O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
16.07.2019

JINOYAT SODIR BOLDI!..

Kafolat xati uchun 50 000 dollar

2019 yil 8 iyul kuni Navoiy shahrida yashovchi 40 yoshli J.N. respublika huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat qilib, unda Navbahor tumanida yashovchi 50 yoshli A.X. va Qiziltepa tumanida yashovchi 55 yoshli R.Ya.lar unga «Obod qishloq» Davlat dasturiga asosan Konimex tumani Ko‘kcha massivida qurilishi rejalashtirilgan 4 qurilish ob’ekti uchun Konimex tuman xokimi nomidan kafolat xati olib berish evaziga undan
50 000 AQSh dollari talab etayotganliklarini malum qilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida otkazilgan tezkor tadbir natijasida A.X. va R.Ya.lar Navoiy shahrida joylashgan Tojmaxal kafesida J.N.dan 50 000 AQSh dollarini olayotganida ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avtobus agdarilishi natijasida...

11 iyul kuni soat 11:00larda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yashovchi, Guliston karvon trans servis MChJ haydovchisi 51 yoshli A.A. Isuzu rusumli avtobusni Yangihayot MFY hududidan otuvchi Dushanbe-Toshkent yolida haydab ketayotgan vaqtida boshqaruvni eplay olmay, yol chetiga chiqib ketishi natijasida avtobus agdarilgan. Avtobusda 20 nafar yolovchi: 15 nafari ayol, 3 nafari erkak kishi, 2 nafari voyaga yetmaganlar bolgan. Haydovchi avtobusni qizil rangli Spark rusumli avtomashinasi siqib ketganligi tufayli yol transport hodisasi sodir bolganligini bildirgan.

Natijada ikki nafar ayol yolovchi jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan, shuningdek, qolgan 18 nafar yolovchiga shifoxonada tibbiy yordam korsatilib, uyiga javob berilgan. Haydovchi A.A. jarohat olmagan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Bosqinchi qoshni

14 iyul kuni soat 01:20larda Qoraqalpogiston Respublikasining Chimboy tumanida yashovchi 30 yoshli K.E. qoshnisi 42 yoshli E.D. ismli ayolning uyi hovlisida uni qorqitib, otkir tigli jism bilan jarohatlab, 1 juft bijuteriya ziraklari, hisobida puli bolmagan bank plastik kartochkasi va Samsung rusumli mobil telefonini olib, voqea joyidan yashiringan. Natijada E.D. kasalxonaga yotqizilib, K.Eni ushlash choralari korilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi bilan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muhandis ishchini jarohatladi

14 iyul kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahar IIBdan tushgan hujjatlarga kora, vaqtincha Taraqqiyot mahallasida yashovchi Vangda metall MChJ muhandisi 35 yoshli L.J. ish joyida ozaro janjal sabab ishchi, Mirzaobod tumanida yashovchi 21 yoshli S.Q.ning boshiga temir bolagi bilan urib jarohat yetkazgan. Natijada S.Q. kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan L.J.ga nisbatan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Nilufar TORAXONOVA,

Ozbekiston Respublikasi IIV

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi katta inspektori, leytenant.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: