqali sud binosiga kelmasdan murojaat etish va sud qarorlarini olish imkonini beruvchi axborot tizimi afzalliklari haqida ham malumot berildi.

Avtobusimiz Samarqand shahriga yetib kelganida vaqt allamahal bolib qolgandi. Ertalab peshtoqiga Tayloq tuman sudi deb yozilgan bino oldida Xolmomin Yodgorov bilan yana uchrashdik.

Sud binosiga kiramiz. Kutish zalida fuqarolar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shu zalda sudyaning qabul xonasi ham bor. Tortta sud ketma-ket joylashgan. Binosi chiroyli, zamonaviy jihozlangan.

Jinoyat ishlari boyicha Tayloq tuman sudining ikkinchi qavatida suhbatimiz davom etdi.

— Huquqiy islohotlar barcha sohada ozining ijobiy samarasini berayotir, - deya gapida davom etdi Xolmomin Yodgorov. 6078 nafar fuqaro yarashtirildi, 2497 nafar shaxs jazoni otashdan muddatidan oldin ozod etildi. Shu kunlarda Samarqand viloyatida yuzlab mahkumlarni jazodan ozod etish boyicha hujjatlar organilmoqda.

Darvoqe, JIB Tayloq tuman sudida quvonchli voqeaning guvohi boldik. Muqaddam sodir etgan jinoyati uchun axloq tuzatish va ozodlikni cheklash jazolarini otayotgan 5 nafar shaxsga nisbatan korilayotgan ishda ishtirok etdik.

Jinoyat ishlari boyicha Tayloq tuman sudi raisi Marat Ergashev mahkumlarning ishini korib chiqib, ular oz jinoiy harakatlarining salbiy oqibatini tushunib yetganligi va pushaymonligi uchun JKning 73-moddasi talabi asosida jazoning qolgan qismini otashdan shartli ravishda ozod etdi.

Sohadagi dolzarb mavzular, guvoh bolganimiz voqea-hodisalar yuzasidan qizgin suhbatga berilib, Buxoroga yetib kelganimizni sezmay qoldik.

FIB Romitan tumanlararo sudining mamuriy binosida tumanlararo iqtisodiy sudi ham joylashgan ekan. Bu yerda fuqarolar Ye-SUD milliy elektron tizimi orqali ozlari tomonidan kiritilgan davo arizalari yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarorlarni togridan-togri internet orqali korishlari mumkin. Bu yerda shu yilning on bir oyida 1846 ta ish korilgan. Aytish kerakki, 43,2 foiz ishlar sayyor sud majlislarida korib chiqilgan.

Buxoro shahrida bolib otgan Sudlarning ochiqligi va shaffofligi inson huquqini himoya qilishning muhim omili mavzudagi xalqaro konferensiyada Oliy sud raisi va sudyalar. mahalliy hamda xorijlik jurnalistlar, chet ellik yuristlar ishtirok etdi.

Sudlarning chinakam mustaqiligini taminlashga qaratilgan islohotlar boyicha aholiga xolis malumot yetkazish muhim, dedi Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov. Sudlar faoliyatida ochiq-oshkoralik va shaffoflikni taminlash boyicha keyingi uch yilda kop ish qilindi. Jurnalistlar fuqaro bilan davlat ortasidagi vositachi hisoblanadi. Sudlar va ommaviy axborot vositalari ortasidagi bu kabi hamkorlik juda zarur.

Ochigi, OAVda bazida malaka yetishmaydi. Jurnalist oilaviy, iqtisodiy, mamuriy, jinoiy sohalar boyicha ixtisoslashishi kerak. Sudlarda ochiqlik qanday, qaysi darajada bolishi lozim? Ochiqlik qaysi shaklda bolishi zarur, qaysi masalani qay shaklda yozish oz samarasini beradi? Oilaviy nizolarni yoritishda nimalarga etibor qaratish kerak? Bugun press-tur birinchi marta otkazilayotir. Keyingi press-turni sohalar boyicha olib borsak maqsadga muvofiq bolardi. Biz har doim muloqotga tayyormiz.

Ozbekistonda sudlar faoliyatida katta ozgarishlar bolyapti, dedi amerikalik tadbir ishtirokchisi Sheron Reyyes. Biz uch kun tuman sudlari faoliyati bilan yaqindan tanishdik va lavha tayyorladik. Loyiha doirasida Oliy sud bilan yaqin hamkorlik qilamiz. Bu sud tizimiga ishonchni oshiradi. Loyihamiz aholining huquqiy bilimini yuksaltirishga ham xizmat qiladi.

Xorijlik ekspert Jeyms Brindleyning fikrlari ham etiborga molik boldi.

Men tort yildan keyin yana Ozbekistonga keldim, dedi u. Kop ozgarishlarni kordim. Songgi yillarda ozbek jurnalistlari oshkoralikni taminlashga katta etibor qaratyapti. Sudlar faoliyatida yanada oshkoralikni taminlash yolida qator ishlar qilinishi kerak, deb oylayman. Sudlar jurnalistlarga soralgan malumotlarni tez va qisqa vaqtda berishi kerak.

Oliy sud tomonidan birinchi marta tashkil qilingan press-tur ishtirokchilarga maqul va manzur boldi. Ochiq-oshkoralikni taminlash yolida biz jurnalistlar hali kop izlanishimiz, oqib-organib, huquqiy bilimlarimizni oshirib borishimiz zarurligini yana bir bor angladik.

Bir soz bilan aytganda, sudlar faoliyatidagi ochiqlik va oshkoralik odil sudlov orqali fuqarolar haq-huquqi hamda qonuniy manfaatlari himoyasiga xizmat qiladi.

Ravshan ShODIYeV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: