O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
06.08.2019

Mehnat qilib, halol yashasa bolardi. Ammo...

...Sud zalida hozir bo‘lganlarning ayrimlari panjara ortida otirgan 20 yoshli yigitlarga achinish bilan qarasa, boshqalarining nigohida nafrat korinadi. Togrisi, ularga bir tomondan achinasan kishi. Lekin bir nechta jinoyatga qol urgani uchun ularga gazab bilan qaraladi.

Sodiq Yarashov hamda Botir Saidov (ism-familiyalar ozgartirilgan) 17-20 yoshida jinoyatga qol urgan edi. Biroq ular xulosa chiqarmadi. Yoshlikning kuch-gayratidan unumli foydalanib, hayot kechirish orniga yana jinoyatga qol urishdi.

Sodiq va Botir ortoqlari bilan Chilonzordagi kafeda yarim tungacha kongilxushlik qilishdi. Ular kafedan chiqib, avtomashina haydovchisidan Yashnobod tumani Fargona yoli kochasida joylashgan uyga eltib qoyishni sorashdi. Manzilga yetishgach, old orindiqda otirgan Sodiq haydovchiga qarab, dostlari hozir uydan pul olib chiqishini aytadi. Haydovchi kutishga rozi boladi.

— Aka, telefoningizdan uyga qongiroq qilsam maylimi, deb soraydi Sodiq payt poylab.

Haydovchi uyali telefonini uzatadi. Shu paytda Sodiq mushti bilan haydovchining koziga uradi. Telefonni olib kop qavatli uylar orasida goyib boladi. Ertasi kuni mushtumzorlar uchrashib, uyali telefonni 120.000 somga sotishadi. Chilonzordagi kafega kirib, yarim tungacha aroq ichishadi. Kochaga chiqib, yana mashina toxtatishadi, deyishadi.

Qoyliqqa olib borsangiz.

“Spark”avtomashinasi haydovchisi bilan savdolari pishgach, kelishilganidek, Sodiq old orindiqqa otiradi. Yolda haydovchining telefonidan 3-4 marta foydalanib, kimlar bilan gaplashganday boldi. Manzilga yetishgach, dastlab orqa orindiqdagilar tushib, kozdan uzoqlashishadi. Sodiq esa haydovchining telefonini olib qochib ketadi. Tabiiyki, haydovchi ogrining orqasidan quvadi. Biroq yeta olmaydi. Ertasi kuni ular yana uchrashib, telefonni 520.000 somga pullashadi. 5 noyabr kuni esa Kobalt rusumli avtomashina haydovchisining telefonini olib qochib, 300.000 somga sotishadi. Ularning qilmishlari shu bilan tugamaydi.

Osha kuni X. Alimov kech soat 22:00 larda avtomashinasiga gaz quydirib olish maqsadida rulni shoxobchaga buradi. Shu payt Lasetti rusumli avtomashinadan Sodiq va uning dostlari mast holatda kelib qolishadi, Sodiq begona odamdan sigaret soraydi. Yoq, degan javobni olgach, X.Alimovni haqorat qiladi. Keyin uning yuziga tosatdan musht tushiradi. X.Alimov yiqilib tushadi Sodiqning nariroqda turgan sheriklari ham yetib kelishadi. Ular birgalashib, uni urib, tepkilashadi...

Sud sudlanuvchilarga jazo tayinlashda aybiga iqrorligini, qilmishidan pushaymonligini, oilaviy sharoiti hamda yoshligini inobatga oldi. Ammo jinoyatga jazo muqarrar.

Ular turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi. Endi yoshlikning eng gullagan payti qamoqxonalarda otadi.

Ravshan SHODIYEV,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: