O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
10.09.2019

SHIRKAT RAISI NAYRANGLARI NEGA JAZOSIZ QOLMOQDA?

Mamlakatimizda ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiladigan aholiga qulay sharoitlar yaratish, kommunal xojaligini tartibga solish maqsadida 2006 yil 12 aprelda “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari togrisida” qonun qabul qilingan edi. Oradan 13 yildan koproq vaqt otibdiki, aholi kop qavatli turar joylardagi muammolardan xalos bola olmayapti.

2017 yil 18 aprelda Prezidentimizning «Uy-joy kommunal xizmat korsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi farmoni qabul qilinib, Uy-joy kommunal xizmat korsatish vazirligi tashkil etildi. Shu munosabat bilan Uy-joy kodeksi hamda Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari togrisidagi qonunga ozgartirish va qoshimchalar kiritildi. Qulay imkoniyatlar yaratildi.

Shirkatlarni moddiy jihatdan qollab-quvvatlash uchun kredit tizimi joriy etildi. Afsuski, yaratilgan imkoniyatlardan oz shaxsiy manfaati yolida foydalanayotganlar uchrab turibdi. Ayrim shirkat rahbarlari bankdan olgan million-million som kreditlarni nomigagina, chala-chulpa bajarilgan ta’mirlash ishlari bilan yopib, uning badallari uy-joy mulkdorlari chontagi hisobidan tolanayotgan holatlar ham aniqlanmoqda.

Poytaxtimizning Mirzo Ulugbek tumani, Humoyun mavzesida birinchidan oltinchigacha bolgan kop qavatli uylarda istiqomat qilayotgan fuqarolardan ottiz nafarga yaqini imzo chekkan shikoyat xati tahririyatimizga kelib tushdi.

– 2016 yilning noyabr oyida bizlar yashayotgan kop qavatli uyning tuppa-tuzuk asfalt qoplamali hovlisi Humoyun guncha kommunal shirkat raisi Farhod Jabborov yollagan ishchilar tomonidan buzib tashlandi, deydi shikoyatchilardan biri Aktam Jalolov. Nima gap? deb sorasam, asfaltni olib tashlab, beton qoplama qilamiz, deyishdi. Shirkat raisini topib, qish paytida hovlidagi asfalt qoporib tashlansa, bu yerda yashayotgan aholi, ayniqsa bolalar qiynalib qolishini tushuntirdim. Lekin u gapimga quloq solmadi, Ishingiz bolmasin, bu topshiriqni tuman hokimi va prokurori bergan. Sizga hisobot berishim shart emas, nimaiki qilayotgan bolsam, shu mahalla aholisi manfaatini oylab qilayapman, dedi. Buning tolovi qanday boladi? — deb sorasam, Sizning chontagingizdan bir som ham ketmaydi, dedi.

Xullas, 2017 yilning yanvar oyida hovlini betonlash ishlari boshlandi. Hammayoq loy, balchiq, qish boyi kop qavatli uylarda yashayotgan aholi juda qiynaldi. Bu ishlar chala-chulpa yakunlanib, fevral oyida ishchilar hovlidagi 3 ta toqqiz qavatli, 3 ta besh qavatli uylarning fasad qismi hamda podezdlarini zudlik bilan tamirlashni boshladilar. Mahalla ahli shirkat tomonidan qilinayotgan bunday gamxorliklardan hangu mang edi. Chunki yaqin 5-10 yil ichida shirkat tomonidan birorta arzirli ish qilinganini eslolmayman. Ishchilar bu ishlarni ham qol uchida bajarib goyib bolishdi...

Shundan keyin aholi tomonidan shirkat ustidan qilingan shikoyatlar asosida mahallada tuman ichki ishlar bolimi masullari hamda prokuratura xodimlari ishtirokida ochiq muloqot bolib otdi. Unda kop qavatli uylarda yashayotgan aholining Humoyun guncha kommunal shirkati raisiga nisbatan etirozlari togri deb topildi va chora korishga vada berildi. Lekin yozib olingan etirozlar ham, berilgan vadalar ham qumga singgan suvday izsiz ketdi.

Shu desangiz, qizigi keyinroq boshlandi. 2017 yilning birinchi yarim yilligidan boshlab tamirdan chiqarilgan uylar aholisi uchun badal tolovlari birdaniga 20 foizga oshirildi. Sababi, hovli beton qilingan, podezdlar tamirlangan...

Malum bolishicha, shirkat rahbari Farhod Jabborov uy-joy mulkdorlari bilan kelishmasdan bankdan bir milliard somdan ziyodroq kredit olgan, shuni yopish uchun zudlik bilan xojakorsinga tamirlash ishlarini boshlagan ekan. Qishda, yogingarchilik sharoitida amalga oshirilgan betonlash ishlari sifatsiz bajarilgani uchun maydoncha yaroqsiz ahvolga kelib qoldi. Hozir mahalla hovlisiga qarab bolmaydi. Qishda tokilgan beton kochib, hammayoq shagal, qum bolib yotibdi, tamirlangan podezdlar yana tamirtalab... Juda katta miqdordagi pulni ozlashtirgan shirkat raisi esa qol ostida usta bolib ishlayotgan Narimon Yusupovni oz orniga qoyib, juftakni rostlabdi. Yangi rais ham bir muddat nima qilishni bilmay shirkat hujjatlarini hech kimga topshirmasdan goyib boldi...

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati azolari kop kvartirali uyda umumiy mol-mulkni saqlashga majburiy badallarni kiritadi, deydi shu mahallada yashovchi Abduolim Qurbonov. Ularning miqdorini umumiy yigilish belgilaydi. Badal miqdori uy uchun zarur ishlarni bajarishga daromad va xarajatlar smetasida rejalashtirilgan xarajatlarga muvofiq kelishi kerak. Qayerni tamirlash va badal miqdori qancha bolishi, shirkat raisining faoliyati uy-joy mulkdorlari tomonidan nazorat qilinmagan. Shirkat raisi mahalladagi kop qavatli uylarni tamirlash uchun olgan kreditdan ham hech kimning xabari yoq. Buning ustiga, olingan mablagning uchdan biri ham ishlatilmagan.

Holbuki, osha 6 ta kop qavatli uyning xonadonlarida isitish tizimi yaxshi ishlamaydi, yertolalar ahvoli nochor. Buning ustiga, havo almashtirgichlar ishlamaydi. Suv quvurlari xizmat muddatini otab bolgan. Qorli-yomgirli paytlarda uylarning yuqori qismidagi xonadonlardan chakka otadi. Olingan kredit mablaglari shunga ishlatilishi kerak emasmidi?

2019 yil 30 aprelda Uy-joy kommunal xizmat korsatish vazirligi huzuridagi kop xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy bolimi tomonidan Humoyun MFYda joylashgan Humoyun guncha kommunal shirkati faoliyati tekshirilganida shikoyatchilar haqligi aniqlandi. Tekshiruvchilar tomonidan tuzilgan dalolatnoma asosida shirkat raisi Farhod Jabborov harakatlariga huquqiy baho berilishi kerak edi. Aholi uni jinoiy javobgarlikka tortishni sorab qator sud-huquq idoralariga murojaat qildi. Lekin natija bolmayapti. Ularning shikoyatlari u tashkilotdan bu tashkilotga, Toshkent shahar prokuraturasidan Mirzo Ulugbek tuman prokuraturasiga yuborilib, oz yechimini topmayapti.

Shu orinda takidlash kerak, joriy yilning 25 iyul kuni Oliy Majlis Senatida Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qomitasining majlisida Uy-joy kommunal xizmat korsatish vazirligining 2019 yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilishi belgilangan maqsadli vazifalarni bajarish yuzasidan hisoboti tinglangan edi. Malumotlarga kora, 2019 yil davomida bu vazirlikka 28 ta maqsadli vazifa yuklatilgan. Shu yilning birinchi yarim yilligida bajarilishi lozim bolgan 8 ta topshiriqdan atigi bittasi bajarilibdi xolos. Katta arava qayerdan yursa, kichik arava ham osha yerdan yuradi, deganlari shu bolsa kerak.

Majlis yakunida uy-joy-kommunal xojaligini yanada rivojlantirish maqsadida qonunchilikka ozgartishlar kiritish, sohaga oid qonun hujjatlarini qayta ishlab chiqish va ularda kop xonadonli uylarni boshqarishning zamonaviy innovatsion shakllari va usullarini mustahkamlash yuzasidan qaror qabul qilindi.

Albatta, qaror ijrosi bilan gozal. Lekin shirkatlar rahbariyati tomonidan qurilish va tamirlashdagi nuqsonlar togrisida hujjatlar va kelgusi davrga moljallangan smetalar tuzmasdan badallar miqdorlarini ozboshimchalik bilan belgilash holatlari hozirgacha davom etayotganini hech qanday bahona bilan oqlab bolmaydi. Shirkat azolari tomonidan qaror qabul qilish tartibiga rioya qilmagan holda shirkatlarni kreditlash holatlari uchrab turibdi. Natijada shirkat mulkdorlari bundan aziyat chekmoqda, jabr kormoqda.

Shirkat rahbarlari tomonidan soxta bayonnomalar va boshqa hujjatlar tuzilishi, mablaglar sarflanishi togrisida kerakli hisobotlar yoqligi ham sir emas. Oz navbatida, sohada olib borilayotgan ishlar sifati ustidan uy-joy egalari tomonidan samarali nazorat ornatilmayapti. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining shirkat faoliyatiga asossiz aralashuvi ham sohada yechimini kutayotgan muammolardan biri hisoblanadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yilning 6 avgust kuni Kop kvartirali uylarni boshqarish togrisida"gi qonun qabul qilindi. Hujjatda uy-joy mulkdorlari shirkatlarining huquqiy maqomini belgilash, kop kvartirali uylarni boshqarishda davlat organlari bilan munosabatlar kozda tutilgan.

Hozir shirkatlar faoliyatini billing tizimiga otkazish ustida ish olib borilayotgan ekan. Bu yonalishda ish boshlangach, hech bir shirkat oz hisobidagi mablagdan noqonuniy maqsadlarda foydalana olmaydi. Uning hisobidagi pullar vazirlik nazoratida boladi. Shunda shirkat aholidan yigilgan badalni faqat osha uyning moddiy-texnik holatini yaxshilashga sarflaydi.

Xosh, Humoyun guncha kommunal shirkat raisi Farhod Jabborov tomonidan qilingan nayranglarga kim huquqiy baho beradi? Yoki u bankdan kreditga olingan mablagni tuya qilib, badal tolovini shirkat azolari boyniga ilib, yallo qilib yuraveradimi? Aslida bunday holatlar oz emas. Nazorat bolmagach, jazo korilmagach, nayranglar davom etaveradi-da.

Nurulloh DOSTON,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: