O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
02.07.2019

JORIY YIL 5 OYIDA 289 NAFAR SHAXS OQLANGAN

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oliy sud rahbariyati va sudyalari ishtirokida OAV vakillari uchun «Sud-huquq sohasidagi islohotlar» mavzuida matbuot anjumani bolib otdi.

Unda Oliy sud raisi orinbosari Xolmomin Yodgorov jurnalistlar oldida sozga chiqar ekan, keyingi yillarda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, aholining sudga bolgan ishonchini, qonun ustuvorligini, sudda adolat va shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi.

Takidlandiki, bugungi kunda sudlar tomonidan otkazilayotgan sayyor sudlar va sayyor qabullar oz samaracini bermoqda. Ayniqsa, ishlar mahallalarda sayyor sud majlislarida korilayotgani aholining huquqiy madaniyatini oshirishga, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning kamayishiga erishilishiga komaklashmoqda.

Statistik malumotlarga qaraganda, jami korilgan ishlarning 54,2 foizi sayyor sudlarga togri keladi.

Joriy yilning otgan 5 oyida 51 ming 645 ta jinoyat ishi birinchi instansiyada korilgan bolsa, shundan faqat 25 foiziga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogliq bolgan jazo tayinlangan. 9722 ta ish boyicha ozodlikdan mahrum qilish bilan bogliq bolmagan jazolar belgilangan.

Bugungi kunda Oliy sud va Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qomitasi, Mahalla jamoat fondi ortasida ozaro hamkorlik Memorandumi imzolangan bolib, mazkur jamoat tashkilotlarining kafillik xatlari asosida sudlanuvchilarga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogliq bolmagan jazolar tayinlanmoqda.

Bundan tashqari, sudlarning OAV bilan hamkorligi masalasiga ham alohida etibor qaratilmoqda. Jumladan, otgan yili 4000 dan ziyod sud ishlari matbuotda yoritilgan bolsa, joriy yilning 5 oyida 5 mingdan ortiq sud ishlari haqida OAVda jamoatchilikka tezkor axborot berilgan.

Qiyosiy tahlillarga kora, 2018 yil birinchi yarmida sudlarda jami 817 ming 656 ta ish korilgan bolsa, 2019 yil 5 oyida 461 ming 100 ta ish korib tamomlangan.

Matbuot anjumanida jurnalistlarni sudlarda oqlov hukmlari haqidagi masala ham qiziqtirdi. Takidlandiki, olib borilgan islohotlar, amaldagi protsessual qonunchilikka kiritilgan ozgartirish va qoshimchalar, xususan, jinoyat ishlarini qoshimcha tergovga yuborishga barham berilgani natijasida endi sudlar ish boyicha yakuniy adolatli qaror qabul qilish vakolatiga ega bolganligi va buning samarasi sifatida 2018 yilda jami 867 nafar, 2019 yil 5 oyida 289 nafar shaxs aybi sudda isbotlanmagani uchun oqlangan.

Anjumanda fuqarolik, mamuriy, iqtisodiy sudlar tomonidan korilayotgan ishlar yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi.

Oliy sud raisi orinbosari va sudyalari jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Ravshan SHODIYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: