O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Yanvar 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
10.12.2019

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDAGI YANGILIK

O‘zbekiston ilmiy texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivida 8 dekabr — Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun hamda 9 dekabr – «Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni» munosabati bilan Ozarxivga CERT International xalqaro sertifikatlashtirish organi tomonidan xalqaro ISO 37001:2016 standarti talablari asosida korrupsiyaga karshi kurash tizimi sertifikatini tantanali topshirish marosimi bolib otdi. Unda Ozarxiv agentligi bosh direktori va agentlik markaziy apparati xodimlari, Ozbekiston milliy arxivlari rahbarlari, CERT International xalqaro sertifikatlashtirish organi rahbar va mutasaddi xodimlari, shuningdek, Ozbekiston milliy universiteti tarix fakulteti oqituvchilari, talabalari ishtirok etdi.

Ma’lumki, Prezidentimizning 2019 yil 27 maydagi Ozbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni hamda 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi qabul qilingandi.

Ushbu Davlat dasturini qollab-quvvatlash maqsadida Ozbekistonda faoliyat yuritayotgan CERT International xalqaro sertifikatlashtirish organi ham MDH mamlakatlari orasida birinchilardan bolib, ISO 37001:2016 boyicha xalqaro akkreditatsiyadan otdi. Organning xalqaro standartlarga muvofiqlik sertifikatlari dunyoning 120 dan ortiq mamlakatlarida tan olinadi.

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bolishiga asosiy sababchi bolib hisoblanadi.

Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, har bir davlatning ichki va kechiktirib bolmaydigan muhim vazifalari qatoridan joy olgan. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) ham ushbu muammoning keng qolamdagi salbiy holatlarga olib kelishini inobatga olgan holda, unga qarshi kurashish usullari va tamoyillari asosida Ozbekiston ilmiy texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivida ISO 37001 Korrupsiyaga qarshi harakat boshqaruv tizimi tatbiq qilindi. Ushbu tadbirda arxivga yuqoridagi standart asosida boshqaruvni tashkil qilganligi togrisidagi CERT International xalqaro sertifikatlashtirish organi tomonidan muvofiqlik sertifikati topshirildi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi

muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: