O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
04.06.2019

INSONIYLIK MURUVVATLI BOLISHDA

Ko‘pincha kocha-koylarda, odam gavjum bolgan, xususan, bozor joylarda bir ahvolda yurgan odamlarga kozimiz tushadi. Birov unga rahmi kelib yordam beradi, birov esa yonidan beparvo otib ketadi.

Gap bu yerda tirikchilik ilinjida, tort-besh som ishlab, uyga yuboraman, rozgorni butlayman, degan maqsadda shaharga kelib, nojoya hoyu-havaslarga berilib, mushkul ahvolga tushib qolgan tuppa-tuzuk insonlar haqida borayapti.

Bunday paytda albatta hushyor ichki ishlar xodimlari ularga yordam berish maqsadida shaxsini surishtiradi, kerak bolganda komak beradi. Buning iloji bolmay qolgan taqdirdagina ma’muriy sudga uning shaxsini aniqlash maqsadida reabilitatsiya markaziga joylashtirish togrisida iltimosnoma bilan chiqadi. Markazga olib kelingan shaxs tibbiy tekshiruvdan otkazilib, sogligida muammo bolsa, uni tiklash uchun shifoxonaga yuboriladi. Shu bilan birga, malum muddat ichida mazkur shaxs tugilib osgan joy, yashash manziliga sorovnomalar yuboriladi.

Yashnobod tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 5-sonli IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bolimi inspektori Feruz Boborajabovga ozini qashqadaryolik Sherzod Islomovman, deb tanishtirgan fuqaroning Toshkent shahrida muayyan yashash joyi va yonida hech qanday hujjatlari bolmagan. Shundan keyin tuman 5-sonli IIB boshligi tomonidan fuqaroning shaxsini aniqlash zarurati tufayli uni vaqtinchalik reabilitatsiya markaziga joylashtirishni sorab Yashnobod tuman mamuriy sudiga murojaat qilingan.

Sudda Sherzod Islomov haqiqatan ham barcha hujjatlarini yoqotib qoyganini, profilaktika inspektorining fikrini maqullash barobarida reabilitatsiya markaziga joylashtirilishiga etirozi yoqligini bildirdi. Sud mazkur ishga doir vajlarni, unga ilova qilingan hujjatlarni organib chiqib, fuqaroning shaxsi aniqlangunga qadar uni Toshkent shahar IIBB Reabilitatsiya markaziga joylashtirish haqida qaror qabul qildi.

Takidlash kerakki, Reabilitatsiya markazlariga tushadigan shaxslarning aksariyati soglom turmush tarzini butunlay yoqotgan, ichkilikbozlikka mukkasidan ketgan. Ayrimlari esa, keksaligi va nogironligi bois, mehnatga yaroqsiz kishilar. Endilikda turli hududlardan kelgan, yashash joyiga ega bolmagan shaxslar yashash hududlariga qaytarib yuborilmasdan, uning shaxsiga, pasport boyicha royxatga qoyilgan turar joyiga aniqlik kiritish amaliyoti qollanilmoqda. Natijada kopchilik fuqarolar yana soglom turmush tarziga qaytib, oz hayotini onglab olmoqda.

Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bolmagan, yoki biometrik pasport olmagan shaxslar haqida esa reabilitatsiya markazining ozida Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan mobil qurilma vositasida biometrik malumotlar olinib, joylardagi mutasaddilar tomonidan ularning yashash joylari aniqlanib, bandligini taminlash ishlari olib borilmoqda.

Akram YUSUPOV,

Yashnobod tuman mamuriy sudi sudyasi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: