O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
16.07.2019

8621 HUQUQBUZARLIK VA 102,7 MILLIARD SOMLIK TOVARLAR...

Davlat bojxona qo‘mitasining joriy yilning birinchi yarim yillik faoliyati yakunlariga bagishlangan Hay’at yigilishi bolib otdi. Videoselektor shaklida tashkil qilingan yigilishda Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bojxona boshqarmalari, «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Bojxona instituti va Milliy kinologiya markazi shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Yigilishda Prezidentimizning 2019 yil 27 iyundagi Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni ijrosi doirasida bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.

— Ushbu farmonning qabul qilinishi mamlakatimizning investitsiyaviy muhitini yanada yaxshilash, adolatli raqobat tamoyillarini joriy etishni taminlash hamda soliqlar va bojxona tolovlari boyicha imtiyozlar berish amaliyotini tartibga solishga xizmat qilmoqda, dedi Davlat bojxona qomitasi raisi Murotjon Azimov. Jumladan, joriy yilda davlat byudjetiga 7,2 trillion somga yaqin bojxona tolovlari undirilgan bolib, bu otgan yilning shu davriga nisbatan 29,1 foizga kopaygan. Natijada, bojxona tolovlari boyicha kozlangan reja 105,5 foizga bajarilgan. Shu bilan birga, respublikamiz bojxonachilari tomonidan kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish yonalishida otkazilgan va bojxona koriklari natijasida 8621 ta huquqbuzarlik aniqlanib, 102,7 milliard somlik tovarlarning noqonuniy olib otilishi va yashirin aylanmasi fosh qilindi. Xususan, 18,6 kilogramm giyohvandlik vositalari, 29 ming 995 dona psixotrop tabletkalar, 43 ta qurol, 8,6 mingdan ortiq taqiqlangan diniy mazmundagi materiallar oz vaqtida toxtatib qolindi.

Bundan tashqari, bojxona organlarida xavflarni boshqarish tizimining joriy etilishi bojxona nazoratini kamaytirish, uning sifatini yaxshilash, mavjud kuch va vositalardan maqbul foydalanish, bojxona nazoratini otkazish hamda rasmiylashtirish uchun sarflangan vaqtni qisqartirish va uning samaradorligini oshirishga imkon berdi. Misol uchun, bojxona rasmiylashtiruvidan otkazilgan yuklarning 60 foizi, shuningdek, eksportga moljallangan yuklarning 82 foizi bojxona korigidan otkazilmagan. Shunga qaramay, tizim komagida bojxona huquqbuzarliklarini aniqlash samaradorligi deyarli 4 martaga oshdi va natijada 18,6 milliard somlik qoshimcha bojxona tolovlari undirilgan.

Tovarlarning eksporti uchun sarflangan vaqt 2018 yilga 4,3 martaga qisqarib, 39 daqiqani tashkil qilmoqda.

Hozirda yurtimizda pishiqchilik pallasi. Tabiiyki, bu davrda meva-sabzavotlarning xorijga eksporti kolami yanada oshadi. Ayni paytda mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarishda bojxona xodimlari tunu kun eksportyorlarga komaklashmoqda.

Yigilishda kun tartibidagi yana bir dolzarb masala korib chiqildi. Tahlillarga kora, hisobot davrida dori-darmon va tibbiyot buyumlari, psixotrop tabletkalar va zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda olib otishga urinishlar sezilarli ravishda ortgan.

Bu esa hududiy bojxona boshqarmalari tomonidan ushbu yonalishda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishni talab qiladi. Bunda, ayniqsa, ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan unumli foydalanish boyicha masullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Erishilgan natijalarga qaramasdan, sohada hamon oz yechimini kutayotgan muammoli masalalar ham borligi yigilishda alohida qayd qilindi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda otgan tadbirda tizimda yol qoyilgan qator kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi.

Qoshimcha hisoblangan bojxona tolovlarini oz vaqtida undirish, bojxona tolovlarini hisoblashda muhim ahamiyat kasb etuvchi bojxona qiymatini togri belgilash kabi masalalar shular jumlasidandir.

Shuningdek, tizimda korrupsiyaga qarshi kurashda murosasiz muhitni shakllantirish masalalari chuqur tahlil qilindi hamda yigilishda korilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: