O'zb  
 
11.06.2019

Men/Biz Ivan Golunov NASHRLAR JURNALIST HIMOYASI UCHUN BIRLASHDI

Rossiyaning «Vedomosti», RBK va Kommersant nashrlari dushanba kuni chiqqan sonlari muqovasida Ya/M Ivan Golunov (Men/Biz Ivan Golunov) iborasi bilan chiqish qildi. Kun.uz xabar berishicha, shu tariqa gazetalar narkotik saqlashda gumonlanib qo‘lga olingan jurnalistni qollab-quvvatlashlarini bildirishdi.

Biz Ivan Golunovning aybdorligi boyicha taqdim etilgan dalillarni ishonarli deb hisoblamaymiz, uning qolga olinishi jarayoni esa katta shubha uygotadi — tekshiruv vaqtida qonunchilik buzilgan bolishi mumkin, deyiladi gazetalar bayonotida.

Asosiy ofisi Latviyada joylashgan Meduza internet-nashrining tadqiqotchi jurnalisti Ivan Golunov otgan hafta oxirida Moskvada qolga olingandi. Uni yirik miqdordagi narkotik moddalarni saqlashda ayblashgan.

Shanba kuni Moskvadagi Nikulin sudi Golunovni sogligidagi muammolarga qaramasdan uy qamogiga hukm qilgan. Ivan Golunov sudda ozining aybsizligini ma’lum qilgan.

Biz Golunovning qolga olinishi va hibs qilinishi uning kasbiy faoliyati bilan bogliqligini istisno etmaymiz. Biz Ivan Golunovning qolga olinishida ishtirok etgan Ichki ishlar organlari xodimlarining harakatlarini sinchiklab tekshirishni talab qilamiz, deyilgan gazetalardagi bayonotda.

Ayrim taxminlarga kora, jinoiy ish ochilishiga Federal xavfsizlik xizmati (FXX) general-polkovnigi va uning yordamchisining dafn ishlari boyicha biznesi yuzasidan jurnalist olib borayotgan surishtiruv sabab bolgan.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: