O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
04.06.2019

MEN TUHMATGA QOLDIM

Bundan 10 yil muqaddam Jinoyat kodeksining 8 ta moddasi bilan ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan yangiyo‘llik Shoira Sulaymonova adolat qaror topishiga ishonib, hamon kurashmoqda.

U tahririyatimizga kelib, bir dasta hujjatni stol ustiga qoyar ekan, dardini aytdi:

— Men ekspert vazifasida 11 yildan ortiq vaqt ishlab, prokuratura, IIB xodimlari va boshqalar bilan hech qanday ziddiyatga bormaganman. Oz vazifalarimizni qonun doirasida bajarganmiz. 2008-2009 yillar oraligida Yangiyol shahar prokurorining sobiq orinbosari Farrux Boqiyev tomonidan menga, men bilan birga ishlaydigan sud tibbiy ekspertlarga tazyiq otkazila boshlandi. Farrux Boqiyev ishimizga asossiz aralashib, otkazilgan ekspertizalarga shubha, gumon bilan qarab, tolaqonli faoliyat olib borishimizga tosqinlik qila boshladi. Tortishib qolgan paytlarimiz bolgan.

Farrux Boqiyev meni taniydigan odamlarga ochiqdan-ochiq «Sulaymonova Shoirani bir haftada podstova» qilib bolsa-da, qamattiraman. Keyin u bilan ozim boshqachasiga gaplashaman, degan. Shundan keyin Farrux Boqiyevning mendan qasd olish uchun qilayotgan hatti-harakati xususida Toshkent viloyat, Yangiyol shahar prokuroriga hamda boshqa tashkilotlarga yozma ravishda murojaat qildim.

Biroq arizalarimga e’tiborsiz qaraldi. Farrux Boqiyev esa men bilan qasdlashib qoldi. Shahar prokurorining sobiq orinbosari mendan och olish uchun oziga bevosita boysunuvchi IIB xodimlaridan 2009 yil 5 iyun kuni tuhmat va bohtondan iborat korsatmalar yozdirib olgan... Menga qasddan uyushtirilgan fitna sabab sudlandim. 10 yildan buyon adolat izlab yuribman... Nohaq ayblandim. Iltimos, hujjatlarni diqqat bilan korib chiqinglar, menga yordam beringlar.

Shoira Sulaymonova 2008 yil 26 fevraldan 2009 yil iyulgacha Yangiyol tuman va shahar sud tibbiy ekspertiza bolinmasi mudiri lavozimida ishlagan. 2009 yil 20 iyulda Boka tumanlararo sud tibbiy ekspertiza bolinmasi mudirligiga otkazilgan. Shoira Sulaymonova Bokada ishlab yurganda, unga nisbatan avgust oyida jinoiy ish qozgatilgan va 2009 yil 25 sentabrda qamoqqa olinadi.

Yangiyol tuman va shahar STE bolinmasi mudirasi Shoira Sulaymonova mansab vakolatlarini suiistemol qilib, olim holatlari boyicha notogri xulosa berganlikda, tergov ishlariga aralashganlikda, tovlamachilikda, AKFA rom uchun pul soraganlikda, ekspertiza xulosalarini vaqtida taqdim etmasdan uyali telefoniga pul otkazib berish hamda 200 AQSh dollari miqdorida pora talab qilganlikda ayblangan.

Shoira Sulaymonova qamoqqa olingan 2009 yil 25 sentabr kunini osha paytda Boka tumanlararo sud tibbiy ekspertizasi bolinmasida sanitarka bolib ishlagan Muzaniya Vagizova shunday xotiralaydi:

2009 yil 25 sentabr kuni hech esimdan chiqmaydi. Osha kuni xonamizga 15 nafarga yaqin formali, formasiz kishilar kirib kelishdi. Xuddiki, qidiruvda yurgan ashaddiy jinoyatchini ushlash uchun kelganday ozlarini tutishdi. Bir ayol uchun 15 nafar erkakning Yangiyoldan Bokaga kelib, qoliga kishan solib olib ketishi, juda galati, erish tuyuldi. Men Shoirani ishchan, vijdonli, oz kasbini puxta biladigan ekspert sifatida bilaman. Eshitishimcha, Shoira Farrux Boqiyevning noqonuniy talablarini bajarmagan ekan. Och olish uchun Shoirani qamattirdi. Garaz, xusumat yomon narsa... Sulaymonovlar oilasi chekkan azobni-ku aytmasa ham boladi.

Bu bir guvohning fikri, albatta.

Endi Shoira Sulaymonovaga qoyilgan ayblovlar xususida fikr yuritsak. Qolimizda 2009 yil 6 iyun kuni Yangiyol tuman IIB boshligi hamda uning orinbosarlari imzo chekkan xat bor. Unda jumladan, shunday sozlar yozilgan: Yangiyol tuman ichki ishlar bolimi Yangiyol shahar va tumanlararo sud tibbiy ekspertiza bosh shifokori Sh.Sulaymonovaga ijobiy fikr bildiradi. Biz tomonimizdan yuborilgan ish materiallari ornatilgan tartibda va belgilangan muddatlarda qonuniy yechimini topishda ushbu rahbar xodim tomonidan nazorat olib borilgan. Sh.Sulaymonovaga nisbatan Yangiyol tuman IIB tomonidan etiroz va shikoyatlar mavjud emas.

Chinoz tumani IIB rahbariyati tomonidan berilgan malumotnomani oqiymiz: Chinoz tumani IIB ushbu malumotnomani shu haqda beradiki, ekspert Sh. Sulaymonova hech qachon Chinoz tumani aholisi va huquqni muhofaza qilish idoralari bilan ziddiyatga bormagan va uning ustidan shikoyatlar tushgan emas.

Xuddi shunday ijobiy malumotnoma IIV Transport ichki ishlar boshqarmasi tomonidan ham berilgan. Demak, Shoira Sulaymonova mansab vakolatini suiistemol qilgani yoki ekspertiza boyicha notogri xulosalar bergani togrisida muqaddam shikoyatlar bolmagan. Faqat Farrux Boqiyev nazorat qiluvchi Yangiyol shahar IIB xodimari bunday xulosa bermaganligini tushunish qiyin emas.

Menga oid qozgatilgan jinoyat ishida goyoki, olim holatlari boyicha notogri xulosa berganmishman. Bu mutlaqo notogri, deydi Shoira Sulaymonova. Marhum Sh. Qayumov va R.Abduqulov murdalari boyicha ekspertiza qonun doirasida otkazilgan. Buni isbotlovchi prokuror va tergovchilar, ishtirokchilar tomonidan tuzilgan dalolatnoma bor. Qolaversa, marhumlarning qarindoshlari tomonidan menga nisbatan davo va etirozlar bildirilmagan. Qanday qilib, prokuratura, aynan Farrux Boqiyevning ozi tasdiqlagan xulosa 1,5 yildan keyin birdaniga notogri bolib chiqyapti?!

Yana bir gap. Ishda komission ekspertiza xulosasi bor. Aslida u komission ekspertiza emas. Respublika sobiq bosh eksperti Z. Giyosovning prokuraturaga bergan xatida mening xulosalarim boyicha Toshkent viloyat STE ekspertlari ekspertiza otkazishlari maqsadga muvofiq emas.

Meni tergov ishlariga aralashganlikda ayblaganliklari ham mantiqqa zid. Bu yerda ham Farrux Boqiyevning qoli bor. Chunki u oziga xizmat yuzasidan boysunuvchi ikki nafar tergovchidan menga qarshi ariza yozdirib olgan. Aytishim kerakki, ekspertlar ish yuzasidan tergovchilar bilan doimiy muloqotda boladi. Mujmal gapdan tashqari mening tergov ishlariga aralashganim yoki tosqinlik qilganligimni isbotlovchi dalil yoq-ku.

Shu orinda savol tugiladi: Agar tergov ishiga Sh. Sulaymonova aralashgan bolsa, nima sababdan oz vaqtida tegishli bayonnoma tuzilmagan?

Sudda isbotini topmagan yana bir ayblovga toxtalsam. Menga qarshi korsatma bergan M. Abdullayeva bilan aslida biz opa-singildek edik, deya gapida davom etdi Shoira Sulaymonova. Uning ishi tergovda bolganligi sababli Farrux Boqiyev bu ayolni ham qorqitib, menga qarshi korsatma yozdirib olibdi. Qiziq tomoni shundaki, men M.Abdullayevadan nasiyaga, qarzga uzuk sotib olgan edim. U uzuk pulini sorab, bir necha bor telefon qilgan va oldimga ham kelib ketgan. Vaqtida uzuk pulini tolamaganim uchun qoshimchasini ham bergandim. Sudda M.Abdullayeva F.Boqiyevning taziyqi ostida menga qarshi notogri korsatma berganligini tan oldi.

AKFA rom uchun pul soradi, ekspertiza xulosalarini vaqtida taqdim etmasdan uyali telefoniga pul otkazib berishini soradi, degan ayblovga ham qoshilib bolmaydi. Birinchidan, hech qanday dalil-isbot yoq. Ikkinchidan, etibor bering, bu jinoiy harakatlar sanasiga, hammasi bir kunda yozilgan.

Yana bir qiziq tomoni shundaki, Shoira Sulaymonovaga qarshi korsatma berganlarning aksariyati ichki ishlar bolimi tergovchilari yoki profilaktika inspektorlari!

Aytaylik, Shoira Sulaymonova IIB xodimlariga noqonuniy talablarni qoygan bolsin. Nega unda tergovchi va profilaktika inspektorlari bu haqda rahbariyatiga yozma ravishda murojaat qilib, Sh.Sulaymonovaga nisbatan qonuniy choralarni kormagan? Yana bir gap. IIB xodimlarining prokuror orinbosariga bildirgisida 2-3 oy, hatto 6 oy oldin Shoira Sulaymonova sotkasiga pul tashlagani esiga tushib qolgani taajjubli. Endi oxirgi ayblovga toxtalsak. I.Polatova janjal oqibatida tan jarohati oladi. Shoira Sulaymonova uning tan jarohati darajasini ogirlashtirib berishi evaziga I.Polatovaning qonuniy vakil S.Toxtayevdan pora talab qilganmish.

Kochada, deydi Iroda Polatova, Sadulla aka (S.Toxtayev nazarda tutilyapti) bir ayol bilan uchrashib qoldi. Ular gaplashdi. Mashinaga otirib, qaytayotganimizda haligi ayol xususida Sadulla akadan soradim. Ekspertizada ishlaydi, dedi u. Shoira Sulaymonovani umuman tanimayman. Pul soraganini eshitganim ham yoq. Qolaversa, sud hujjatlarida mening gaplarim notogri yozilgan...

Ana sizga natija, xulosa.

Shoira Sulaymonovaning jazoni otib qaytganiga ancha boldi. 10 yil muqaddam Jinoyat kodeksining qator moddalari bilan ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Shoira Sulaymonova aybim yoq, deya 10 yildan buyon yozadi. Tegishli joylarga murojaat qiladi. Hatto 2014 yilda Shoira Sulaymonova sobiq Bosh prokuror R. Qodirovning notogri hatti-harakatlari haqida sudga murojaat qilgan...

Menga qoyilgan barcha ayblovlar majburan yozdirib olingan. Bir paytlar menga qarshi korsatma berganlar bugun qilgan ishlaridan afsuslanib, kechirim sorab yurishibdi, deydi Shoira Sulaymonova.

Uning achchiq qismati kishini oyga toldiradi. Ayol kishi, ikki farzandli ona qamoqqa olindi, oilasidan, jamiyatdan ajratildi. 3 yil qamoqda saqlandi. Oylanib qolasan kishi, ayol kishini, ikki nafar bolali onani aybdor qilayotgan, unga hukm chiqarayotganlar nahotki, rahm-shafqatni bilmaydi? U qanday ogir jinoyatlarni qilgan ediki, qamoqqa tashlansin? Ehtimol, rostdan ham garaz, xusumat ustun kelgandir? Endi hayot ozgardi. Shoira Sulaymonova ham ana shu ozgarishlarni oz hayotida korgisi keladi...

Ravshan SHODIYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: