O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
10.12.2019

TUMAN MIQYoSIDA QANDAY JAVOB TAYYoRLANGAN BOLSA,

yuqori turuvchi organlar tomonidan ham bir xil javob berish holatlariga izoh berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Ichki ishlar vazirligi tomonidan «Ichki ishlar organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash faoliyati togrisida» mavzuida matbuot anjumani otkazildi. Tadbirda vazirlikning Tashkiliy departamenti murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

– Joriy yilning 10 oyi davomida vazirlik tarkibiy va hududiy bolinmalariga Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali jami 79 ming 775 murojaat kelib tushgan bolib, ularning 76 foizi qanoatlantirildi, yani 19 ming 21 nafar shaxsning huquqlari tiklanishiga erishildi, — deydi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamentining murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshligi, podpolkovnik Ozodbek Joraboyev. Aholining mavjud dolzarb muammolarini organish maqsadida mamlakatimizning eng olis, chekka, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi past bolgan, togli hamda chegara hududlarida joylashgan aholi punktlarida vazirlik rahbariyati tomonidan sayyor qabullar otkazildi. Mazkur tadbirlarda fuqarolardan 7 ming 296 ta murojaat qabul qilingan. Ularning 38,2 foizi ijobiy hal etilgan bolib, 17,5 foizi qonuniy hal etish choralarini korish uchun tegishli vazirlik va idoralarga yuborilgan.

Shuningdek, ushbu tadbirda jurnalistlarning quyidagi savollariga ham batafsil javoblar olindi.

Joriy yilning 10 oyi davomida murojaatlarning 76 foizi qanoatlantirilgan, deb aytdingiz, ushbu murojaatlarda qanday muammoli masalalar kotarilgan?

Mazkur murojaatlar asosan Ozbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlari hamda ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinishi tartibiga doir. Masalan, fuqarolikni qabul qilish borasidagi murojaatlar yuzasidan fuqaroligi bolmagan shaxslarni Ozbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish boyicha hujjatlari rasmiylashtirilib, tegishli idoralarga yuborish tartibida hal etiladi, fuqarolik pasportlari rasmiylashtiriladi. Shuningdek, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlari masalalariga doir murojaatlar boyicha tergov harakatlari qayta tiklanib, protsessual qarorlar qabul qilinadi.

Murojaatlar boyicha tuman miqyosida qanday javob tayyorlangan bolsa, yuqori turuvchi organlar tomonidan ham bir xil javob berish holatlari kuzatilmoqda. Ushbu bir xillikdan qochish va fuqaroning murojaati boyicha ularni toliq qanoatlantirish borasida qanday ishlar qilinyapti?

Vazirlik tizimida faqat bevosita tuman, shaharlarda hal etilishi lozim bolgan murojaatlargina korib chiqish uchun quyi tizimga yuborilishi mumkin. Tartibga kora, yuqori turuvchi ichki ishlar organlari tomonidan mavjud hujjatlar bilan birgalikda ariza muallifi ishtirokida etibor qaratilgan masala organilib, fuqaroga hududiy ichki ishlar organlari tomonidan qabul qilingan qarorning mazmun-mohiyati amaldagi qonun hujjatlaridan havolalar keltirilgan holda tushuntirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi taminlanadi.

Tuman darajasida hal qilinmagan murojaatlar boyicha vazirlik markaziy apparatiga takroran murojaat qilish holatlari kuzatiladimi?

Haqiqatan ham, tuman darajasida hal qilinmagan murojaatlar boyicha vazirlik markaziy apparatiga takroriy murojaatlar kelib tushishi kuzatilmoqda. Mazkur holatlarda takroriy murojaatlar vazirlik markaziy apparati xodimlari tomonidan ham korib chiqilishi yolga qoyilgan. Xususan, joriy yilning otgan davri mobaynida vazirlik tarkibiy va hududiy bolinmalariga kelib tushgan murojaatlarning 14 foizi aynan vazirlik tarkibiy bolinmalari tomonidan korib chiqilishi taminlangan.

Nohaq ishdan boshatilgan yoki boshqa sabablarga kora sobiq ichki ishlar organlari xodimlari murojaat qilganda qanday yol tutiladi? Aybsiz vazifasidan chetlatilganlar xizmatga tiklanishi mumkinmi?

Sobiq ichki ishlar organlari safida xizmat qilgan xodimlarning ichki ishlar organlari xizmatiga qayta tiklash masalasidagi murojaatlarini organish tartibi mavjud. Ularni xizmatdan boshatilishiga sabab bolgan holatlar batafsil organib borilishi amaliyoti yolga qoyilgan. Shu bilan birga, hozirgacha turli sabablar bilan asossiz javobgarlikka tortilgan, deb topilib, ular boyicha oqlov hukmlari chiqarilgan va hozirgi vaqtda ichki ishlar organlari oldiga qoyilgan vazifalarni bajara olishi mumkin deb hisoblangan sobiq xodimlarning 200 nafarga yaqini ichki ishlar organlari xizmatiga qayta tiklandi.

Ashaddiy murojaatchilarga qanday munosabatda bolinadi? Ular toifaga ajratilganmi va ushbu turdagi murojaatchilarning murojaatlari qanday tartibda hal etiladi?

Ichki ishlar organlarida fuqarolar murojaatlarining korib chiqilishida murojaat etgan fuqarolar hech qanday toifaga ajratilmaydi, ularning barcha murojaatlari korib chiqilishi taminlanadi. Chunki, har bir takroriy murojaatda yangi vajlar keltirilgan bolishi mumkin. Shu bois barcha turdagi murojaatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda korib chiqilib, qonuniy hal qilinadi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan voyaga yetmagan shaxslarni soroq qilinishiga yol qoyiladimi?

Ozbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq, ichki ishlar organlarining tergovchi va surishtiruvchilariga jinoyat ishini yuritish davomida voyaga yetmaganlarni protsess ishtirokchisi sifatida soroq qilish vakolati berilgan. Ozbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 121-moddasiga asosan, on olti yoshgacha bolgan guvoh yoki jabrlanuvchini soroq qilish qonuniy vakili yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog yoki jabrlanuvchining vakili ishtirokida ularning roziligi bilan otkaziladi. Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksining 554-moddasiga muvofiq, voyaga yetmagan ayblanuvchini soroq qilishda surishtiruvchi yoki tergovchining ixtiyoriga kora, pedagog yoki psixolog ham ishtirok etishi mumkin. Bundan tashqari, voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishni yuritishda qonuniy vakilning qatnashishi shartligi belgilangan.

Tergov harakatlari jarayonida kamchiliklarga yol qoyilgani aniqlansa, xodimlarga nisbatan qanday protsessual harakatlar amalga oshiriladi?

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmat vazifasini lozim darajada bajarilmaganligi holatlari tergov davomida aniqlangan taqdirda, ushbu yuzasidan tegishli xizmat tekshiruvlari otkazilib, har bir xodimning xatti-harakatlariga qonuniy baho berilishi taminlanadi.

Shuningdek, matbuot anjumani davomida yana qator savollarga javob olindi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: