O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
04.06.2019

ONAJONIMNING OZODLIKKA CHIQISHI

Prezidentimizning tug‘ilgan kunimga bebaho sovgasi boldi, — deydi namanganlik 8-sinf oquvchisi Muxtasar.

Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan jazoni ijro etish ayollar muassasasi va manzil kaloniyada 31 may kuni sayyor sud majlislari otkazilib, 19 nafar ayol ozodlikka chiqarildi.

Joriy yilda uchinchi marta bu muassasadagi ayollarning murojaatlari sudlar tomonidan korib chiqilmoqda. Navroz bayramidan ikki kun oldin 17 nafar ayol jazoni otashdan muddatidan ilgari ozod qilingan edi.

2019 yil 19 aprelda esa mahkuma ayollardan 6 nafarining murojaatlari Oliy sudning jinoyat ishlari boyicha sudlov hay’atida nazorat tartibida korib chiqilib, ular sodir etgan qilmishidan chin kongildan pushaymonligi, axloqan tuzalish yoliga otganligi hamda jazoning asosiy qismini otaganligi hisobga olinib, jazodan ozod etilib, oilasi bagriga qaytarilgan edi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan Oliy sud va Xotin-qizlar qomitasi ortasida tuzilgan memorandumga asosan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudlarda xotin-qizlar qomitalari vakillari jamoatchilik asosida himoyachi bolib ishtirok etmoqda. 2018 yilda jinoyat sodir etgan va huquqbuzarlikka qol urgan 893 nafar xotin-qiz Xotin-qizlar qomitasi tomonidan kafillikka olinib, jazodan ozod etildi. 113 nafar sudlanuvchiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogliq bolmagan jazo tayinlandi. Jazo muddatini otayotgan 597 nafar ayol jazoni otashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 100 nafar ayolning jazosi yengilrogi bilan almashtirildi.

Bu raqamlar ortida odamlarning qismati, taqdiri turibdi. Bu ayollar farzandlarining kelajagi turibdi. Ozodlikka chiqarilayotgan har bir ayol ortacha 3-4 nafar bolaning onasi ekanligiga ahamiyat bersak, ularga korsatilayotgan mehr-muruvvat naqadar muhimligini anglaymiz.

Qamoqdagi ayollardan kora, ularning ortida qolgan bolalariga har tomonlama qiyinligi, azobligi hammaning ham xayoliga kelavermaydi. Shu orinda bir misol yodga tushadi. Mart oyida Oliy sudda 6 nafar mahkuma ayol arizasi nazorat tartibida korilayotganda ulardan biri gapirolmasligini bilib qoldim. Ortidan kelgan eri ham gung ekan. Ammo 7-sinfda oqiydigan qizi burro-burro sozlarkan.

Osha kuni dadam uyga yiglab kirib keldi. On ikki yoshli ukam bilan qorqib ketdik, deydi Aziza. Bilsak, onam odamlarning pulini qaytarib bermagani uchun qamalib qolibdi. Qoyib yuborishsa kerak, deb umid qiluvdik. Lekin 3 yilu 6 oyga qamashdi. 9 oy boldi onam qamalganiga. Har kuni oylayman. Tushlarimga kiradi, uygonib ketaman, Xudojon, onamni uyga qaytar, deb yiglardim. Ukam ham uygonib, menga qoshilib yiglardi. Prezidentimizga rahmat, bugun onam ozodlikka chiqadi.

Dadam moshina yuvadigan joyda ishlardi. Onam qamalgach, ishga bormay qoydi. Uyda bizga qaradi... onam chiqsa ishga kiradi.

Azizaning onasi jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararni toliq qoplagani uchun sud qarori bilan temir panjaradan chiqib, chok tushib bolasini bagriga bosib, yum-yum yiglaganini korganlar ham koz yoshlarini toxtatishi qiyin boldi. Endi oylab koraylik, bu ayol qamoqda otirsa, ikki bolasining ahvoli nima bolardi?

Kuni kecha Zangiotadagi jazoni ijro etish muassasasida otgan sayyor sud paytida ham Namangan viloyatidan onasini olib ketishga xolasi bilan kelgan Muxtasarning gapiga quloq solaylik: Akam bor, 16 yoshda. Onam qamalgach, ikkalamiz ham yerga qarab yuradigan boldik. Ortoqlarim oldida konglim oksirdi. Ozimni gunohkor sezardim.

Xudo xohlasa bugun onamni uyga olib ketamiz. Biz uchun kutilmagan holat boldi. Hammaga rahmat. Men 1 iyunda tugilganman. Onamning ozodlikka chiqishi Prezidentimizning tugilgan kunimga sovgasi boldi.

Kishini oyga toldiradigan yana bir holat kuzatildi. Odam savdosi bilan shugullangan bir ayol sudda aybiga iqrorligini tan olib, pushaymonligini bildirib, ikki nafar farzandi borligini inobatga olib, yengillik berilishini soraydi. Ogrilik bilan sudlangan yana biri voyaga yetmagan ikki farzandi borligini aytadi. Boshqasi 4 nafar voyaga yetmagan bolasi borligi hisobga olinishini soraydi. Savol kondalang boladi: Ular jinoyatga qol urishdan oldin nega shuni oylashmadi? Qolga tushsam qamalamanku, degan fikr xayoliga kelmadimi? Sudlardan insonparvarlik talab etiladi, davlatimiz adashganlarga, tavba qilganlarga mehr-muruvvat korsatadi. Ammo ayollarimiz ham ozlarini asrashlari, farzandlarini oylashlari kerakku. Ayrim ayollar yengil-elpi yollar bilan momay pul topishga urinib, jinoyat kochasiga kirib qolayotganlari ham achchiq haqiqat.

Zangiota tumanidagi jazoni ijro etish muassasasida ogir va ota ogir jinoyatlarni sodir etganlar saqlanadi. Ular shu paytgacha hech qachon belgilangan jazo muddatidan ilgari ozodlikka chiqarilmagan. Xosh, bugun ular nimaga asosan ozod etilmoqda?

Sudlar ajrimlarida quyidagi asoslar korsatilgan: ayolligi, qilmishidan chin kongildan pushaymonligi, namunaviy xulqi, farzandlari borligi, nogironligi, yoshi 60 dan oshgani, berilgan jazo muddatining asosiy qismini otab bolgani kabi asoslar korsatilgan. Bular togri, ammo eng muhim asos bugun mamlakatda vaziyat ozgargani, inson taqdiriga munosabat ozgargani, deb baholasak, togriroq boladi.

Buning isbotiga yana bir misol. Zangiota tumanidagi muassasaga osha kuni Oliy sud raisi orinbosari Xolmomin Yodgorov boshchiligida Toshkent shahar va Toshkent viloyati sudlarining ayol sudyalari kelib, mahkumalar bilan muloqot otkazishdi. Ayol sudyalarning qamoqxonaga kelib, mahkumalar bilan bevosita suhbat otkazishi mano-mazmuniga ortiqcha izoh berish shart bolmasa kerak. Bu uchrashuv sudyalar dunyoqarashi, hayotga, xususan, ayollar taqdiriga munosabatini ozgartiradi, degan umid bor, ishonch bor. Oliy sud sudyasi Nodira Boboxonova bu uchrashuv ahamiyatini shunday izohladi: Sud tizimida shuncha yil ishlab, bunaqa uchrashuvda bolmagandim. Eshitish boshqa, korish boshqa ekan. Bir fikrga keldim, avvalo ayollar ortasida jinoyatchilikning oldini olish uchun jiddiy kurashmogimiz zarur. Har qanday holatda ham ayolning onaligi, ortida farzandlari borligini unutmasligimiz kerak...

Togri, ayolni qamash oson ish emas. Avvalo ular ishlashi, insondek xotirjam yashashi uchun sharoit yaratib berishimiz kerak. Bu juda dolzarb, ogir, lekin muhim vazifa. Ishi bor, maoshi turmushiga yetadigan, uy-joyli, oilasi butun, farovon bolsa, ayol kishi jinoyatga qol uradimi? Ehtimol aqlidan ozganlari jinoyat qilar...

Mahkumalar bilan gaplashganimizda ular sharoitlar yaxshiligi, muassasa rahbarlari va xodimlaridan minnatdorliklarini, bu yerda kasb-hunar organganliklarini aytishdi. Ammo, ozodlikka hech narsa yetmasligi, oila bagrida bolish katta baxtligini takidlashdi. Shu bois ham jinoyat ishlari boyicha Zangiota tuman sudi raisi Oktam Xoliqovning ...ozod etilsin, degan qarorini ular gulduros qarsaklar bilan olqishlashdi, kozlaridan quvonch yoshlari quyuldi.

Osha kuni Xolmomin Yodgorov muassasada 17 nafar mahkuma ayolni qabul qildi. Ularning arizalari nazorat tartibida korib chiqiladigan boldi. Demak, bu jarayon davom etadi. Bilib-bilmay yoki turli sabablar bilan jinoyat sodir etib, bugun oilasidan, farzandlaridan, jamiyatdan ajratilgan ayollar taqdiri haqida qaygurush davom etadi.

Tergov qilib, ayblov fikri yozilayotganda, sud qilib, hukm oqilayotganda biz asosan kozi kor, qulogi kar Jinoyat kodeksi moddalariga yopishib olamiz. Bu «soqov» hujjatlarda falon-pismadon jinoyatni qilgan falon yildan tortib, falon yilgacha ozodlikdan mahrum etish belgilab qoyilgan. Tabiiyki, tergovchi ham, sudya ham ana shu talabni buzishdan ozmi-kopmi, chochiydi. Ammo bir inson umrining 5-10 yili qamoqda otishini, uning bolalari qarovsiz qolib ketayotgani, ona mehridan, nazoratidan mosuvo bolayotgani-chi?.. Onaga qoshib, uning farzandlariga ham jazo berayotganimizni oylamaymiz. Demak, ona bolalaridan, bolalar onadan ajatilmoqda. Onasiz qolayotgan bolalar tarbiyasi, taqdiri ertaga nima boladi?

Onani qamadik, jinoyatiga yarasha kitobda yozilgan jazoni berdik. Vazifalarimizni bajardik. Lekin bundan jamiyatga, davlatga qancha foyda-yu, qancha ziyon kelishini oylab, hisoblab kordikmi?.. Ogir jinoyat qilgan, masalan, qotillik, bosqinchilik, talonchilik kabi jinoyatlar xavfli bolgani uchun jazoga mahkum. Giyohvand modda sotish, qoshmachilik, odam savdosi kabi jinoyatlar ham ota ogir jinoyatlar hisoblanadi.

Biroq har bir jinoyatning sababi, uni sodir etgan shaxsning kimligi, ijtimoiy kelib chiqishi, jinoyatni qanday holatda sodir etgani chuqur organilsa, kishini oyga toldiruvchi qator savollar paydo boladi. Qonunchiligimizda bu masalada malum talablar qoyilgan, albatta. Jinoyat uchun belgilangan jazoni ogirlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi holatlar kozda tutilgan. Afsuski, yaqin otmishda qonunning bu talablari amalda deyarli qollanilmasdi.

Sudlanuvchiga ogirroq jazo tayinlanishidan aksariyat tergovchilar ham, sudyalar ham mamnun bolishardi. Goyo xavfli jinoyat ochildi, isbotlandi, jinoyatchi munosib jazolandi. Tergovchi va sudya katta ish qildi...

Biroq qamalayotgan kishi qiz bola bolsa, ertaga uning shaxsiy hayoti nima boladi? Ona bolsa-chi? Bu savollar ogirdan-ogir. Ularga javob topish ham qiyin. Ammo bu savollar kishini oylashga undaydi.

Odam qamashni yoqtiradigan tergovchi yoki sudya, birovning dardini his qilmaydigan yana kimdir Jinoyat qilgach, qamaladi-da, jinoyatchi bolgach, jazosini olsin-da, deyishi mumkin. Togri, jinoyat jazosiz qolmasligi shart. Ammo gap inson hayoti, taqdiri haqida ketayotgan ekan, jazoni ham insoniylik nuqtai nazaridan belgilash adolatli bolmaydimi? Axir jinoyatchiga jazoni ham inson belgilaydi-ku. Qonun talabi bajarilishi kerak, lekin har qanday jazo insonparvarlik nuqtai nazari, mehr-oqibat tamoyillari, vijdon amri asosida belgilansa, adolatli va shafqatli hukm boladi, deb oylaymiz. Afsuski, qamoqda yotgan ayollar hayoti, sodir etgan jinoyatlari tafsiloti bilan chuqur tanishsangiz, hayqirgingiz keladi, aksariyatiga achinasiz, rahmingiz keladi. Ular oldida ozingizni gunohkor his etasiz.

Toshkent viloyati tumanlaridan birida yashagan, uch nafar farzandidan biri nogiron bolgan mahkuma ayol qismatiga qarang: U turmush ortogi bilan ajrashgan, ammo eri aliment tolamaydi, ozi esa ishsiz. Bolalarini boqish uchun, tirikchilik uchun bozor-ocharga aralashtib yurgan. Ammo nogiron bolasini davolatishga imkoni bolmagach, qoshimcha daromad topish uchun uyiga odam qoygan, yani kimlardir jazmanlari bilan yashirincha kirib, chiqib yurgan.

Bu ayol odam savdosi jinoyati bilan ayblanib, uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum etilgan. Buning oqibatida nogiron bola ham, boshqalari ham qarindoshlari qolida qolib ketayapti. Endi oylab koraylik, onaning qamoqqa olinishi jamiyatga, davlatga qancha foyda yoki zarar keltiradi? Birinchidan, mahkuma ayolni davlat boqadi, uni on yil qamoqda saqlash davlatga qanchaga tushadi? Mayli, bunga chidasa boladi. Ammo bu on yil orasida uch bola taqdiri nima boladi? Bir onani qamadik, uni togri yolga solmoqchi boldik, ammo onadan ajratilgan, otasiz uch bola ertaga jamiyat uchun muammoga aylanmaydimi? Birini tuzataman deb, uchta muammoni yaratmayapmizmi?

Kuni kecha Zangiotada bir mahkuma ona murojaati tinglandi... Xorazm viloyati, Hazorasp tumanilik bu ayolning tavba-tazarru qilib, koz yosh tokib aytgan gaplari har qanday toshbagir odamni ham titratadi.

13 yilga qamalganman, 11 yil 4 oyi otdi, deydi u. Bu orada erim vafot etdi. Beshta bolam ota-onasiz qoldi. Ulardan xabar yoq, eshitishimcha, ikkitasi Rossiyaga ketgan, birini Qozogistonda, deb eshitdim. Qolganlari qayerdaligi nomalum. Katta xato qildim, ming pushaymonman. Ozim-ku nima bolsam, boldim, ammo bolalarimga achinaman, ular oldida gunohkorman. Endi ochdan olsam ham, hech qachon bunaqa ishni qilmayman. Kop narsani kech tushundim, ilohim, hech kimning boshiga bu kun tushmasin...

Malum bolishicha, u notanish kishining topshirigi bilan 79 gramm qoradorini birovga olib borib berishi, buning uchun 3 million som olishi kerak bolgan. Qarang, qingir yol bilan 3 million topaman, deb umrining 11 yildan kopini qamoqda otkazayapti. Buning ustiga, oilasi parokanda bolib, 5 nafar bolasi kochada qolayapti. Mana, oylamay bosilgan qadam oqibati, yengil yol bilan pul topishga urinish fojiasi, bir inson qismati...

Bunday misollar oz emas. Mahkumalarning koplari giyohvand modda sotishga aralashib qolgan. Ayrimlari firibgarlik yoki odam savdosi bilan bogliq jinoyatlarni sodir etgan. Bu jinoyatlar uchun qonunlarimizda aniq jazolar belgilab qoyilgan. Qonunning kozi kor, qulogi kar, deyiladi. Bu hech kimni, hech nimani eshitma, qonunda belgilangan ishni qil, degani. Ammo sudyaning kozi koradi, qulogi eshitadi, uning ham yuragi bor, chunki u ham inson. Inson bolganidan keyin insondek fikrlashi kerak boladi. Kor-korona emas, balki insonparvarlik, bagrikenglik, mehr-muruvvat bilan xulosa qilishi, qaror qabul qilishi kerak. Kimdir rivojlangan mamlakatlarda ham jinoyat qilgan ayol tegishli jazosini oladiku, deb oylashi mumkin. Qaysi mamlakat bolmasin, bilganini qilsin. Ammo bizda bor milliy qadriyat bilan ularning turmush tarzini qiyoslab bolarmikin? Bizda ayolga, onaga bolgan mehr, hurmat ozgacha emasmi? Ehtimol, ayolga munosabatni boshqalar bizdan organishi kerakdir.

Songgi ikki-uch yilda mamlakatimiz rahbari inson erki, qadr-qimmati bilan bogliq qancha tarixiy tashabbuslarni ilgari surdi, shu paytgacha amaliyotda bolmagan chora-tadbirlarni qabul qildi. Kopchilik biladi, mamlakatimizda chorak asrdan koproq vaqt mobaynida sud tizimida oqlov deyarli yoq edi. Qamalgan qamalib ketaverardi, yillab yotaverardi. U nohaq qamalgan yoki unga jazo muddati asossiz qollanilgan bolsa-da, hech kim aralasha olmasdi, aralashgan baloga qolardi...

Bugun mamlakatimiz ijtimoy-iqtisodiy, siyosiy hayotida bolganidek, manaviy hayotida ham ulug ozgarishlar boshlandi. Haqsizlik, adolatsizliklar haqida ochiq gapiriladigan boldi. Adolatning amaldagi ifodasini kundalik hayotimizda tobora koproq kormoqdamiz.

Ushbu maqola sahifalanayotganda, rozai Ramazondek muqaddas kunlarda, Hayit bayrami arafasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev jazoni otash muassasalaridan 575 nafar mahkumni avf etish togrisidagi Farmonga imzo chekdi.

Bu Farmoni oliy davlatimiz insonparvarlik siyosatining, fuqarolarimizga korsatilayotgan mehr-muruvvatining yana bir yorqin misoli, yuqori darajadagi tasdigi boldi.

Safar OSTONOV,

Ozbekistonda xizmat korsatgan jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: