O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
04.06.2019

JINOYAT SODIR BOLDI!..

BESH NAFAR SHAXS USHLANDI

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida 2019 yil 27 mayga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar Qushxona mahallasida yashovchi Z.E.ning uyi yertolasidan 90 million som puli va 500 AQSh dollarini ogirlab ketgan.

Korilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Boston mahallasida yashovchi Sh.A., Qushxona mahallasida yashovchi J.X., Xabarlik mahallasida yashovchi M.O., Xojaxuroson mahallasida yashovchi D.R. va Xojaxuroson kochasida yashovchi A.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

«QORADORI-2019» TADBIRIDA...

Joriy yil 30 may kuni otkazilgan Qoradori-2019 keng qamrovli tadbiri doirasida, Toshkent shahar Sergeli tumani 8-dahasida joylashgan avtobuslar bekati oldida, Yashnobod tumanida yashovchi 49 yoshli D.S. qolida bolgan paketda 3 kg. 147 gr. marixuana giyohvandlik moddasini olib ketayotgan vaqtida qolga olindi.

Jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

10 000 AQSH DOLLARINI OLGAN SHAKARCHI

2019 yil 31 may kuni Toshkent shahar IIBB TBdan tushgan hujjatlar toplamiga kora, shu yil 3 may kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi 53 yoshli B.K. Alimkent 1-tor kochasida, 57 yoshli P.M.ga shakar mahsulotlari bilan oldi-sotdi qilishini aytib, undan 10 000 AQSh dollarini olgan va ushbu pullarni vaqtida qaytarmasdan oz ehtiyojlari yolida ishlatib yuborganligi aniqlangan. Holat yuzasidan Jinoyat ishi qozgatilib, B.K. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

MOTOTSIKL HAYDOVCHISI VAFOT ETDI

2019 yil 1 iyun kuni nomalum haydovchi Matiz rusumli avtomashinasini Qoraqalpogiston Respublikasining Ellikqala tumani Amirobod OFY hududidan otuvchi ichki yolda haydab ketayotib, yol chetida toxtab turgan Koinot mahallasida yashagan 26 yoshli N.S. boshqaruvidagi Vosxod rusumli mototsiklni urib yuborgan.

Nomalum shaxs voqea joyidan qochib ketgan. Natijada mototsikl haydovchisi kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qozgatilgan.

Korilgan choralar natijasida ushbu yol-transport hodisasini Ellikqala tumani Saribiy OFYda yashovchi 31 yoshli R.S. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

QAYNOTA VA KELIN JANJALI

2019 yil 2 iyun kuni Xorazm viloyatining Bogot tumanida yashovchi 27 yoshli Sh.I. mast holda uyida ozaro janjal oqibatida birga yashagan qaynotasi 50 yoshli R.L.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

Natijada R.L. kasalxonaga yotqizilgan va korsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Jinoyat ishi qozgatilib, Sh.I. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Nilufar TORAXONOVA,

Ozbekiston Respublikasi IIV

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi katta inspektori, leytenant.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: